Namazov Sunnat Zokirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Yuqori kullangan Angren koni qo‘ng‘ir ko‘mirini boyitish texnologiyasini ishlab chiqish», 04.00.14 – Foydali qazilmalarni boyitish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2473.
Ilmiy rahbar: Doniyarov Nodirjon Abdixakimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/04.06.2021.T.06.01.
Rasmiy opponentlar: Muxiddinov Baxodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor; Xudoyarov Suleyman Rashidovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Angren koni yuqori kullangan qo‘ng‘ir ko‘mirini boyitishning kombinatsiyalashgan (flotatsiya-gravitatsiya) usulidan foydalanib ko‘mirni yonuvchi qismini oshirish uchun boyitishning samarali texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gravitatsiya usulida boyitishning eng maqbuli cho‘ktirish mashinasida ko'mirni engil mahsulotga ajratish ekanligi asoslangan;
birinchi marta Angren koni yuqori kullangan qo‘ng‘ir ko‘mirini flotatsiya usulida boyitish uchun yangi reagent qo‘llanilgan va bunda yonmaydigan qo‘shimchalar chiqindiga ajralishi aniqlangan;
yuqori kullangan Angren qo‘ng‘ir ko‘mirini gravitatsiya-flotatsiya usullarida boyitishning texnologik ko‘rsatkichlariga yiriklik sinfi, reagent sarfi va jarayon davomiyligining ta’siri aniqlangan;
birinchi marta ko‘mirni 88-90% boyitmaga ajratib olish va kul miqdori 10-12% tashkil etadigan mahsulot olish imkonini beradigan boyitishning gravitatsiya-flotatsiya texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Angren koni yuqori kullangan qo‘ng‘ir ko‘mirni boyitish texnologiyasini ishlab chiqish bo'yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Angren koni yuqori kullangan qo‘ng‘ir ko‘mirini kombinatsiyalashgan (flotatsiya-gravitatsiya) usulda boyitishning yangi texnologiyasi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2023 yil 29 noyabrdagi 23/01-01-07/638-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan texnologiyani qo‘llash kul miqdorini 50-53% dan 10-12% gacha kamaytirish imkonini bergan;
Yuqori kullangan qo‘ng‘ir ko‘mirni asosiy flotatsiya, nazorat flotatsiyasi va I-tozalash flotatsiyasi, cho‘ktirish mashinasida boyitishdan iborat bo‘lgan texnologik sxemasi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2023 yil 29 noyabrdagi 23/01-01-07/638-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qo‘ng‘ir ko‘mirni yonganda issiqlik ajralishini 3 martaga oshirish va ko‘mirni boyitmaga ajralishini 88-90 % ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish