Nurmuxammadov Jamoliddin Shermuhammad o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy o‘rta ta’lim tizimida adabiy laboratoriyalar yaratishning ilmiy-metodik asoslari”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek adabiyoti) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4528.
Ilmiy rahbar: Husanboeva Qunduzxon Parpievna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01(bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Qadirov Valijon Abduraxmanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Shodmonova Munira Burxonovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi adabiy laboratoriyaning ilmiy-metodik asoslarini, umumta’lim, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarning sinflar kesimida dastur va rejasini yaratish, uning metodikasini yangi avlod “Adabiyot” dastur va darsliklariga joriy etish bilan bog‘liq taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
konstruktiv, kommunikativ, kreativ faoliyatga asoslangan adabiy laboratoriya mashg‘ulotlari mazmunini shakllantirish mexanizmi o‘quv faoliyatining tarkibiy, taktik, natijadorlik kabi pedagogik va ehtiyoj, motivatsiya, refleksiya kabi psixologik omillarni aniqlashtirish va ta’lim jarayonida faol qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
adabiy laboratoriya ishlarining sifatiga qo‘yiladigan talablarning didaktik tizimi o‘quvchilarning o‘quv-biluv, yaratish motivlarini rivojlantirishga qaratilgan 5P konsepsiyasining maqsad (“purpose”), ishtiyoq (“passion”), jamoat, jamoaviylik (“people”), jarayon (“process”), natija (“performance”) va 4K modulining aloqa (“kommunikatsiya”), hamkorlik (“kollaboratsiya”), tanqidiy fikrlash (“critical thinking”), ijodiy fikrlash (“creative thinking”) kabi tamoyillarni mustaqil ta’lim jarayonida intensiv qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilar ijodiy-intellektual salohiyatini rivojlantirishning tashkiliy-metodik komponenti mohiyati adabiy laborantlik faoliyatining yakka, juftlikda, jamoaviy ishlash, evristik izlanish, tadqiqotchilik, eksperimental, skeptik, texnogen, empirik xususiyatlarini aniqlashtirish asosida ochib berilgan;
adabiy laboratoriyalar yaratish metodikasi o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini tizimli shakllantirishga qaratilgan kitob-hisobot, kitob-sharh, asar qahramonlari xarakter xususiyatlariga psixologik tashxis qo‘yish, adabiy podkast kabi innovatsion texnologiyalarni o‘quv-didaktik tahliliga integratsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida adabiy laboratoriyalar yaratishning ilmiy-metodik asoslari tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
konstruktiv, kommunikativ, kreativ faoliyatga asoslangan adabiy laboratoriya mashg‘ulotlari mazmunini shakllantirish mexanizmi o‘quv faoliyatining tarkibiy, taktik, natijadorlik kabi pedagogik va ehtiyoj, motivatsiya, refleksiya kabi psixologik omillarni aniqlashtirish va ta’lim jarayonida faol qo‘llash hamda adabiy laboratoriya ishlarining sifatiga qo‘yiladigan talablarning didaktik tizimi o‘quvchilarning o‘quv-biluv, yaratish motivlarini rivojlantirishga qaratilgan 5P konsepsiyasining maqsad (“purpose”), ishtiyoq (“passion”), jamoat, jamoaviylik (“people”), jarayon (“process”), natija (“performance”) va 4K modulining aloqa (“kommunikatsiya”), hamkorlik (“kollaboratsiya”), tanqidiy fikrlash (“critical thinking”), ijodiy fikrlash (“creative thinking”) kabi tamoyillarni mustaqil ta’lim jarayonida intensiv qo‘llash asosida takomillashtirilganligiga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021–2023-yillarda bajarilgan F3-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 21-martdagi 03-1/1403/1-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek adabiyoti tarixi, taraqqiyot davrlari va adabiy jarayonda kechayotgan o‘zgarishlarni hozirgi kun talablaridan kelib chiqib, fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda xorijda ham targ‘ib etishga qaratilgan materiallarni, o‘zbek shoirlari, adiblari va munaqqidlari ijodiy faoliyatiga doir ko‘p tilli nashrlarni va multimedia dasturiy mahsulotlarini yaratishda samaradorlikka erishilgan;
o‘quvchilar ijodiy-intellektual salohiyatini rivojlantirishning tashkiliy-metodik komponenti mohiyati adabiy laborantlik faoliyatining yakka, juftlikda, jamoaviy ishlash, evristik izlanish, tadqiqotchilik, eksperimental, skeptik, texnogen, empirik xususiyatlarini aniqlashtirishga qaratilgan takliflardan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarini o‘quv jarayonida foydalanilgan (Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining 2023-yil 8-sentyabrdagi 01-12-1524-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiyot dasturlariga har bir sinfga choraklar kesimida 2 soatdan, jami 8 soatlik; 8-11-sinf doirasida esa jami 40 soatlik adabiy laboratoriya mashg‘ulotlari kiritilgan;
adabiy laboratoriyalar yaratish metodikasi o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini tizimli shakllantirishga qaratilgan kitob-hisobot, kitob-sharh, asar qahramonlari xarakter xususiyatlariga psixologik tashxis qo‘yish, adabiy podkast kabi innovatsion texnologiyalarni o‘quv-didaktik tahliliga integratsiyalash asosida takomillashtirilganligiga oid metodik tavsiyalardan ijod maktablarining 8–11-sinf “Adabiyot” darsliklarini shakllantirishda foydalanilgan (Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining 2023-yil 5-iyundagi 01-11-766-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning ehtiyojlari va qiziqishlariga muvofiq ularning ijodiy va badiiy qobiliyatlarini rivojlantirish, kasbiy tayyorgarlikning dastlabki ko‘nikmalarini singdirish orqali texnik vositalar va kompyuter texnologiyalaridan maqsadli foydalangan holda ularning texnik ijodkorligini rivojlantirishga erishilgan.