Ochilov Samar Umarqul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘o‘zapoyali dalalarni shudgorlaydigan plugning moslamali disksimon ishchi organi parametrlarini asoslash”, 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3990
Ilmiy rahbar: Mamatov Farmon Murtozevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.06.2020.T.111.02.
Rasmiy opponentlar: Musurmonov Azzam Turdievich, texnika fanlari doktori, professor; Xudoyarov Berdirasul Mirzaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi g‘o‘zapoyali paxta dalalarni shudgorlaydigan moslamali disksimon ishchi organli plugning konstruksiyasi va parametrlarini asoslash orqali dalalarni shudgorlashda energiya-resurstejamkorlik va yuqori ish sifatini ta’minlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
asosiy korpuslar va toq korpuslar oldida o‘rnatilgan ag‘dargich turidagi moslamali disksimon ishchi organlardan tashkil topgan plugning konstruksiyasi va texnologik ish jarayoni g‘o‘zapoyali dalalarni talablar darajasida sifatli shudgorlash va kam tortishga qarshilikni ta’minlashini hisobga olinib ishlab chiqilgan;
disksimon ishchi organ parametrlari va uning ag‘dargichi turi hamda qanoti uzunligi g‘o‘zapoyali pushta palaxsasini ochiq egatga sifatli ag‘darilishini ta’minlash shartidan agregat tezligini hisobga olgan holda asoslangan;
disksimon ishchi organ markazidan oldingi korpus va keyingi korpus lemexi uchigacha bo‘lgan bo‘ylama masofalar keyingi ishchi organ ta’sirida deformatsiyalangan tuproqning zarralari oldingi ishchi organ elementlariga etib bormaslik shartidan aniqlangan;
moslamali disksimon ishchi organ markazidan oldingi korpus dala qirrasigacha bo‘lgan ko‘ndalang masofa g‘o‘zapoyali pushta palaxsasini ochiq egatga talablar darajasida joylashtirishni ta’minlash shartidan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: G‘o‘zapoyali dalalarni shudgorlaydigan plugning moslamali disksimon ishchi organi parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
g‘o‘zapoyali dalalarni shudgorlaydigan plugga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasining foydali modelga patenti olingan (“Plug”, № FAP 01428-2019-y.). Natijada g‘o‘zapoyali dalalarni shudgorlaydigan plugning konstruktiv sxemasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
g‘o‘zapoyali dalalarni shudgorlaydigan plug O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi fermer xo‘jaliklarida, jumladan Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 13-iyundagi 06/34-05/2856-son ma’lumotnomasi). Natijada tuproqqa ishlov berishda yonilg‘i sarfi 19,18 foizga va foydalanishdagi xarajatlar 20,28 foizga kamaygan;
g‘o‘zapoyali dalalarni shudgorlaydigan plugni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstrktorlik hujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) “BMKB-Agromash” AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (“BMKB-Agromash” AJning 2023-yil 2-maydagi 01-68-son ma’lumotnomasi). Natijada takomillashgan g‘o‘zapoyali dalalarni shudgorlaydigan plugni ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.