Namozov Jasurbek Mamarajab o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Janubiy-G‘arbiy Hisor tog‘ tizmasi sharoitida Amygdalus communis L. ning nav va shakllarini tanlash, ko‘chatlarini etishtirish”, 06.03.01 – O‘rmon ekinlari. Seleksiya, urug‘chilik va shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish. O‘rmonlar agromelioratsiyasi va himoya o‘rmonlarini barpo etish (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Qx1165
Ilmiy rahbar: Yuldashov Yakubjon Xatamovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04
Rasmiy opponentlar: Tuxtaev Bobokul Yorkulovich, biologiya fanlari doktori, professor; Talipov Xodjimurat Mirazimovich, biologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Janubiy-G‘arbiy Hisor tog‘ tizmasi sharoitida badomning qimmatli xo‘jalik belgilariga ega bo‘lgan nav va shakllarini tanlash, tanlangan nav va shakllarining ko‘chatlarini etishtirish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonning sug‘orilmaydigan erlarida Amygdalus communis L. yong‘oqmevalarining morfologik belgilari aniqlanib, Kosmitcheskiy, Qilich nusxa navlari, Oq po‘stloq va Langar shakllarini yuqori baholangan;
bodom mevalari tarkibida 30 dan ortiq kimyoviy makro, mikro elementlar mavjudligi va ularning miqdori aniqlangan;
Amygdalus communis L. ning nav va shakllari oqsil markerlari orqali tadqiq qilinib, Qilich nusxa navi hamda Tish bodom shakli qurg‘oqchilikka bardoshli ekanligi aniqlangan;
Amygdalus communis L. ning hosildorlik ko‘rsatkichilari standart navga nisbatan Qilich nusxa navida 5%, Maymanaq shaklida 6%, Oq po‘stloq shaklida 7,4% va Yumshoq-2 shaklida 4,8% ga yuqori bo‘lishi aniqlangan;
payvandtag etishtirishda bodom urug‘larini 90 kun davomida stratifikatsiya qilib ekilishi natijasida 86% unuvchanlikka erishish mumkinligi isbotlangan;
sug‘orilmaydigan erlarda bodomning payvandlangan ko‘chatlarini etishtirishda 20-fevralda iskana payvand usulida 72% va 4-avgustda kurtak payvand usulida 74% tutib ketishi aniqlangan;
Amygdalus communis L. nav va shakllari ko‘chatlarini in vitro usulida etishtirish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Amygdalus communis. L ning nav va shakllarining ko‘chatlarini etishtirish boyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Amygdalus communis L. ning tanlangan yuqori xo‘jalik belgilariga ega bo‘lgan nav va shakllar ko‘chatlarini etishtirish ishlanmasi Qamashi davlat o‘rmon xo‘jaligi ko‘chatzorining 0,5 gektar maydonda ishlab chiqarish jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 30 yanvardagi 03-03/3-1003-son maʼlumotnomasi). Buning natijasida Qamashi davlat o‘rmon xo‘jaligi ko‘chatzorida 41 ming 625 dona standart ko‘chat etishtirishga erishilgan;
Amygdalus communis L. ning tanlangan yuqori xo‘jalik belgilariga ega bo‘lgan nav va shakllarni kurtak payvand usulida etishtirish ishlanmasi Kitob davlat o‘rmon xo‘jaligi ko‘chatzorining 0,7 gektar maydonida ishlab chiqarish jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 30 yanvardagi 03-03/3-1003-son maʼlumotnomasi). Buning natijasida Kitob davlat o‘rmon xo‘jaligi ko‘chatzorida 58 ming 250 dona standart ko‘chat etishtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish