Xolxujaeva Yulduz Uralboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turkiston aholisi va milliy tarkibi: tarixiy tahlil (1867-1917-yillar)”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Tar581.
Ilmiy rahbar: Normurodova Go‘zal Bekmurodovna tarix fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05
Rasmiy opponentlar: G‘afforov Shokir Safarovich tarix fanlari doktori, professor, Davlatova Saodat Tilovberdievna tarix fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 1867-1917-yillarda mustamlaka Turkiston o‘lkasi aholisi va uning milliy tarkibini ochib berishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Markaziy Osiyo xonliklarida yashagan o‘troq va ko‘chmanchi aholi etnik qatlamlari bilan birgalikda, turli kam sonli milliy guruhlar (yahudiylar, eroniylar, hindlar, afg‘onlar, uyg‘urlar va b.) ning xo‘jalik-madaniy turmush tarzi, mashg‘uloti, urug‘-qabilachilik munosabatlari kabi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti hamda hududiy yashash jihatlari aniqlangan;
Turkiston aholisiga qaratilgan milliy siyosati negizida metropoliyaning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa manfaatlar ko‘zlangan siyosati natijasi o‘laroq, mahalliy aholi qatlamlari (amaldorlar, dehqonlar, hunarmandlar va b.)ning ijtimoiy-iqtisodiy mavqeyini pasayishi va inqirozi holatlari, shuningdek aholi milliy haq-huquqlarining buzilishi hamda o‘lka aholisi etnik manzarasining o‘zgarishiga ko‘rsatgan oqibatlari mohiyati ochib berilgan;
XIX - asr oxiri va XX - asr  boshlarida Turkiston aholisining milliy va diniy tarkibi G‘arb hamda Sharq xalqlari (slavyanlar, evropaliklar va b.) va turli diniy konfessiyalar hisobiga ma’lum darajada ko‘payganligi, turli milliy guruhlarning o‘zaro miqdoriy nisbati, hududiy joylashuvi ko‘rsatkichlari yillar kesimida va viloyatlar bo‘yicha asoslab berilgan;
Turkiston o‘lkasi shahar va qishloqlarida kechgan demografik o‘zgarishlar asosan, aholi dinamikasi, xo‘jalik hayotidagi o‘zgarishlar, mehnat bandligi va uning yangi ko‘rinishlari (sanoat, transport, moliya, kasb-hunar va b.)ning tashkil topishi kabi sohalarda kechganligi bilan birga, mahalliy va rus xalqlari o‘rtasidagi bag‘rikenglik munosabatlari tarixi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1867-1917-yillarda Turkiston aholisi va uning milliy tarkibi tarixiga oid ilmiy natijalar va xulosalari asosida:
Markaziy Osiyo mintaqasida azaldan yashab kelgan o‘troq va ko‘chmanchi aholi etnik qatlamlari bilan birgalikda, turli kam sonli milliy guruhlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi mavqei hamda aholi milliy guruhlarini e’tiqod va til birligi, xo‘jalik-madaniy turmush tarzi, urug‘-qabilachilik munosabatlari hamda hududiy yashash jihatlariga ko‘ra bo‘linganiga doir ilmiy xulosalardan O‘zMTRK “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2023-yil 31-yanvarda efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvini yaratishda foydalanilgan (O‘zMTRK, “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2023-yil 17-fevraldagi 02-31-261 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy xulosalar tarix fanida Markaziy Osiyo xalqlari milliy tarkibi toʻgʻrisidagi ilmiy boʻshliqlarni toʻldirishga xizmat qilgan;
Imperiyaning Turkiston aholisiga qaratilgan milliy siyosati negizida metropoliyaning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa manfaatlar ko‘zlangan siyosati natijasi o‘laroq, mahalliy aholi qatlamlarining ijtimoiy-iqtisodiy mavqeyini pasayishi va inqirozi holatlari, shuningdek aholi milliy haq-huquqlarining buzilishi hamda o‘lka aholisi etnik manzarasining o‘zgarishiga ko‘rsatgan oqibatlariga doir ilmiy natijalardan O‘zMTRK “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2023-yil 31-yanvarda efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvini yaratishda foydalanilgan (O‘zR Madaniy meros agentligining 2024-yil 2-apreldagi 04-05/1178-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy natijalar keng jamoatchilikka Turkiston aholisining etnik manzarasi va mustamlaka milliy siyosat mohiyatiga oid ma’lumotlarni etkazishga xizmat qilgan;
XIX - asr oxiri va XX - asr  boshlarida Turkiston aholisining milliy va diniy tarkibi G‘arb hamda Sharq xalqlari kabi turli diniy konfessiyalar hisobiga ma’lum darajada ko‘payganligi, turli etnik guruhlarning o‘zaro miqdoriy nisbati, hududiy joylashuvi ko‘rsatkichlariga doir ilmiy xulosalardan “Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasi loyihalari uchun ilmiy axborot sifatida foydalanildi (O‘zR Madaniy meros agentligining 2024-yil 2-apreldagi 04-05/1178-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy xulosalar XIX-asr oxiri va XX-asr  boshlarida Turkiston o‘lkasida yashagan turli xalqlar va diniy konfessiyalar, ularning o‘zaro munosabatlariga oid bilimlarni oshirishga xizmat qilgan;
Turkiston o‘lkasi shahar va qishloqlarida kechgan demografik o‘zgarishlar asosan, aholi dinamikasi, xo‘jalik hayotidagi o‘zgarishlar, mehnat bandligi va uning yangi ko‘rinishlari (sanoat, transport, moliya, kasb-hunar va b.)ning tashkil topishi kabi sohalarda kechganligi bilan birga, mahalliy va rus xalqlari o‘rtasidagi munosabatlarga oid ilmiy natijalardan O‘zMTRK “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2023-yil 31-yanvarda efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvini yaratishda foydalanilgan (O‘zMTRK, “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2023-yil 17-fevraldagi 02-31-261 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy natijalar Turkiston o‘lkasida kechgan demografik o‘zgarishlar, mahalliy va rus xalqlari o‘rtasidagi munosabatlarga aniqlik kiritishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish