Xayrullaeva Dilbar Abdusamatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xalqaro huquq tizimida ozchiliklar huquqlarini himoya etish mexanizmini takomillashtirish», 12.00.10 – Xalqaro huquq.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Yu58.
Ilmiy rahbar: Ismailov Baxodir Islamovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: DSc.11/25.08.2022.Yu.24.01
Rasmiy opponentlar: Yuldasheva Govxerjan, yuridik fanlar doktori, professor; Xamdamova Firuza Urazalievna, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: xalqaro va milliy darajada ozchiliklarning huquqlarini himoyalash mexanizmini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
BMTning 1965 yildagi “Irqiy kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya” ga “Ozchiliklar huquqlari himoyasi to‘g‘risida” Fakultativ bayonnomaning qabul qilinishi zarurati asoslantirildi;
ozchiliklar huquqlarini kamsitish va ularga nisbatan toqatsizlikning oldini olish maqsadida milliy qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarni kamsitmaslik va murosasizlikni bartaraf etish to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilish zarurati asoslab berildi;
Ombudsman tomonidan murojaatlarni ko‘rib chiqishda inson huquqlari himoya qilinishi kafolatlari va uning majburiyatlarini takomillashtirish maqsadida fuqarolarni kamsitish va murosasiz munosabatda bo‘lishni bartaraf etish sohasida tegishli qonunchilikni takomillashtirish zarurati asoslantirildi;
ozchiliklar huquqiy holatini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”, “Prokuratura to‘g‘risida”, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunlarida ularning huquqlarini ta’minlashga qaratilgan kafolatlarning mustahkamlanishining zarurligi asoslantirildi;
O‘zbekiston Respublikasida ozchiliklar huquqlarini ta’minlashga oid xalqaro standartlarni milliy qonunchilik va amaliyotga tatbiq etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish zarurligi asoslantirildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xalqaro huquq tizimida ozchiliklar huquqlarini himoya etish mexanizmini mustahkamlash borasida nazariy-amaliy muammolarni ilmiy tadqiq etish natijalariga ko‘ra:
BMTning 1965 yildagi “Irqiy kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya” ga “Ozchiliklar huquqlari himoyasi to‘g‘risida” Fakultativ bayonnomani qabul qilish to‘grisidagi taklif Parlamentning tegishli Qo‘mitasi tomonidan tashabbus sifatida qabul qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasining 2024-yil 08-maydagi 04/6-10-1279-son ma’lumotnomasi);
dissertatsiyada ishlab chiqilgan tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarni kamsitmaslik va murosasizlikni bartaraf etish to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 22-maydagi 4/17-4/3-771-son ma’lumotnomasi);
Ombudsman tomonidan murojaatlarni ko‘rib chiqishda inson huquqlari himoya qilinishi kafolatlari va uning majburiyatlarini belgilovchi qonunchilik normalarini takomillashtirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6312-sonli Farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risida”gi qonuni loyihasining Ombudsman tomonidan murojaatlarni ko‘rib chiqishda inson huquqlari himoya qilinishi kafolatlarini belgilovchi 21-moddasi hamda uning majburiyatlarini belgilovchi 15-moddasining uchinchi xatboshisidagi taklifi mazkur qonunni takomillashtirish uchun xizmat qilgan hamda Ombudsman tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) ning 2023-yil 1-martdagi 01-07/-164-son dalolatnomasi);
ozchiliklar huquqiy holatini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyuldagi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni 58-moddasiga (“Sud’yalar”), O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuni (yangi tahriri) 43-moddasining 1-qismiga, O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 6-sentyabrdagi “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuni 26-moddasiga o‘zgartirish kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 22-maydagi 4/17-4/3-771-son ma’lumotnomasi). Natijada qonun ijodkorligi faoliyati doirasida xalqaro huquq va milliy huquq tizimida ozchiliklar huquqlarini himoya qilish mexanizmini takomillashtirish imkonini bergan;
O‘zbekiston Respublikasida ozchiliklar huquqlarini ta’minlashga oid xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka tatbiq etish yuzasidan tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6012-son Farmoni 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi” III bo‘limi 8-bandini bayon etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 22-maydagi 4/17-4/3-771-son ma’lumotnomasi). Natijada “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi” mazmunini yuridik jihatdan asoslash imkonini bergan.