Tuxtaev Murad Bakidjanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mener kasalligining klinik-patogenetik jihatlari, kompleks tashxislash va davolashni takomillashtirish» 14.00.04–Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib3125.
Ilmiy maslahatchi: Arifov Sayfutdin Saydazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Shamsiev Djaxangir Fazliddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Onerchi Metin, tibbiyot fanlari doktori, professor (Turkiya); Xasanov Saidakrom Askarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Federal tibbiy-biologik agentlikning “Otorinolaringologiya milliy tibbiy tadqiqot markazi” federal davlat byudjet tashkiloti  (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: eshitish va vestibulyar analizatorlari turli qismlarining funsional holatini majmuaviy baholash, davolash-reabilitatsiya qilish usullarini differensial qo‘llash asosida Mener kasalligiga bilan xastalangan bemorlarni tashxislash, davolash, reabilitatsiya qilishni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor MK zararlangan tomonda xuruji davrida xurujlar orasidagi davr va sog‘lom shaxslar ko‘rsatkichlariga qaraganda uzun latentli chaqirilgan eshitish potensiali to‘lqinlarining latentligini uzayishi va amplitudasining pasayishi aniqlangan;
ilk bor xurujlar orasidagi davrda chaqirilgan bo‘yin vestibulyar miogen potensiallarni zararlangan tomonda cho‘qqilar amplitudasi bo‘yicha asimmetriya koeffisientining uzayishi va to‘lqinlar amplitudasining pasayishi,  kasallikning xurujida  esa ularning qiymatlarining yanada  ko‘proq o‘zgarishi aniqlangan;
ilk bor xurujlar orasidagi davrda chaqirilgan ko‘z  vestibulyar miogen potensiallarni zararlangan tomonda cho‘qqilar amplitudasi bo‘yicha asimmetriya koeffisientining uzayishi, to‘lqinlar amplitudasining pasayishi va  xuruj davrida  ularning qiymatlarining yanada  ko‘proq o‘zgarishi aniqlangan;  
ilk bor MK og‘ir kechishi kuzatilgan  oz qism bemorlarda  xuruj davrida  nog‘ora bo‘shlig‘ida bosimning oshishi va shundan kelib chiqgan xolda timpanometriyaning “bosim cho‘qqisi” ko‘rsatkichi qiymatini +50 daPa yuqori bo‘lishi aniqlangan;
MK xurujlari va ular orasida davrlarda qisqa latentli chaqirilgan eshitish potensiallarining ko‘rsatkichlari sog‘lom odamlarning ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanganda farq yo‘qligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mener kasalligini tashxislash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
“Turli etiologiyali bosh aylanishlari tashxisotida Video Head Impulse Test - eHIT USB ning qo‘llanilishi” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlandi (Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 31.05.2023 yildagi №7n-r/26-sonli xulosasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma Mener kasalligi bilan kasalangan bemorlarga tashxis qo‘yish usullarini to‘g‘ri tanlash imkonini bergan;
“Mener kasalligi bilan kasalangan bemorlarni davolash taktikasi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan (Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 31.05.2023 yildagi №7n-r/27-sonli xulosasi). Ushbu uslubiy qo‘llanma Mener kasalligi bilan kasalangan bemorlarni kompleks davolash samaradorligini oshirish imkonini bergshan;
Mener kasalligini tashxislash va davolashni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy natijalar va ilmiy-asoslangan ishlanmalar O‘zR Prezidenti Adminstratsiyasi xuzuridagi BTB 1-markaziy klinik shifoxonasi va Toshkent Tibbiyot akademiyasinig ko‘p tarmokli klinikasining amaliyotga joriy etildi (Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 30.11.2023 yildagi №7n-z/33-sonli xulosasi). Olingan ma’lumotlar MKni samarali tashxislash, davolash va reabilitatsiya qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish