Husanova Gulchehra Sayfullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududlar sanoatini kompleks-innovatsion rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari” (Namangan viloyati misolida) 08.00.12 –“Mintaqaviy iqtisodiyot” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Iqt544
Ilmiy rahbar: Saidaxror Saidaxmedovich G‘ulomov, iqtisod fanlari fanlari doktori, professor, akademik
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot univepsiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy Kengash raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD 30/30.9.2022.I.101.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Farmonqul Tursunqulovich iqtisod fanlari doktori, professor; Boboev Akmal Chorievichiqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Namangan viloyati hududlari sanoatini kompleks-innovatsion rivojlantirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqada sanoat ishlab chiqarishni tumanlar kesimida rivojlanti-rishni baholash yondashuvi ta’sir omillarga ko‘ra «a’lo», «yaxshi», «qoniqarli» va «qoniqarsiz» darajalar bo‘yicha belgilash asosida takomillashtirilib, miqdoriy ko‘rsatkichlar chegaralari taklif qilingan;
mintaqani uzoq muddatli davrda rivojlantirishning ustuvor yo‘nalish-lari, jumladan Yangiqo‘rg‘on shahri, To‘raqo‘rg‘on va Pop tumanlarida ko‘mir-energetika, klasterli yondashuvga ko‘ra farmavsevtika, biotexnologiya va oziq-ovqat sanoat tarmoqlarida texnoparklarni Chust, Uchqo‘rg‘on, Pop shaharlarida hamda Namangan, Norin, Chust tumanlarida to‘qimachilik sanoat klasterlarini yaratishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
mintaqada sanoat tarmoqlarini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi innovatsiyalar va eksportni rag‘batlantirish bo‘yicha sanoat uyushmalari, IT-akademiyalari, IT-villagelar, noan’anaviy “Sorporate universities (CU)”, yuqori texnologik ishlab chiqarish va innovasion mahsulotlar yaratishga yordam beruvchi “Foresight centre’s”ni tashkil etishga ko‘ra takomllashtirilgan;
yuqori texnologik jarayonga o‘tish va mintaqa iqtisodiyotini 2030 yilgacha bo‘lgan davrda sanoat tarmoqlarini rivojlantirishning pessimistik, optimistik va inersion ssenariyli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqa sanoat tarmoq-larini mutanosib rivojlantirishda innovasion yondashuv yo‘nalishida ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
mintaqada sanoat ishlab chiqarishni tumanlar kesimida rivojlanti-rishni baholash yondashuvi ichki va tashqi omillarga ko‘ra ularni «a’lo», «yaxshi», «qoniqarli» va «qoniqarsiz» darajalar bo‘yicha belgilashga ko‘ra takomillashtirilib, miqdoriy ko‘rsatkichlar chegaralari bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 1 maydagi “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida“gi qarorida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2022 yil 1 apreldagi 01/1-04-18/2-86-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif hududiy sanoat reyting tizimi va hududlarni baholashning ilmiy-amaliy asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
mintaqani uzoq muddatli davrda rivojlantirishning ustuvor yo‘nalish-lari, jumladan Yangiqo‘rg‘on shahri, To‘raqo‘rg‘on va Pop tumanlarida ko‘mir-energetika, klasterli yondashuvga ko‘ra farmavsevtika, biotexnologiya va oziq-ovqat sanoat tarmoqlarida texnoparklarni Chust, Uchqo‘rg‘on, Pop shaharlarida hamda Namangan, Norin, Chust tumanlarida to‘qimachilik sanoat klasterlarini yaratishning maqsadga muvofiqligi asoslangann Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9 sentyabrdagi 221-son “2022-2026-yillarda Namangan viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi“ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasining 2022 yil 16 iyuldagi 04/7-10-5852-sonli ma’lumotnomasi). Taklif viloyatda sanoat ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, korxonalarning ixtisoslashuv darajasini oshirish, kichik korxonalarni jadal rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga muayyan darajada xizmat qilgan;
mintaqada sanoat tarmoqlarini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi innovatsiyalar va eksportni rag‘batlantirish bo‘yicha sanoat uyushmalari, IT-akademiyalari, IT-villagelar, noan’anaviy “Sorporate universities (CU)”, yuqori texnologik ishlab chiqarish va innovasion mahsulotlar yaratishga yordam beruvchi “Foresight centre’s”ni tashkil etishga ko‘ra takomllashtirish bo‘yicha taklifdan Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 14 oktyabrdagi 454-son “2018-2021-yillarda Namangan viloyatida kichik sanoat zonalarini kengayti-rish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasining 2022 yil 16 iyuldagi 04/7-10-5852-sonli ma’lumotnomasi). Taklif viloyatning sanoat salohiyati va innovasion salohiyatidan samarali foydalanish hisobiga inno-vasion mahsulotlar hissasining muayyan darajaga ortishiga imkon bergan;
yuqori texnologik jarayonga o‘tish va mintaqa iqtisodiyotini 2030 yilgacha bo‘lgan davrda sanoat tarmoqlarini rivojlantirishning pessimistik, optimistik va inersion ssenariyli prognoz parametrlari bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi “O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”ni (“hududiy rivojlanish” qismi) tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasining 2022 yil 16 iyuldagi 04/7-10-5852-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif hudud sanoatini kompleks rivojlantirishdagi ustuvor yo‘nalishlarni asoslash darajasini oshirishga va istiqbolda qo‘shimcha loyihalarni ishlab chiqish imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan.