Musaeva Shaxzoda Ibroximovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Harbiy ta’lim muassasalarida kursantlarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini chet tili o‘qitish orqali rivojlantirish (ingliz tili misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped799.
Ilmiy rahbar: Paluanova Xalifa Daribaevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32/30.12.2020.Yu.74.01.
Rasmiy opponentlar: Sabirova Gulnoza Sadikovna, pedagogika fanlari doktori; dotsent; Ashurov Alisher Abdumavlonovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi harbiy ta’lim muassasalarida kursantlarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini ingliz tili o‘qitish orqali rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqot ishining ilmiy yangiligi:
ingliz tilini o‘qitishda “motivatsion”, “kognitiv”, “ijtimoiy-madaniy” va “kompensator” komponentlaridan iborat madaniyatlararo muloqot kompetensiyasi modeli kursantlarning kommunikatsiya jarayonida hamrohini tushunish hamda unga tezkor javob qaytarish mexanizmini rivojlantirish samaradorligini ortishiga erishish imkonini beruvchi “Adaptation to military sphere” (harbiy sohaga moslashish) komponentini qo‘shish orqali takomillashtirilgan;
ingliz tilini o‘rganishda qo‘llanilgan “Scavenger hunt” metodi kursantlarning ingliz zabon davlatlar harbiy madaniyatlari haqidagi ma’lumotlarni o‘zlashtirish imkonini beruvchi “military culture” komponentini qo‘shish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak ofiserlarga ingliz tilini o‘qitishda rolli o‘yinga asoslangan ta’lim texnologiyasini qo‘llash harbiycha ijtimoiy-madaniy munosabatlar, subordinate (boshqaruvchi) va superior (bo‘ysunuvchi) o‘rtasidagi kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishning metodik materiallari va resurslarini optimallashtirish orqali harbiy kontekstda ularning til o‘rganishdagi motivatsiyasini oshirish, shuningdek real hayotdagi harbiy vaziyatlarda tilni qo‘llash ko‘nikmalarini mustahkamlash, harbiy xodimlar o‘rtasidagi aniq va samarali muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish mumkinligi dalillangan;
xorijiy tilni avtonom o‘zlashtirishga asoslangan “Tandem” metodi kursantlarga o‘zaro muloqotda madaniy tafovutlarni yaxshiroq anglash va qabul qilish orqali xorijiy tilni o‘zlashtirish jarayonini tezlashtirish hamda samaradorligini oshirish, madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini ikki kishi yoki guruhning o‘zaro hamkorlik orqali bir-birlarining madaniyatini o‘rganib xorijiy tilni maksimal o‘zlashtirish kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi “Discriminated” komponentini qo‘shish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy harbiy ta’lim muassasalarida ingliz tili ta’limi jarayonida kursantlarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirish yuzasidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida quyidagilar joriy qilingan:
ingliz tilini o‘qitishda “motivatsion”, “kognitiv”, “ijtimoiy-madaniy” va “kompensator” komponentlaridan iborat madaniyatlararo muloqot kompetensiyasi modeli kursantlarning kommunikatsiya jarayonida hamrohini tushunish hamda unga tezkor javob qaytarish mexanizmini rivojlantirish samaradorligini ortishiga erishish imkonini beruvchi “Adaptation to military sphere” (harbiy sohaga moslashish) komponentini qo‘shish orqali takomillashtirish bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining “Xalqaro harbiy hamkorlikni huquqiy ta’minlash” ta’lim yo‘nalishi fan dasturida o‘z ifodasini topgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2023-yil 16-fevraldagi 1/1-907-son ma’lumotnoma). Natijada, kursantlarning kommunikatsiya jarayonida hamrohini tushunish hamda unga tezkor javob qaytarish mexanizmini rivojlantirish samaradorligining ortishiga erishilgan;
bo‘lajak ofiserlarga ingliz tilini o‘qitishda rolli o‘yinga asoslangan ta’lim texnologiyasi harbiycha ijtimoiy-madaniy munosabatlar, subordinate (boshqaruvchi) va superior (bo‘ysunuvchi) o‘rtasidagi murojaat shakllarini rivojlantirishning metodik ta’minoti optimallashtirilgan takliflari O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti kabi oliy harbiy ta’lim muassasalari o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2023-yil 16-fevraldagi 1/1-907-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining 2022-yil 6-maydagi 3/22-1847-son ma’lumotnomalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 14-avgustdagi “418”-sonli buyrug‘i asosidagi 418-124 va 418-125 raqamli guvohnomalari). Natijada ushbu yo‘nalishda tahsil olayotgan kursantlarni o‘qitishda o‘quv materialining til+muloqot+madaniyat yo‘nalishida yuqori darajada o‘zlashtirilishini ta’minlaydigan ta’lim resurslari bilan boyitilgan;
bo‘lajak ofiserlarga ingliz tilini o‘qitishda rolli o‘yinga asoslangan ta’lim texnologiyasini qo‘llash harbiycha ijtimoiy-madaniy munosabatlar, subordinate (boshqaruvchi) va superior (bo‘ysunuvchi) o‘rtasidagi kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishning metodik materiallari va resurslarini optimallashtirish orqali harbiy kontekstda ularning til o‘rganishdagi motivatsiyasini oshirish, shuningdek real hayotdagi harbiy vaziyatlarda tilni qo‘llash ko‘nikmalarini mustahkamlash, harbiy xodimlar o‘rtasidagi aniq va samarali muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish mumkinligi yuzasidan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining “Maxsus vazifalarni bajarish qo‘shinlarining qo‘mondonlik-taktik faoliyati” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan kursantlarning o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2023-yil 16-fevraldagi 1/1-907-son ma’lumotnoma). Natijada, kursantlar o‘zlari yashab turgan mamlakatning harbiy madaniyati va ingliz zabon davlatlar harbiy madaniyatlari haqidagi ma’lumotlarni oson hamda qisqa vaqt ichida o‘zlashtirish samaradorligi orttirilgan;
xorijiy tilni avtonom o‘zlashtirishga asoslangan “Tandem” metodi kursantlarga o‘zaro muloqotda madaniy tafovutlarni yaxshiroq anglash va qabul qilish orqali xorijiy tilni o‘zlashtirish jarayonini tezlashtirish hamda samaradorligini oshirish, madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini ikki kishi yoki guruhning o‘zaro hamkorlik orqali bir-birlarining madaniyatini o‘rganib xorijiy tilni maksimal o‘zlashtirish kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi “Discriminated” komponentini qo‘shish orqali takomillashtirish yuzasidan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2023-yil 16-fevraldagi 1/1-907-son ma’lumotnomai). Natijada, kursantlarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyasi, ya’ni boshqa millat vakili bilan muloqotga kirishish jarayonida o‘zi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z o‘rnida qo‘llay olish va nutqiy-amaliyotda muammolarga duch kelmaslikning oldini olishda yordam beradigan so‘z birikmalari, frazeologik birliklar va dialoglar vositasida takomillashtirilgan madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini o‘rgatish metodikasi ommalashtirilgan hamda barcha oliy harbiy bilim yurtlarida tahsil olayotgan kursantlarning muloqot jarayonidagi nutq ko‘nikmalari takomillashtirilgan.