Xamdamov Bekmamatning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nasos stansiyalari gidrotexnika inshootlari ishonchlilik holatini baholashning ilmiy asoslari” 05.09.07-“Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” va 05.09.06-Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/T365
Ilmiy konsultantlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Maxmudov Iloxomjon Ernazarovich, texnika fanlari doktori, professor
Glovatskiy Oleg Yakovlevich, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.41/30.04.2021.T.131.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Gapparov Furkat Axmatovich - TIQXMMI MTU professori, texnika fanlari doktori (05.09.07).
Jonkobilov Ulugmurod Umbarovich - O‘zbekiston  Respublikasi Harbiy Aviatsiya Instituti  “Umumtexnika fanlari” kafedrasi mudiri,  texnika fanlari doktori, professor (05.09.07).
Xujaqulov Rustam – Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti, Gidravlika va gidroinshootlar kafedrasi professori, texnika fanlari doktori, professor (05.09.06).
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: armaturalangan tuproqli konstruksiyalarni gidrotexnika inshootlarida qo‘llash maisadida modellashtirish uslubini ishlab chiqish va uni asoslash. Qarshi mashina kanalining qirg‘oq himoyalash inshooti elementlari bilan o‘zaro ta’sirdagi ikki fazali (dispersli) suv oqimlarini gidravlik hisoblash uslubini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nasos stansiyalari gidrotexnika inshootlar qiyaliklari mustahkamligini oshirish uslubi laboratoriya sharoitida armaturalovchi elementlarini kiritish natijasida  ishlab chiqilgan;  
armaturali gruntlarni innshootning mustahkamligini hisoblashning mezonlari mustaxkamlik koeffisienti aniqlash asosida ishlab chiqilgan;
qirg‘oq himoyalash inshooti elementlari chegarasida loyqa cho‘kindi zarrachalarining hajmiy konsentratsiyasini va muallaq zarrachalar tezligini o‘zgarishini ifodalovchi gidravlik model ikki fazali dispers suyuqlik oqimining xarakat tenglamasi asosida ishlab chiqilgan;
suv oqimidagi loyqa cho‘kindilar zarrachalarni qattiq sirt bilan o‘zaro ta’sir jarayonini ifodalovchi ko‘p fazali suv oqimi xarakatini gidralik modeli Stoks mezonida teng ta’sir etuvchi kuchlarning tenglamasi asosida ishlab chiqilgan;
gidravlik qarshilik koeffisientini aniqlashning yarim empirik ifodasi dispersli suv oqimining kvadratik qarshilik sohasi uchun takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olingan natijalarga asoslanib, tavsiya etilgan o‘xshashlik mezonlariga muvofiq, markazdan qochma modellash usulidan foydalangan holda armaturalangan tuproq inshootlarining loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu nasos stansiyalari va gidrotexnika inshootlarning tayanch devorlari uchun tekis modellari uchun bir qator fizik ifodalarni olish imkonini berdi:
ishlash sharoiti va nasos rejimlarini yaxshilash uchun oqimdagi gidrodinamik sharoitlar o‘rganilgan, modernizatsiya qilingan asosiy va yordamchi NS da gidromexanik uskunalarini ishonchliligining asosiy xususiyatlarini aniqlash uchun yangi hisoblash sxemalari taqdim etildi va asosiy jihozlarni reanimatsiya qilish materiallari va usullari  Amu-Buxoro kanalidan foydalanish boshqarmasiga qarashli “Qiziltepa” NSiga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil      27 oktyabrdagi № 03/37-3517 sonli ma’lumotnomasi). Natijada nasoslarni suv ta’minoti ob’ektlarini modernizatsiya qilish bilan yangi, zamonaviy, yanada samarali modellar bilan almashtirish ishonchlilikni oshiradi, avariyasiz ishlashni ta’minlaydi, elektr energiyasi sarfini 1-2% ga kamaytirishga erishilgan;
mashina kanalidagi nasos stansiyasi gidrotexnika inshootlari, jumladan, avankameralari va ta’minot kanali qiyaliklarini emirilishini oldini olishga mo‘ljallangan qurilish materiallarini tejashga asoslangan zamonaviy qurilish konstruksiyasidan foydalanish usullari Amu-Surxon ITH  boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi tasarrufidagi “Yoshlik” nasos stansiyasiga joriy qilindi. (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 27 oktyabrdagi                           № 03/37-3517 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mustahkamlangan tuproqdan yasalgan konstruksiyasini qo‘llash orqali nasos stansiyasining ekspluatatsion holati yaxshilanishi hisobiga “Yoshlik” nasos stansiyasida yiliga 10 mln. so‘m mablag‘ iqtisod qilish imkoni berdi;
nasos stansiyasining ta’minot kanalining gruntli qiyaliklarini suv oqimi yoki to‘lqin ta’siridan yuvilishi natijasidagi emirilishini rekonstruksiya qilish uchun kanalning qirg‘og‘i loyihaga binoan yuqori sifatli armaturali tuproq bilan to‘ldirilish usullari Norin-Sirdaryo ITHB huzuridagi   NS va EB  boshqarmasiga qarashli “To‘raqo‘rg‘on-1” nasos stansiyasiga joriy qilindi. (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 27 oktyabrdagi № 03/37-3517 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur konstruksiyadan foydalanish orqali nasos stansiyasi ta’minot kanali va avankamerasining qiyaliklarini eroziyadan saqlash natijasida ortiqcha xarajatlarning keskin kamayishi hisobiga  “To‘raqo‘rg‘on1” nasos stansiyasida yiliga 115 mln.so‘m mablag‘ni iqtisod qilishni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish