Anvarov Turdimurod Anvarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasi Probatsiya xizmati faoliyatini takomillashtirish: tashkiliy-huquqiy jihatlari”, 12.00.14 – Huquqbuzarliklar profilaktikasi. Jamoat xavfsizligini ta’minlash. Probatsiya faoliyati (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Yu1268.
Ilmiy rahbar: Selimanova Svetlana Mixaylovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O’zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi, Yo‘l harakati xavfsizligi muammolarini o‘rganish markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.32/05.05.2023.Yu.74.03.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Isamiddin, yuridik fanlar doktori, professor; Saidqulov Qodirali Abdusalimovich, yuridik fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi probatsiya xizmati faoliyatini takomilashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy-maishiy ta’minlash va ishga joylashtirish tizimini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari etib bandlikka ko‘maklashish, sog‘liqni saqlash, mahalla, yoshlar ishlari agentligi va boshqa mas’ul tuzilmalarning funksiya va vakolatlarini aniq chegaralash, ular hayotining sifati hamda darajasini oshirish kabilarni belgilash zarurati asoslab berilgan;
ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga hukm qilingan shaxslar o‘rtasida huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini hamda shart-sharoitlarini aniqlash, bartaraf etish, shuningdek, mazkur shaxslar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha maxsus tadbirlarni ishlab chiqishda probatsiya xizmati va huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatining hududiy bo‘linmasi xodimlari (katta) inspektorini o‘zaro hamkorlik qilish amaliyotini joriy etish orqali probatsiya nazoratidagi shaxslarni tizimli va samarali nazorat qilish asoslab berilgan;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining vazifasi etib ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish va reabilitatsiya qilish jarayoniga davlat organlari va tadbirkorlik subektlari o‘rtasida davlat-xususiy sherikchilik tizimini tatbiq etishni belgilash asoslab berilgan;
“probatsiya” tushunchasiga “muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash tarzidagi jazolarning ijro etilishini ta’minlashga, mahkumlarga ijtimoiy-huquqiy va tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishga, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ularga barham berishga, huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablarini va ularga imkon beradigan shart-sharoitlarni aniqlashga, bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui”dir mazmunida mualliflik ta’rifi ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi Probatsiya xizmati faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy moslashtirishga mas’ul tuzilmalar faoliyatining institutsional va tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish, ularning vazifa, funksiya va vakolatlarini aniq chegaralash, shuningdek, ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish, shu jumladan, ular hayotining sifati va darajasini oshirish kabilarni ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy-maishiy ta’minlash va ishga joylashtirish tizimini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari etib belgilash yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-iyuldagi 543-son “Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy-maishiy ta’minlash va ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 2-qismi, 3 va 4-xatboshini ishlab chiqiqshda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-noyabrdagi 12-15-106-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan va ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga hukm qilingan shaxslar o‘rtasida huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini hamda shart-sharoitlarini aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, ushbu shaxslar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha maxsus tadbirlarni ishlab chiqishda probatsiya xizmati va huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatining hududiy bo‘linmasi xodimlari (katta) inspektorini o‘zaro hamkorlik qilish amaliyotini joriy etish yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022 yil 19 fevral kunidagi “Jamoat xavfsizligini ta'minlash departamenti Probatsiya xizmati faoliyatiga yangi ish uslublarini tatbiq etish to‘g‘risida”gi 42-sonli buyruq bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati to‘g‘risidagi nizomni 6-bobi, 23-qismi, 2 va 3-xatboshini ishlab chiqiqshda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2022-yil 12-dekabrdagi ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi probatsiya xizmati va huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatining hududiy bo‘linmasi xodimlari (katta) inspektorini o‘zaro hamkorlikda probatsiya nazoratidagilarning xulq-atvorini nazorat qilish, shuningdek, yangi jinoyat sodir etishining oldini olish borasidagi faoliyatini takomillashtirishga xizmat qilgan;
ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish va reabilitatsiya qilish sohasidagi ishlarni amalga oshirish doirasida davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida ijtimoiy sherikchilikni rivojlantirish, shuningdek, ushbu shaxslarni reabilitatsiya qilish jarayoniga xususiy sektor vakillarini keng jalb etish orqali ularga tegishli imtiyozlar berishni nazarda tutuvchi davlat organlari va tadbirkorlik subektlari o‘rtasida davlat-xususiy sherikchilik tizimini rivojlantirishga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-iyuldagi 543-son “Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy-maishiy ta’minlash va ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 2-qismi, 5 va 6-xatboshini ishlab chiqiqshda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-noyabrdagi 12-15-106-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlarining vazifalarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
“probatsiya” tushunchasiga “muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash tarzidagi jazolarning ijro etilishini ta’minlashga, mahkumlarga ijtimoiy-huquqiy va tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishga, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ularga barham berishga, huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablarini va ularga imkon beradigan shart-sharoitlarni aniqlashga, bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui” mazmunida ta’rif berish yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasining “Probatsiya to‘g‘risida”gi qonunining 3-moddasi 2-xatboshini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2022-yil 12-dekabrdagi ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi probatsiya tushunchasi bilan bog‘liq munosabatlar doirasini belgilashga xizmat qilgan.