Gapparov Alibek Karshiboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Ijtimoiy-siyosiy leksikaning sotsiolingvistik aspekti (publisistik matn misolida)”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter  lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil3031.
Ilmiy rahbar: Xayrullaev Xurshidjon Zaynievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Fil 27.01.
Rasmiy opponentlar: Raximov G‘anisher Xudoyqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Imyaminova Shuxratxon Solijonovna, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ijtimoiy-siyosiy leksikaning gazeta-publisistik matnda voqelanishi media tilining ijtimoiy mavqeyi hamda jamiyatning milliy-madaniy qonuniyatlari bilan bog‘liqligini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy-siyosiy leksikaning til tizimida lingvistik va ekstralingvistik jarayonlarning o‘zaro ta’siri natijasida nemis va o‘zbek ijtimoiy va siyosiy voqeligini aks ettiruvchi leksik birliklarning til tizimining tuzilishi, funksiyasi hamda til dinamikasiga ta’sir ko‘rsatishi orqali uning gazeta-publisistik uslubi kommunikativ aspektida namoyon bo‘lish xususiyatlari ochib berilgan;
funksional uslub tizimida publisistik uslubning pragmatik va axborot beruvchi imkoniyatlari uning ijtimoiy vazifasidan kelib chiqib til vositalari orqali standartlik va ekspressivlik tamoyillari hamda qisqalik, lo‘ndalik, ixchamlik, yorqinlik elementlari asosida namoyon bo‘lishi  leksik, semantik va grammatik taraqqiyot bosqichlarida ochib berilgan;
ijtimoiy-siyosiy leksikaning diaxronik va sinxron aspektlarda leksik nominatsiya, propozitiv nominatsiya, diskursiv nominatsiya masalasi bilan bevosita bog‘liqligi ularning derivatsion hamda leksik-semantik xususiyatlarini ochib berish orqali isbotlangan;
kommunikativ va umume’tirof etilgan xulq me’yorlarining o‘ziga xos jihatlarini ochib berish orqali nemis va o‘zbek tillari ijtimoiy-siyosiy leksikasining dinamik xususiyatining jamiyatdagi o‘zgaruvchan voqelik va hodisalarga nisbatan moslashish imkoniyati bilan belgilanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ijtimoiy-siyosiy leksikaning sotsiolingvistik aspekti (publisistik matn misolida) bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
ijtimoiy-siyosiy leksikaning til tizimida lingvistik va ekstralingvistik jarayonlarning o‘zaro ta’siri natijasida nemis va o‘zbek ijtimoiy va siyosiy voqeligini aks ettiruvchi leksik birliklarning til tizimining tuzilishi, funksiyasi hamda til dinamikasiga ta’sir ko‘rsatishi orqali uning gazeta-publisistik uslubi kommunikativ aspektida namoyon bo‘lish xususiyatlariga doir ilmiy-nazariy xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan Evropa ittifoqining Erasmus+ dasturi 58545-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational linguistics at Central Asian universities” mavzusidagi xalqaro loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 6-yanvardagi 19/02-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yaratilgan modul kompyuter lingvistikasiga oid atamalarning ijtimoiy-siyosiy leksik xususiyatlarini aniqlashda matnlarning ijtimoiy-siyosiylik belgilari bilan bog‘liq masalalarning yoritilishi hamda ularning sotsiolingvistik aspektlardagi tahlillarini izohlash haqidagi nazariy qarashlar bilan boyitilgan hamda auditoriya tomonidan ushbu qonuniyatlarga tegishli munosabatni shakllantirishga erishilgan;
funksional uslub tizimida publisistik uslubning pragmatik va axborot beruvchi imkoniyatlari uning ijtimoiy vazifasidan kelib chiqib til vositalari orqali standartlik va ekspressivlik tamoyillari hamda qisqalik, lo‘ndalik, ixchamlik, yorqinlik elementlari asosida namoyon bo‘lishi   leksik, semantik va grammatik taraqqiyot bosqichlariga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy kengashining 2023-yilga mo‘ljallangan faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ish rejasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Ekologik partiyasining 2023-yil 15-noyabrdagi 01/383-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Ekologik partiyasining ijtimoiy-siyosiy gazetasi nashrlarida targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish va yoritishga xizmat qilgan;
ijtimoiy-siyosiy leksikaning diaxronik va sinxron aspektlarda leksik nominatsiya, propozitiv nominatsiya, diskursiv nominatsiya masalasi bilan bevosita bog‘liqligi ularning derivatsion hamda leksik-semantik xususiyatlariga oid xulosalardan Evropa ittifoqining Erasmus+ dasturi 574099-EPP-1-2016-1-IT-EPPKA2-CBHE-SP: “SPHERA: Supporting the Professionalization of Health Engineering studies and Related areas in Asia” mavzusidagi xalqaro loyihada foydalanilgan (Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining 2024-yil 9-yanvardagi 18/01-01-son ma’lumotnomasi). Natijada gazeta-publisistik matn axborot mazmuni va boshqa ijtimoiy omillarga bog‘liq holda modifikasiyalarga uchrashi hamda ularning milliy-madaniy xususiyatlarini yoritishga erishilgan;
kommunikativ va umume’tirof etilgan xulq me’yorlarining o‘ziga xos jihatlarini ochib berish orqali nemis va o‘zbek tillari ijtimoiy-siyosiy leksikasining dinamik xususiyatining jamiyatdagi o‘zgaruvchan voqelik va hodisalarga nisbatan moslashish imkoniyatiga doir ilmiy mulohazalardan “Samarqand sadosi” radio eshittirishlari hamda “Samarqand yoshlari” gazetasini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 24-maydagi 01-07/180-son, “Samarqand yoshlari” gazetasining 2024-yil 4-yanvardagi 1/01-son ma’lumotnomalari). Natijada radio eshittirishlar  hamda gazeta mazmuni  ijtimoiy-siyosiy leksikaning sotsiolingvistik tahlili bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish