Abidova Nilufar Zakirovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Individual yondashuv asosida bo‘lajak logopedlarning inklyuziv kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.03 – Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Ped313.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mo‘minova Lola Raximovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Qo‘ysinov Odil Almuratovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdullaeva Gavhar Sapparovna, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi individual yondashuv asosida bo‘lajak logopedlarning inklyuziv kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak logopedlarning inklyuziv kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari ta’limiy maqsadlar mazmunini qadriyatli-semantik jarayon dinamikligi bilan intensiv uyg‘unlashtirishga yo‘naltirilgan didaktik mikromuhitni jadal shakllantirish hamda ilg‘or rivojlantiruvchi tendensiyalar integrativ xususiyatlarini ierarxik darajalash asosida aniqlashtirilgan;
individual yondashuv asosida bo‘lajak logopedlarning inklyuziv kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish samaradorligi pedagogik jarayonning motivatsion-kognitiv, refleksiv-operatsion komponentlari tarkibiy qismlarini induktiv yaxlitlash hamda oddiydan-murakkabga vektorli rivojlanishga ko‘ra shaxsiy-faoliyatli va tashkiliy-fuknsional xususiyatlar qayta aloqasining barqaror aspektlarini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak logopedlarning inklyuziv kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish jarayoni ta’lim sub’ektlarining umumiy va individual imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilgan mazmunli-natijador komponentlarning o‘zaro uyg‘unligini tizimli sinxronlashtirish hamda o‘quv jarayoni universal dizayniga qo‘yiladigan talabalarni suksessiv aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak logopedlarning inklyuziv kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish texnologiyalari o‘zaro hamkorlikning didaktik xususiyatlarini diagnostik-motivatsion, kognitiv-affektiv, qadriyat-semantik, konativ bosqichlarda izchil amalga oshirish imkonini beruvchi o‘zgaruvchan xarakterdagi kontekstli topshiriqlarni kiritish va muammoli vaziyatlarni bajarishda qat’iy qaror qabul qilish sifatlarini namoyon qilishga pragmatik sharoit yaratish asosida takomillashtirilgan;
individual yondashuv asosida bo‘lajak logopedlarning inklyuziv kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish mezonlari pedagogik diagnostika vositalarining effektiv qo‘llanilishini ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-pedagogik, mazmuniy-protsessual sharoitlarga xos bo‘lgan dinamizm, muvofiqlashtirish va adekvat aks ettirish tamoyillarining vertikal xususiyatlarini bosqichma-bosqich moslashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Individual yondashuv asosida bo‘lajak logopedlarning inklyuziv kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak logopedlarning inklyuziv kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari ta’limiy maqsadlar mazmunini qadriyatli-semantik jarayon dinamikligi bilan intensiv uyg‘unlashtirishga yo‘naltirilgan didaktik mikromuhitni jadal shakllantirish hamda ilg‘or rivojlantiruvchi tendensiyalar integrativ xususiyatlarini ierarxik darajalash asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Uzlyuksiz ta’lim va maxsus pedagogika” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-sonli buyrug‘i asosida berilgan 389890-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, pedagoglarni uzlyuksiz kasbiy rivojlantirishga doir ilg‘or xorijiy tajribalar va zamonaviy tendensiyalarni tahlil qilish, O‘zbekistonda tatbiq qilish imkoniyatlarini aniqlash, individual yondashuv bo‘lajak logopedlarning kasbiy rivojlantirish komponentlarini takomillashtirish imkoni oshirilgan;
individual yondashuv asosida bo‘lajak logopedlarning inklyuziv kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish samaradorligi pedagogik jarayonning motivatsion-kognitiv, refleksiv-operatsion komponentlari tarkibiy qismlarini induktiv yaxlitlash hamda oddiydan-murakkabga vektorli rivojlanishga ko‘ra shaxsiy-faoliyatli va tashkiliy-fuknsional xususiyalar qayta aloqasining barqaror aspektlarini hisobga olish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Maxsus pedagogika va psixologiya” nomli darsligining mazmuniga kiritilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-sonli buyrug‘i asosida berilgan 314-9-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak logopedlarning inklyuziv ta’lim jarayonini metodik tashkil etish hamda ularning kasbiy mahoratini uzlyuksiz oshirib borish mexanizmlari takomillashtirilgan;
bo‘lajak logopedlarning inklyuziv kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish jarayoni ta’lim sub’ektlarining umumiy va individual imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilgan mazmunli-natijador komponentlarning o‘zaro uyg‘unligini tizimli sinxronlashtirish hamda o‘quv jarayoni universal dizayniga qo‘yiladigan talabalarni suksessiv aniqlashtirish asosida takomillashtiriishga oid takliflar “Maxsus pedagogika va psixologiya” nomli darsligining mazmuniga kiritilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-sonli buyrug‘i, 314-9-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, inklyuziv kompetentlik darajalarini baholash samaradorligi aniqlash va pedagogik sharoitlar majmui belgilash asosida bo‘lajak logopedlarning kasbiy rivojlantirish modelini takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lajak logopedlarning inklyuziv kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish texnologiyalari o‘zaro hamkorlikning didaktik xususiyatlarini diagnostik-motivatsion, kognitiv-affektiv, qadriyat-semantik, konativ bosqichlarda izchil amalga oshirish imkonini beruvchi o‘zgaruvchan xarakterdagi kontekstli topshiriqlarni kiritish va muammoli vaziyatlarni bajarishda qat’iy qaror qabul qilish sifatlarini namoyon qilishga pragmatik sharoit yaratish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Maxsus pedagogika va psixologiya” nomli darsligining mazmuniga kiritilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-sonli buyrug‘i asosida berilgan 314-9-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak logopedlarning inklyuziv kompetentligini rivojlantirishning turli ta’lim shakllari orqali rasmiy, norasmiy, informal o‘qitishda foydalanishga doir ta’lim texnologiyalari takomillashtirish qo‘lami kengaytirilgan;
individual yondashuv asosida bo‘lajak logopedlarning inklyuziv kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish mezonlari pedagogik diagnostika vositalarining effektiv qo‘llanilishini ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-pedagogik, mazmuniy-protsessual sharoitlarga xos bo‘lgan dinamzm, muvofiqlashtirish va adekvat aks ettirish tamoyillarining vertikal xususiyatlarini bosqichma-bosqich moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Uzlyuksiz ta’lim va maxsus pedagogika” nomli darsligining mazmuniga kiritilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-sonli buyrug‘i asosida berilgan 389890-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak logopedlarning inklyuziv kompetentligining rivojlanganlik darajasini aniqlash va ko‘rsatkichlarini ilmiy-pedagogik jihatdan aniqlash imkoni oshirilgan.