Hamroev Kamoliddin Shaxobiddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «4-(N–R-amino)-butin-2-ol-1ning hosilalarini olish texnologiyasini ishlab chiqish, ularning xossalari va ishlatilishi», 02.00.14–Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/K85.
Ilmiy rahbar: Muxiddinov Baxodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ikromov Abduvoxob Ikromovich, kimyo fanlari doktori, professor; Musulmanov Noryigit Xasanovich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:birlamchi atsetilen spirtlari asosida 4-(N–R-amino)-butin-2-ol-1ning hosilalarini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
propargil spirti (propinol) asosida aminometillash jarayoni yordamida alifatik ikkilamchi aminlar, ikkilamchi aromatik va geterotsiklik amino reagentlar bilan formal`degid ishtirokida atmosfera bosimida 4-aminobutinol-1 hosilalari sintez qilingan;
4[(N-dietilamino-(butin-2-il)-ol-1ning tetrametilendiizotsianat bilan N=C=O guruhida proton azot atomiga oraliq mahsulot sifatida hosil bo‘lishining nukleofil birikishi va 4-[N-dietilamino(butin-2)-1-il nikotinatlarning diazometan bilan reaksiyasi asosida molekulalararo halqalanish natijasida pirazolnikotinatlarning hosilalari hosil bo‘lishi isbotlangan;
olingan propargil spirti (propinol) asosida aminometillash jarayoni yordamida alifatik ikkilamchi aminlar, ikkilamchi aromatik va geterotsiklik amino reagentlar bilan formal`degid ishtirokida atmosfera bosimida 4-aminobutinol-1 hosilalarining fizik-kimyoviy va ekspluatatsion xossalari aniqlangan;
molekulalararo amalga oshadigan 4-aminobutinil -2 ol-1 bilan diazometanning ta’sirlashish natijasida 1,2-pirazolning hosilalari sintez qilingan va ularni fizik-kimyoviy struktura ko‘rinishlari isbotlangan;
propargil spirti (propinol) asosida aminometillash jarayoni yordamida alifatik ikkilamchi aminlar, ikkilamchi aromatik va geterotsiklik amino reagentlar bilan formal`degid ishtirokida atmosfera bosimida 4-aminobutinol-1 hosilalari sintez qilish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Birlamchi atsetilen spirtlari asosida 4-(N–R-amino)-butin-2-ol-1 hosilalarini olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
4(N-R-amino)-butin-2-ol-1 ning hosilalarini olish tarkibi va texnologiyasiga texnik shart «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan (6.1-00203850-08..2017). Natijada yangi defoliant va metallar korroziyasiga qarshi ingbitor olish imkonini bergan;
4(N-R-amino)-butin-2-ol-1 asosida metallar korroziyasiga qarshi ingibitor olish texnologiyasi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKda amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2018 yil 3 maydagi 02-02-10/5680-son ma’lumotnamasi). Natijada mahalliy xomashyolar asosida metallar korroziyasiga qarshi ingibitor ishlab chiqarish va xorijdan olib kelinayotgan ingibitorlar miqdorini 40%ga kamaytirish imkonini bergan;
metallar korroziyasiga qarshi yaratilgan ingibitor 4-N-dietilamino butin-2-ol-1 «Navoiy mashinasozlik zavodi»da amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2018 yil 3 maydagi 02-02-10/5680-son ma’lumotnomasi). Natijada xorijdan olib kelinayotgan metallar korroziyasiga qarshi ingbitorni almashtirish hisobiga 22% valyuta iqtisod qilishga va metallar karroziyasi bardoshliligini 7%ga oshirish imkonini bergan;
yaratilgan (4-N-difenilamino butin-2-ol-1) defolianti Navoiy ilmiy-tadqiqot stansiyasi paxta etishtirish agrotexnologiyasi va urug‘chilik ilmiy-tekshirish institutida amaliyotga joriy etilgan («Elektrokimyozavod» qo‘shma korxonasi AJning 2018 yil 25 iyundagi 586-son ma’lumotnomasi). Natijada defoliantlik sifatini 33%ga oshirish imkonini bergan.