Israilov G‘ayrat Boyzoq o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sakkokiy adabiy merosi va poetik mahorati”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2440.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Soatova Nodira Isomitdinovna, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02.
Rasmiy opponentlar: Hamroeva Orzigul Jalolovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Hasanova Mashhura Jumanovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Mavlono Sakkokiy devonining janriy tarkibi, mavzu qamrovi, shoir g‘azaliyotining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, qasidanavislikdagi poetik mahorati, ijodkor adabiy-estetik olamiga xos qirralari asosida badiiy mahoratini aniqlash, mumtoz adabiyot rivojidagi o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sakkokiy ijodining janriy tarkibi, shoirning hamd va naʼt qasidalarida xalq she’riyati an’analariga ergashishi, mavjud an’analarga kiritgan diniy-ma’rifiy, falsafiy-tasavvufiy va axloqiy qarashlar, ilohiylikning uyg‘unlashuvi hamda ijodkor yangicha tafakkuri badiiy mushohadasida milliy ruh, irfoniy mazmun, badiiy-estetik tafakkur bilan bog‘liq poetik yangiliklar, obrazlar tizimining g‘oyaviy-funksional tabiatini tasvirlash tamoyillari, ma’rifiy qarashlarining o‘ziga xosligi isbotlangaan;
Sakkokiy g‘azaliyotining rang-barangligi, g‘oyaviy-badiiy jihatlari poetik obrazlar tizimida, xususan majoziy tasvirda folklorning poetik ta’sir kuchini, lirik qahramonning o‘ziga xos iymon-e’tiqod, yuksak ma’naviyatli, botiniy, zohiriy siyratli xarakter xususiyatlarining mushtarakligi, inson ruhiyati va qalb kechinmalari aniqlangan;
Shoir g‘azallari qahramon tasvirida fikr va tuyg‘u uyg‘unligi, g‘oya, an’anaviy poetik timsollarning yangicha badiiy tasvir haqqoniyligi, obraz yaratish jihatlarini yoritish mahorati kabi ijodkor laboratoriyasiga xos xususiyatlar ochib berilgan;
Shoir badiiy mahoratini ko‘rsatishda g‘azallarida she’riy san’atlarning o‘ziga xos original qo‘llanishi yaqqol namoyon bo‘lishi hamda qasidanavislik an’analari, qasida yaratishda shoir uslubining o‘ziga xos yangi so‘z tanlash mahorati mazmun va shakl uyg‘unligi, uslub individualligining lirik kechinma tabiati bilan bog‘liq xususiyatlari, badiiy tasvir vositalaridan foydalaishda shoir mahoratining o‘ziga xosligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sakkokiy adabiy merosi va poetik mahorati bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Sakkokiy ijodining janriy tarkibi, shoirning hamd va naʼt qasidalarida xalq she’riyati an’analariga ergashishi, mavjud an’analarga kiritgan diniy-ma’rifiy, falsafiy-tasavvufiy va axloqiy qarashlar, ilohiylikning uyg‘unlashuvi hamda ijodkor yangicha tafakkuri badiiy mushohadasida milliy ruh, irfoniy mazmun, badiiy-estetik tafakkur bilan bog‘liq poetik yangiliklar, obrazlar tizimining g‘oyaviy-funksional tabiatini tasvirlash tamoyillari, ma’rifiy qarashlarining o‘ziga xosligi, shoir g‘azaliyotining rang-barangligi, g‘oyaviy-badiiy jihatlari poetik obrazlar tizimida, xususan majoziy tasvirda folklorning poetik ta’sir kuchini, lirik qahramonning o‘ziga xos iymon-e’tiqod, yuksak ma’naviyatli, botiniy, zohiriy siyratli xarakter xususiyatlarining mushtarakligi, inson ruhiyati va qalb kechinmalari haqida chiqarilgan xulosalaridan 2018-2020- yillar mobaynida bajarilgan PZ-20170925213: “O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanayotgan qo‘lyozma devonlar katalogini tuzish” nomli amaliy loyihani amalga oshirishda fondalanilgan (O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining 2024-yil 26-fevraldagi 117-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha yangi ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilishiga erishilgan;
Shoir g‘azallari qahramon tasvirida fikr va tuyg‘u uyg‘unligi, g‘oya, an’anaviy poetik timsollarning yangicha badiiy tasvir haqqoniyligi, obraz yaratish jihatlarini yoritish mahorati kabi ijodkor laboratoriyasiga xos xususiyatlari, badiiy mahoratini ko‘rsatishda g‘azallarida she’riy san’atlarning o‘ziga xos original qo‘llanishi yaqqol namoyon bo‘lishi hamda qasidanavislik an’analari, qasida yaratishda shoir uslubining o‘ziga xos yangi so‘z tanlash mahorati mazmun va shakl uyg‘unligi, uslub individualligining lirik kechinma tabiati bilan bog‘liq xususiyatlari, badiiy tasvir vositalaridan foydalanishda shoir mahorati misollar tahlili orqali izchil yoritilgan o‘rinlardan 2021-2022 yillarda bajarilgan IL–402104155–raqamli “Haft shuaro” majmuasini o‘rganish orqali XIX asr Xorazm vohasining milliy–ma’naviy merosini tadqiq qilish va (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron ilovasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialining 2024-yil 19-martdagi 274-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihadagi yetakchi tipologik hodisaning mohiyatini ilmiy aniqlashda asosiy tamoyil vazifasini bajargan.