Ahmed Mohamed Aziz Ismailning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Enhancing the Energy Efficiency and Security Performance for IoT Based Wireless Sensor Networks Applications” (“Simsiz sensorli tarmoqlarda ishlaydigan buyumlar interneti texnologiyalarida energiya samaradorligi va xavfsizlikni oshirishni takomillashtirish”), 05.01.11-“Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/T774.
Ilmiy maslahatchi: Sharipov Kongratbay Avezimbetovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Imiy kengash (IK) faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK ragami:
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/05.05.2023.T.07.03.
Rasmiy opponentlar: Xudayberdiev Mirzaakbar Xakkulmirzaevich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Mohamed Elhoseny, texnika fanlari doktori, professor; Yusupov Jambul Ruslanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi simsiz sensorli tarmoqlarda ma’lumotlar uzatish xavfsizligini oshirish va buyumlar interneti hamda sun’iy intellekt ilovalarida, shu jumladan dronlarda, ma’lumotlarni kompresslash texnikasi orqali energiya samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
CH (Cluster Head)tanlash operatsiyasi uchun dinamik og‘irlik omillari bilan asosiy xususiyatlarni qo‘llaydigan klasterlash usulini ishlab chiqish, barcha murakkab hisoblashlarni va ma’lumotlarni shifrlashni hech qanday energiya muammosi bo‘lmagan tayanch stansiya tomoniga o‘tkazish hamda qabul qilish va uzatish jarayonida malumotlarni yig‘ish yo‘lini qurish maqsadida yangi zanjir qurish algoritmi ishlab chiqilgan;
rekonstruksiya jarayonini yaxshilash maqsadida kompresslangan namunalardan datchiklarning dastlabki malumotlarini rekonstruksiya qilish uchun algoritm hamda barqarorlik muammosini engish va energiya sarfini optimallashtirish uchun tarmoqni har bir turda belgilangan miqdordagi klasterlarga taqsimlovchi DCCS algoritmi ishlab chiqilgan;
CH tomonidan shaxsiy kalitni talab qilmasdan yig‘ish muammosini hal qilishga yordam beruvchi soxta tasodifiy kalitni tayanch stansiya va tugunlar o‘rtasida xavfsiz almashish uchun yangicha kalit almashish usuli va SS sxemasini potensial xavfsizlik hujumlaridan himoya qilishning yangicha usuli ishlab chiqilgan.
Quvvat istemolini yaxshilash va barqarorlik muammosini bartaraf etish uchun yangi EDCCS algoritmi, tarmoq belgilangan miqdordagi klasterlarga taqsimlanishi va har bir Chni qoldiq energiya asosida tanlanishi hamda har bir Cluster Head va tayanch stansiya o‘rtasidagi optimal yo‘lni aniqlash uchun “Grey Wolf”ga asoslangan algoritm ishlab chiqilgan.
UAV tarmoqlarida deep learning (IRA-AEODL) texnikasiga ega sun’iy ekotizim optimallashtiruvchisi yordamida resurslarni aqlli taqsimlash algoritmi ishlab chiqilib, IRA-AEODL texnikasi simsiz WSN tarmog‘ida resurslarni samarali taqsimlash, IRA-AEODL texnikasi barcha foydalanuvchilar uchun tizim yordamini maksimal darajada oshirish, foydalanuvchilarning kombinatsiyalangan assotsiatsiyasiga, energiyani rejalashtirish va traektoriyani loyihalash, WSN siyosatini optimal taqsimlash uchun WSN tarmoqlarida Stacked Sparse Autoencoder (SSAE) modelini qo‘llash asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ishlab chiqilgan usul va algoritmlar universitet yotoqxonalarini kuzatishda dronlardan foydalanish loyihasiga tadbiq etilgan (Buyuk Britaniyaning xalqaro mulk idorasidan patent olingan, patent raqami: 6319315, ro‘yxatdan o‘tgan sana: 2023-yil 16-oktyabr). Bu loyiha dronlar yordamida universitet yotoqxonalari xavfsizligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, sun’iy intellekt va IoT texnologiyalaridan foydalanib, simsiz sensor tarmoqlari orqali energiya samaradorligi va xavfsizlikni ta’minlagan. Dronlar yotoqxona atrofidagi harakatlarni kuzatib boradi va kerakli vaziyatlarda xavfsizlik choralarini ko‘radi.
LORA texnologiyasidan foydalangan holda universitet yotoqxonalari uchun integratsiyalashgan dron kuzatuv tizimiga patent olingan (Hindiston hukumati Savdo va sanoat vazirligi, Sanoat siyosati va targ‘ibot departamenti, Dizaynlar va savdo belgilari bo‘yicha bosh nazorat idorasidan patent olingan. Patent raqami: 202311067359, ro‘yxatdan o‘tgan sana: 2023-yil 27-oktyabr). Ushbu patent integratsiyalashgan tizim orqali dronlar va IoT qurilmalarini birlashtiradi va xavfsizlikni oshirish bilan birga energiya samaradorligini ham ta’minlaydi. Mazkur texnologiya LORA orqali uzoq masofalarga signal uzatishni ta’minlagan, bu esa dronlar va sensorlar orasidagi aloqa barqarorligini oshirgan.
Ishlab chiqilgan usul hamda algoritmlar IoT va simsiz sensor tarmoqlaridan foydalangan holda kampus xavfsizligini boshqarish, ma’lumotlarni uzatish va saqlashni takomillashtirgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, dronlar va IoT qurilmalaridan foydalanish kampus xavfsizligini 25% ga oshirgan va energiya iste’molini 15% ga kamaytirgan (Buyuk Britaniyaning xalqaro mulk idorasidan patent olingan, patent raqami: 6319315, ro‘yxatdan o‘tgan sana: 2023-yil 16-oktyabr). Shuningdek, ishlab chiqilgan usul va algoritmlar xalqaro tashkilotlar tomonidan internet xizmatlarini taqdim etishda qo‘llanilgan. Ushbu texnologiyalar simsiz sensor tarmoqlarda energiya samaradorligini oshirish va ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash uchun xizmat qiladi. IoT texnologiyalarini qo‘llash orqali ma’lumot uzatish tezligi oshirilgan va internet xizmatlarining barqarorligi ta’minlangan.