Fayzullaev Jonibek Mambetsaliy o‘g‘lining
falsafa doktori(PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qurilish materiallari sanoati korxonalarini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.13 – Menejment va 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt2663.
Ilmiy rahbar: Qalmuratov Baxtiyar Seytmuratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Djurabaev Otabek Djurabaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Sultanov Alisher Sabirjanovich, PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qurilish materiallari sanoati korxonalarida boshqaruv usullaridan foydalanish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari boshqaruv tizimi samaradorligini korxona ichki kadrlar tarkibi va iqtisodiy rivojlanish muvozanatida HR-xizmati, HR-siyosati, kadrlar zahirasini boshqarish tizimi va personalni boshqarish monitoringiga ko‘ra ustuvor darajada ta’minlashning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
qurilish materiallari sanoati korxonalari boshqaruv strategiyasini oqilona motivatsion siyosatni joriy qilish, korxonaning istiqbolli maqsadli salohiyatga ega bo‘lishi, ishchi-xodimlar turmush darajasining va yashash standartlari sifatining ortib borishiga ko‘ra takomillashtirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida qurilish materiallariga bo‘lgan ichki talabning 2027 yilgacha bo‘lgan davrdagi prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida bajariladigan qurilish ishlari va qurilish materiallarini ishlab chiqarish hajmlarining 2027 yilgacha mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Innovatsion iqtisodiyotga o‘tish sharoitlarida qurilish materiallari sanoati korxonalarida boshqaruv usullari va mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy takliflar asosida:
qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari boshqaruv tizimi samaradorligini korxona ichki kadrlar tarkibi va iqtisodiy rivojlanish muvozanatida HR-xizmati, HR-siyosati, kadrlar zahirasini boshqarish va personalni boshqarish monitoringiga ko‘ra ustuvor darajada ta’minlashning maqsadga muvofiqligi taklifi O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi tomonidan qurilish materiallari korxonalarida HR-siyosatini ishlab chiqishda va tizim korxonalari amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2024 yil 9 fevraldagi 05/15-325-son ma’lumotnomasi). Taklifning amaliyotga joriy etilishi korxonalarda ishlab chiqarishni yurituvchi asosiy kuchi hisoblangan inson kapitalidan samaraliroq foydalanish, munosib ish o‘rinlarini yaratish va mavjud imkoniyatlarni ishlab chiqarishga joriy qilishga muayyan darajada xizmat qilgan;
qurilish materiallari sanoati korxonalari boshqaruv strategiyasini oqilona motivatsion siyosatni joriy qilish, korxonaning istiqbolli maqsadli salohiyatga ega bo‘lishi, ishchi-xodimlar turmush darajasining va yashash standartlari sifatining ortib borishiga ko‘ra takomillashtirish taklifi O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi tomonidan qurilish materiallari korxonalarining motivatsion strategiyasini ishlab chiqishda va tizim korxonalari amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2024 yil 9 fevraldagi 05/15-325-son ma’lumotnomasi). Taklifning joriy qilinishi boshqaruv qarorlari sifatiga ko‘ra korxonalarning ishlab chiqarish, iqtisodiy-moliyaviy va raqobatbardoshlik darajasining muayyan darajada ortishiga xizmat qilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida qurilish materiallariga bo‘lgan ichki talabning 2027 yilgacha bo‘lgan davrdagi prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklif  O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi tomonidan 2023-2024 yillardagi prognoz natijalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2024 yil 9 fevraldagi 05/15-325-son ma’lumotnomasi). Taklifning qo‘llanilishi uyushma va tarkibiga kiruvchi qurilish materiallari korxonalarini 2030 yilga qadar rivojlantirish parametrlarini aniqlashtirishga va mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanishga muayyan darajada xizmat qilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida bajariladigan  qurilish ishlari va qurilish materiallarini ishlab chiqarish hajmlarining 2027 yilgacha mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklif  O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi tomonidan 2027-2030 yillardagi prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2024 yil 9 fevraldagi 05/15-325-son ma’lumotnomasi). Taklifning qo‘llanilishi uyushma va tarkibiga kiruvchi qurilish materiallari korxonalarini 2030 yilga qadar rivojlantirish parametrlarini aniqlashtirishga va mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanishga muayyan darajada xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish