Abduqaxxorov Sardorbek Akramjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Olamning lisoniy manzarasida milliy urf-odatlarning aks etishi”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil399558.
Ilmiy rahbar: Rustamov Dilshodbek Abduvahidovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori, professor; Najmiddinov Muhammadjon G‘ayratjon o‘g‘li, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi olamning lisoniy manzarasi shakllanishida inson omili, lisoniy ong, olamning etnopsixolingvistik tasviri, urf-odat, rasm-rusum va an’analar konseptosferasi doirasida etnik tushunchalar tizimi va til vositasida etnik tafakkur reallashuvining o‘ziga xos jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek urf-odatlari konseptosferasiga oid sovchilik, kelinsalom, choygashtak, beshik to‘yi, yuzochar kabi til birliklari misolida til tashuvchisining borliqqa, jamiyatga, qadriyatlarga munosabatini ifodalovchi milliy o‘zlikni anglash, qadryatlarni qadrlash, jamoaviylikka hurmat kabi kognitiv-mental xususiyatlari aniqlangan;
urf-odatlar, rasm-rusum, an’ana va marosimlar konseptosferasi lingvokulturologik va etnolingvistik talqinda olamni idrok etish va anglash jarayonida etnomadaniy belgilarni yaqqol namoyon etuvchi kognitiv kategoriya ekanligi dalillangan;
“olamning lisoniy manzarasi” tushunchasi o‘zida insonning olamni anglashi, til va tafakkur munosabati, tilning mental xususiyatlari kabi keng qamrovli va murakkab falsafiy, kognitiv, lingvomadaniy jarayonlarni mujassamlashtirishi nazariy jihatdan asoslangan;
olamning lisoniy manzarasi fonida jonli kommunikativ jarayonlar – xalqning madaniyati va mentaliteti, ya’ni uning ongi, shuuri, ommaviy an’analari, urf-odatlari bilan bog‘liq til ifodalarining leksik-semantik, funksional-grammatik, frazeologik  kabi rang-barang shakllari tizimi mavjudligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olamning lisoniy manzarasida milliy urf-odatlarning aks etishiga doir ishlab chiqilgan nazariy va amaliy sifatida mavzusi yuzasidan erishilgan ilmiy natijalar asosida:
olamning lisoniy manzarasi fonida jonli kommunikativ jarayonlar – xalqning madaniyati va mentaliteti, ya’ni uning ongi, shuuri, ommaviy an’analari, urf-odatlari bilan bog‘liq til ifodalariga doir ilmiy xulosalardan A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutida Xalq ta’limi vazirining 2021-yil 18-maydagi 156-son buyrugi asosida 2021-2022-yillarda bajarilishi nazarda tutilgan “Umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining ona tili (o‘zbek tili) fani bo‘yicha malakasini baholash hamda 14 ta fandan test tizimini ishlab chiqish loyihasi” nomli fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutining 2022-yil 13-oktyabrdagi 01/09 – 1358 – son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan tavsiyalarning amaliyotga tatbiq etilishi yuzasidan erishilgan ijobiy ko‘rsatkichlar fundamental loyihada oʻz aksini topgan;
o‘zbek urf-odatlari konseptosferasiga hamda til tashuvchisining borliqqa, jamiyatga, qadriyatlarga munosabatini ifodalovchi til birliklarining kognitiv-mental xususiyatlariga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining “Erudit” shifrli yopiq innovatsion loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022-yil 8-sentyabrdagi 10/1670-son ma’lumotnomasi). Natijada innovatsion loyiha doirasida dastur, elektron resurslar, nazariy va amaliy materiallar tayyorlashda muhim manbalar kengaygan;
urf-odatlar, rasm-rusum, an’ana va marosimlar konseptosferasi, lingvokulturologik va etnolingvistik talqinda olamni anglash kabi nazariy-ilmiy qarashlarga doir xulosalardan eshittirishlarning mazmuni boyitilgan hamda 2022-2023-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va tarbiya” va “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari ssenariysini yozishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 6-iyundagi 04-40-291-son ma’lumotnomasi). Natijada radiodasturlarda berilgan urf-odat, rasm-rusum, an’ana va marosimlarga oid atamalarning etnolingvistik manbalari tizimlashtirilishi zamonaviy tilshunoslikda dolzarb hisoblangan kommunikatsiya nazariyasi va stilistika sohalari bo‘yicha ilmiy ma’lumotlar kengaytirishi bilan alohida ahamiyat kasb etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish