Komilov Akramjon Xusanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qurilish korxonalarida ta’minot jarayoni logistika xarajatlari hisobi va auditini takomillashtirish», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt2023.
Ilmiy rahbar: Mamatkulov Murodjon Shukurovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Xolbekov Rasul Olimovich, iqtisodiyot fanlar doktori, professor: Tashnazarov Samiddin Nizamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qurilish korxonalari ta’minot tizimida logistika xarajatlari hisobi va auditini takomillashtirishga doir ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qurilish korxonalarida hisob siyosatiga 2530 – “Qurilish korxonalarida omborxonalarni saqlash xarajatlari” schyoti va uning tarkibida 2531 – “Ta’minot omborlariga materiallarni tashish xarajatlari”, 2532 – “Ta’minot omborlarida materiallarni saqlash va ishlab chiqarishga chiqarish xarajatlari”, 2533 – “Ta’minot omborlarining boshqa xarajatlari” schyotlarini kiritish asosida qurilish korxonalarida omborxonalarni saqlash xarajatlari buxgalteriya hisobining to‘liq va aniq yuritilishini ta’minlash asoslangan;
qurilish korxonalarida ta’minot jarayoni logistika xarajatlari tarkibida tranzaksion xarajatlar hisobini alohida yuritish asosida buxgalteriya ma’lumotlari shaffofligi va boshqaruv qarorlarining aniqligini ta’minlash asoslangan;
qurilish korxonalarida tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olishning davriy usulini qo‘llash orqali qurilish korxonalari hisobi siyosatiga 9141 – “Davriy hisobda materiallarni sotib olish (qurilish korxonalari uchun)” va 9151 – “Davriy hisobda materiallar qoldig‘ini tuzatish (qurilish korxonalari uchun)” schyotlarini kiritish va logistika xarajatlari salmog‘ini kamaytirish asoslangan;
qurilish korxonalarida auditorlik tekshiruvlari jarayonida foydalanish tavsiya etilgan “Namunaviy audit umumiy rejasi” asosida auditorlik tekshiruvining tizimli yo‘lga qo‘yilishida “ta’minot va logistika xarajatlari” maxsus bandini kiritish orqali moliyaviy hisobotda muhim buzib ko‘rsatishlarni o‘z vaqtida aniqlash va auditorlik riskini pasaytirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qurilish korxonalarida ta’minot jarayoni logistika xarajatlari hisobi va auditini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qurilish korxonalarida hisob siyosatiga 2530 – “Qurilish korxonalarida omborxonalarni saqlash xarajatlari” schyoti va uning tarkibida 2531 – “Ta’minot omborlariga materiallarni tashish xarajatlari”, 2532 – “Ta’minot omborlarida materiallarni saqlash va ishlab chiqarishga chiqarish xarajatlari”, 2533 – “Ta’minot omborlarining boshqa xarajatlari” schyotlarini kiritish asosida qurilish korxonalarida omborxonalarni saqlash xarajatlari buxgalteriya hisobining to‘liq va aniq yuritilishini ta’minlash taklifi O‘zbekiston auditorlar Palatasi, “Just Moment” MChJ va “And Tex-Naz” MChJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston auditorlar Palatasining 10-noyabrdagi 67-sonli, “Just Moment” MChJning 2023-yil 13-iyuldagi 10-sonli, “And Tex-Naz” MChJning 2023-yil 3-iyuldagi 2-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qurilish korxonalarida omborxonalarni saqlash xarajatlari buxgalteriya hisobining to‘liq va aniq yuritilishini ta’minlashga erishilgan;
qurilish korxonalarida ta’minot jarayoni logistika xarajatlari tarkibida tranzaksion xarajatlar hisobini alohida yuritish asosida buxgalteriya ma’lumotlari shaffofligi va boshqaruv qarorlarining aniqligini ta’minlash taklifi O‘zbekiston auditorlar Palatasi, “Just Moment” MChJ va “And Tex-Naz” MChJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston auditorlar Palatasining 10-noyabrdagi 67-sonli, “Just Moment” MChJning 2023-yil 13-iyuldagi 10-sonli, “And Tex-Naz” MChJning 2023-yil 3-iyuldagi 2-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qurilish korxonalarida tranzaksion xarajatlar hisobini yuritishda namunaviy qaydnoma amaliyotga joriy etilishi, buxgalteriya axborotlari shaffofliligining ta’minlanishiga va oqilona boshqaruv qarorlarining qabul qilinishiga erishilgan;
qurilish korxonalarida tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olishning davriy usulini qo‘llash orqali qurilish korxonalari hisobi siyosatiga 9141 – “Davriy hisobda materiallarni sotib olish (qurilish korxonalari uchun)” va 9151 – “Davriy hisobda materiallar qoldig‘ini tuzatish (qurilish korxonalari uchun)” schyotlarini kiritish va logistika xarajatlari salmog‘ini kamaytirish taklifi O‘zbekiston auditorlar Palatasi, “Just Moment” MChJ va “And Tex-Naz” MChJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston auditorlar Palatasining 10-noyabrdagi 67-sonli, “Just Moment” MChJning 2023-yil 13-iyuldagi 10-sonli, “And Tex-Naz” MChJning 2023-yil 3-iyuldagi 2-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mahsulot tannarxining to‘g‘ri aniqlanishiga va tovar-moddiy zaxiralardan foydalanish samaradorligining oshishiga xizmat qilgan;
qurilish korxonalarida auditorlik tekshiruvlari jarayonida foydalanish tavsiya etilgan “Namunaviy audit umumiy rejasi” asosida auditorlik tekshiruvining tizimli yo‘lga qo‘yilishida “ta’minot va logistika xarajatlari” maxsus bandini kiritish orqali moliyaviy hisobotda muhim buzib ko‘rsatishlarni o‘z vaqtida aniqlash va auditorlik riskini pasaytirish taklifi O‘zbekiston auditorlar Palatasi, “Just Moment” MChJ va “And Tex-Naz” MChJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston auditorlar Palatasining 10-noyabrdagi 67-sonli, “Just Moment” MChJning 2023-yil 13-iyuldagi 10-sonli, “And Tex-Naz” MChJning 2023-yil 3-iyuldagi 2-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qurilish korxonalarida auditorlik tekshiruvlarining tizimli yo‘lga qo‘yilishiga, moliyaviy hisobotda muhim buzib ko‘rsatishlarning o‘z vaqtida aniqlanishiga va auditorlik riskining pasayishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish