Xasanova Xurshida Naimovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kimyo fanini o‘qitish jarayonida STEAM ta’limidan foydalanish (umumta’lim maktabi misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Ped863.
Ilmiy maslahatchi: Nurmonov Suvonqul Erxonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish Milliy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti,  DSc.03/30.12.2019.K.01.03 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Nizomova Saida Adilovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Xudoyqulov Xol Jumaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Maxkamov Muzaffar Abdugapparovich, kimyo fanlari doktori, professor.                                  
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablarida STEAM ta’limiga asoslangan holda, kimyo fanini o‘qitish jarayonini takomillashtirishdan iborat.
 III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumta’lim maktablarida  kimyo fanini o‘qitishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari, shakllari, mazmuni, usullari, metodlari o‘rganilgan va STEAM ta’limi asosida qayta ishlangan;
 o‘quvchilarning fanga oid nazariy va amaliy ko‘nikmalarini o‘zlashtirish darajasini aniqlashda ularning kreativ va lateral fikrlash qobiliyatini rivijlantiradigan Mednik va Gilford mezonlari asosida tuzilgan topshiriqlar tayyorlangan va STEAM ta’limiga asoslangan darsning tarkibiy tuzilmasi ishlab chiqilgan;
kimyo fanini o‘qitishda STEAM texnologiyalarining motivatsion asoslari va STEAM loyihalari klassifikatsiyalangan va ularning strukturasi aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarda kimyo faniga oid nazariy va amaliy savodxonlik kompetensiyalarini baholash maqsadida fanlararo integratsiya (PISA baholash dasturlari yo‘nalishlari matematik, tabiiy-ilmiy, o‘qitish savodxonligi), kompetensiyaviy yondashuv (XXI asr ko‘nikmalaridan 4K yondashuvi asosida) muommoli topshiriqlar (matnli, jadvalli, chizmali, grafikli, rasmli) tayyorlash metodikasi asoslab berilgan;
o‘quv jarayonining samarali bo‘lishida kreativlik va uni faollashtirishga ko‘mak beradigan STEAM ta’limi ko‘rgazmalari, STEAM ta’limidan amaliy mashg‘ulotlarda foydalanishning ilmiy-metodik asoslari ishlab chiqilgan;
kimyo o‘qitish samaradorligini oshirish STEAM ta’limi asosida tashkil etilgan, ta’limdagi samaradorlik tajriba-sinov asosida aniqlangan, olingan natijalar tahlil qilingan, dissertasiya mavzusi asosida metodik tavsiya va takliflar berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kimyo fanini o‘qitish jarayonida STEAM ta’limidan foydalanish (umumta’lim maktabi misolida) mavzusida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:  
kimyo fanini o‘qitishda STEAM ta’limiga doir innovatsion ko‘rgazmali loyihalaridan o‘quvchilarning bilim sifati va samaradorligi, kreativligi, g‘oyalar va gipotezalar asosida loyihalar yaratish jarayonida nazariy va amaliy kompetensiyalarni shakllantirish, kimyo darslarida nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtiradigan innovatsion ta’lim muhitni yaratish tizimini boyitadigan elektron – ta’lim dasturi, ko‘rgazmali materiallar tayyorlangan, ulardan umumta’lim maktablarida o‘quv jarayonida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 2023-yil 9-martdagi 04-02/3-74-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning topshiriqlarni bajarish jarayonida kreativ fikrlash orqali muammolar echimini topish, mavzular ketma-ketligini fanlararo bog‘lanish orqali tushunish samaradorligini oshirish imkonini bergan;
o‘quv jarayonining sifatli va samarali borishini jadallashtiruvchi va o‘quvchilarda mustaqillik, o‘zaro hamkorlik va jarayonning qiziqarli tarzda davom etishiga ko‘mak beruvchi STEAM ta’limi loyihalari amaliyotga joriy qilingan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2023-yil 22-fevraldagi 01/01-02/5-662-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning kimyo fanidan bilimi, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarini yanada rivojlantirish imkoni yaratilgan;
umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning kimyo fani bo‘yicha nazariy bilimlar asosida amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishda kundalik turmush, tabiat hodisalari va jarayonlari bilan bog‘liqligini aniqlashtiruvchi matnli va grafikli organayzerlar tayyorlangan va maktablarda dars jarayonida amaliyotga qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022-yil 23-maydagi 01/11-01/9-739-son ma’lumatnomasi). Natijada, o‘quvchilarning kimyo darslariga qiziqishi, faolligi va o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 12,7 % ga ortgan;
STEAM yondashuvi asosida o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini va fanlararo bog‘lanishni rivojlantiradigan grafikli organayzerlar, kimyo fanidan olingan nazariy bilimlarni ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘laydigan ko‘rgazmali loyihalar darsliklardagi mavzularning mazmunini yoritishda amaliyotga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022-yil 17-noyabrdagi 01/11-02/9-1750-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash orqali kimyoviy bilimlardan hayotda foydalanish jarayonining samaradorligini yanada yaxshilash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish