Menglieva Sunbula Savranbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Harbiy sohaga oid terminlarni kursantlarga o‘rgatishda lingvomadaniy kompetensiyani rivojlantirish”(ingliz tili misolida), 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2261.
Ilmiy rahbar: Yusupova Shoira Botirovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O’zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O’zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32/30.12.2020.Yu.74.01.
Rasmiy opponentlar: Ziyaeva Sevara Anvarovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Saitqulova Nazokat Rahmonovna, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbkiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida oliy harbiy ta’lim muassasalari doirasida ingliz va o‘zbek tili materiallari asosida harbiy sohaga oid terminlarni kursantlarga o‘rgatishning lingvomadaniy xususiyatlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“loyihaga tayyorgarlik ko‘rish”, “loyiha a’zolarini tashkilotchiligi”, “loyihani namoyish etish”, “natijalarni e’lon qilish” komponentlaridan iborat “loyiha” metodi  ixtisoslik tilini hisobga olgan holda kursantlarga harbiy terminlarni ingliz tilida o‘rgatish jarayonini uzlyuksiz tizimli ravishda rivojlantirish imkonini beruvchi “ijtimoiy-madaniy kompetensiyani rivojlantirish” komponentini qo‘shish orqali takomillashtirilgan;
“ma’lumotlarni to‘plash”, “o‘rganish”, “tahlil qilish” va “joylashtirish” kabi komponentlardan tashkil topgan “lokatsiya” metodi kursantlar tomonidan  inglizzabon davlatlar harbiy terminlari o‘rtasida mavjud lingvomadaniy xususiyatlarni o‘zining tarkibiga qamrab olgan harbiy an’analar, bayramlar, kiyimlar, buyruqlar va salomlashishga doir  o‘xshash va farqli taraflarini ochib berish orqali davlatlarning harbiy soha bilan bog‘liq madaniyatlarini baholash imkonini beruvchi “lingvomadaniy kompetensiyani rivojlantirish” komponentini qo‘shish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak ofiserlarning xalqaro harbiy kontekstdagi samarali o‘zaro aloqalar va tushunishni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan bilim va terminologik vositalarga oid kasbiy kompetensiyasi harbiy hayotni aks etuvchi lingvomadaniy xususiyatlarni baholash imkonini beruvchi 6000 dan ortiq harbiy terminlarni qamrab olgan “Inglizcha-o‘zbekcha-ruscha” terminlar lug‘atini ishlab chiqish orqali rivojlantirilgan;

ta’lim jarayonini diagnostik va formatik baholashga asoslangan “Jangovar xizmatni kuchaytirish uchun zamonaviy texnik qo‘riqlash vositalari” interfaol elektron ta’lim dasturi orqali ta'lim jarayonini interaktiv va dinamik holatga keltirish, bo‘lajak ofiserlarning bilimlarini yanada chuqurlashtirish, xavfsiz muhitda real voqealarni model qilishga ko‘ra amaliy ko‘nikmalarni orttirish va kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish imkoniyati yaratilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kursantlarga harbiy sohaga oid terminlarni o‘qitish jarayonida lingvomadaniy va ijtimoiy-madaniy kompetensiyalarni takomillashtirish  bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari asosida quydagilar joriy qilingan:
“loyihaga tayyorgarlik ko‘rish”, “loyiha a’zolarini tashkilotchiligi”, “loyihani namoyish etish”, “natijalarni e’lon qilish” komponentlaridan iborat “loyiha” metodi  ixtisoslik tilini hisobga olgan holda kursantlarga harbiy terminlarni ingliz tilida o‘rgatish jarayonini tizimli va doimiy ravishda  maqsadli rivojlantirish imkonini beruvchi “ijtimoiy-madaniy kompetensiyani rivojlantirish” komponentini qo‘shish orqali takomillashtirish yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi va Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtlari o‘quv jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2023 yil 16 fevral 1/1-908-son ma’lumotnomasi, Jamoat xavfsizligi universitetining 2022 yil 5 apreldagi 3/22-1418-son, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasining 2022 yil 25 apreldagi va Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtining 2022 yil 25 apreldagi ma’lumotnomalari). “Loyiha” metodiga “ijtimoiy-madaniy kompetensiyani rivojlantirish” komponentini qo‘shish kursantlarga harbiy terminlarni ingliz tilida o‘rgatish jarayonini maqsadli rivojlantirishga xizmat qilgan;
“ma’lumotlarni to‘plash”, “o‘rganish”, “tahlil qilish” va “joylashtirish” kabi komponentlardan tashkil topgan “lokatsiya” metodi kursantlar tomonidan  inglizzabon davlatlar harbiy terminlari  o‘rtasida mavjud lingvomadaniy xususiyatlarni o‘zining tarkibiga qamrab olgan  harbiy an’analar,  bayramlar, kiyimlar, buyruqlar, va salomlashishga doir  o‘xshash va farqli taraflarini ochib berish orqali davlatlarning harbiy soha bilan bog‘liq madaniyatlarini o‘rganish imkonini beruvchi “lingvomadaniy kompetensiyani rivojlantirish” komponentini qo‘shish orqali takomillashtirish yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi va Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtlari o‘quv jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2023 yil 16 fevral 1/1-908-son ma’lumotnomasi, Jamoat xavfsizligi universitetining 2022 yil 5 apreldagi 3/22-1418-son, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasining 2022 yil 25 apreldagi va Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtining 2022 yil 25 apreldagi ma’lumotnomalari). Lokatsiya metodiga “lingvomadaniy kompetensiyani rivojlantirish” komponentini qo‘shish kursantlar tomonidan davlatlar harbiy terminlari o‘rtasidagi  o‘xshash va farqli taraflarini o‘rganib topish va guruhdoshlari oldida o‘zlarining taqdimotlarini namoyish etish orqali davlatlarning harbiy soha bilan bog‘liq madaniyatlarini samarali o‘rganishlariga xizmat qilgan;
O‘zbekiston va  inglizzabon davlatlar harbiy hayotini aks etuvchi lingvomadaniy xususiyatlarni baholash imkonini beruvchi 6000 dan ortiq harbiy terminlarni qamrab olgan “Inglizcha-o‘zbekcha-ruscha” terminlar lug‘atini ishlab chiqish orqali bo‘lajak ofiserlarning xalqaro harbiy kontekstdagi samarali o‘zaro aloqalar va tushunishni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan bilim va terminologik vositalarga oid kasbiy kompetensiyasi rivojlantirish yuzasidan takliflari O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi va Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtlari o‘quv jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2023 yil 16 fevral 1/1-908-son ma’lumotnomasi). Ushbu lug‘atning ta’lim jarayoniga tatbiq etilishi natijasida bo‘lajak ofiserlarning ingliz tilidan o‘qitishda harbiy-kasbiy terminologiyalar optimallashtirishga xizmat qilgan;
ta’lim jarayonini diagnostik va formatik baholashga asoslangan “Jangovar xizmatni kuchaytirish uchun zamonaviy texnik qo‘riqlash vositalari” interfaol elektron ta’lim dasturi orqali pedagogik innovatsiyalar va didaktik tamoyillar asosida ta'lim jarayonini interaktiv va dinamik holatga keltirish, bo‘lajak ofiserlarning bilimlarini yanada chuqurlashtirish, xavfsiz muhitda real voqealarni model qilish orqali amaliy ko‘nikmalarni orttirish va kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishi yuzasidan takliflari O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtlari o‘quv jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2023 yil 16 fevral 1/1-908-son ma’lumotnomasi. Natijada harbiy terminlar, ularning ingliz tilidagi ekvivalentlari o‘rganib chiqilgan, chet eldagi qurilmalar solishtirilib yurtimiz sharoitiga to‘g‘ri keladigan qurilmani yaratish uchun terminlar va ularning joylashuvi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish