Ergashev To‘lqin Shokirovichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim va amaliyot tizimlari integratsiyasi asosida kadrlar tayyorlash menejmentini takomillashtirish”. 08.00.13 – Menejment ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt1267
Ilmiy rahbar: Ochilov Akram Odilovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti   huzuridagi PhD.30/30.09.2022.I.101.04  raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar:  Saidov Mash’al Samadovich iqtisodiyot fanlari doktori; Ochilov Sherali Barotovich iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim va amaliyot tizimlari integratsiyasi asosida kadrlar tayyorlash menejmentini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Butun umrga mo‘ljallangan ta’lim” va “Butun umr davomida ta’lim” konsepsiyalarini taqqoslash asosida oliy ta’lim muassasasi va amaliyot tizimlari integratsiyasiga muvofiq tayyorlangan yuqori malakali kadrlar tayyorlashni boshqarishni takomillashtirish yuzasidan “Butun umr davomida ta’lim” konsepsiyasiga o‘tish zarurati asoslangan va bu Konsepsiyaning asosiy bosqichlari va yo‘nalishlari ishlab chiqilgan;
oliy ta’lim va amaliyot tizimlari integratsiyasi asosida kadrlar tayyorlashni boshqarishda oliy ta’lim muassasalarida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida oliy ta’lim va amaliyot tizimlari integratsiyasi darajasini aniqlash va boshqarish metodikasi ishlab chiqilgan va oliy ta’lim muassasasi talabasining amaliyot tizimlarida etuk mutaxassis darajasida o‘sishini prognozlashtirish asosida muassasa va ish beruvchi korxonalar integratsiyasi samaradorligini oshirish modeli taklif etilgan;
korxona va tashkilotlarda oliy ma’lumot talab qilinadigan kasb (lavozim)larda ishlayotgan (xizmat pog‘onasi bo‘yicha o‘sishi yoki lavozimi pasaytirilayotgan) yuqori malakali kadrlarni ish o‘rinlariga qayta tayinlash (saylash), zahiraga kiritish (zahiradan chiqarish), turdosh yoki yuqori lavozimlarga ko‘chirish maqsadida ichki baholashdan o‘tkazishni boshqarish metodikasi ishlab chiqilgan;
oliy ta’lim muassasasi va amaliyot tizimlari integratsiyasini tashkil etish,  muvofiqlashtirish va samarali boshqarish asosida oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalarida kutilayotgan holatlar, shuningdek, vaqtli qatorlarning AR (1) modeli hamda trend modellaridan foydalangan holda Buxoro viloyatida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining 2023-2030-yillardagi istiqbol ko‘rsatkichlari prognozlashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim va amaliyot tizimlari integratsiyasi asosida kadrlar tayyorlash menejmentini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini boshqarishni takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan “Butun umr davomida ta’lim” konsepsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni (2020 yil) 19-moddasi va qonun osti me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (vazirlikning 2022-yil 30-iyuldagi 89-02-721-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni joriy etilishi natijasida oliy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi asosida butun umr davomida o‘qitishning rasmiy, norasmiy va informal o‘qitish jarayonlarini boshqarish tizimi takomillashgan;
shaxsning oliy ta’limgacha va oliy ta’limfan keyingi davrlarda abuturentlikdan etuk mutaxassis darajasigacha etishini 10 bosqichli jarayonni prognozlash asosida oliy ta’lim va amaliyot tizimlari integratsiyasi samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan modeli O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 oktyabrdagi PF-5843-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosatini va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirishga oid birinchi navbatdagi chora-tadbirlar Dasturi”ni  ishlab chiqishda qo‘llanilgan (vazirlikning 2022-yil 15-avgustdagi 04/0001/23-717-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni joriy etilishi natijasida oliy ta’lim muassasasi va amaliyot tizimlari integratsiyasi asosida tayyorlangan yuqori malakali kadrlarning ishga joshlashuvi, moslashuvi, korxona va tashkilotlarga moslashuvi, tajribaga ega bo‘lishi, malaka oshirishi, gorizontal va vertikal rotatsiyalanishi talablarini to‘g‘ri boshqarilishi imkoniyati kengaytirilgan;
korxona va tashkilotlarda oliy ma’lumot talab qilinadigan kasb (lavozim)larda ishlayotgan kadrlarni yuqori lavozim bo‘yicha zahiraga kiritish (chiqarish),  tayinlash (boshatish) maqsadida ularni qo‘shimcha intellektual, ma’naviy  va boshqaruvchilik qobiliyatlari ko‘rsatkichlari asosida ichki baholashdan o‘tkazishni boshqarish metodikasi bo‘yicha berilgan tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 oktyabrdagi PF-5843-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosatini va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirishga oid birinchi navbatdagi chora-tadbirlar Dasturi”ni  ishlab chiqishda qo‘llanilgan (vazirlikning 2022-yil 15-avgustdagi 04/0001/23-717-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning joriy etilishi natijasida xodimlarning “Intellektual, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy va boshqaruvchilik qobiliyatlari reytingi” (KPI)ni individual tartibda aniqlash imkoni yaxshilaninib, korxona va tashkilotlar rahbarlari (baholovchilar) va xodimlar (baholanuvchilar) faoliyatining samaradorlik darajasi 12%ga oshgan;
oliy ta’lim muassasasi va amaliyot tizimlari integratsiyasini tashkil etish,  muvofiqlashtirish hamda samarali boshqarish asosida kutilayotgan holatlar, shuningdek, vaqtli qatorlarning AR (1) modeli va trend modellaridan foydalangan holda Buxoro viloyatida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining 2023-2030-yillarga mo‘ljallangan maqsadli istiqbol ko‘rsatkichlari prognozi natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi)ni ishlab chiqishda foydalanilgan (vazirlikning 2022-yil 30-iyuldagi 89-02-721-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni joriy etilishi natijasida oliy ta’lim muassasalaining rivojlanish strategiyalarini va unga doir yo‘l xaritalarini optimal ravishda tayorlash imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish