Tojikulov Abduxalil Abdujalil o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston sharoitida yaratilgan biomahsulotlar tarkibida toksinlarni  yuqori  samarali suyuqlik xromatografiyasi metodlarida aniqlash», 02.00.10 - Bioorganik kimyo (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/V1149.
Ilmiy rahbar: Qo‘shiev Habibjon Hojiboboevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, DSc.03/05.06.2020.K/V.91.03.
Rasmiy opponentlar: Xashimova Nigora Rustamovna, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Qodirov Orifjon Sharipovich, farmatseftika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi toksinlarni yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi yordamida aniqlashning samarali metodlarini tanlash va yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aflatoksin B1, B2, G1, G2; oxratoksin A, zeralenon, dezoksivalenol mikotoksinlarini aniqlash uchun mahsulotni bir vaqtning o‘zida ekstraksiya qilish tizimi ishlab chiqilgan;
turli sinfdagi mikotoksinlarni qo‘shimcha tozalash va ajratib olish uchun dispersiv suyuqlik-suyuqlik mikroekstraksiyasi usuli taklif qilingan va metanoldan foydalanilmagan holda mikotoksinlarni yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasida tahlil qilish tizimi ishlab chiqilgan;
tarkibida kremniy, birlamchi va ikkilamchi amin PSA hamda limon kislotasi bo‘lgan sorbentdan foydalangan holda o‘simlik mahsulotlari tarkibidagi aflatoksinlar, zearalenon hama oxratoksin A turi mikotoksinlarini aniqlash va ajratishning samarali usuli yaratilgan;
mikotoksinlarni yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi metodlarida tahlil qilishda QuEChERS uulida namuna tayyorlash shartlariga turli omillarning ta’siri ko‘rsatkichlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston sharoitida yaratilgan o‘simlik mahsulotlari tarkibida toksinlarni yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi metodlarida aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi yordamida immunoaffinli kolonkalarda mikotoksinlarni ajratishdan oldin ularni substartda mavjudligini aniqlash, miqdoriy ko‘rsatkichlarini baholash uchun ekstraksiya tayyorlashda NaCI bilan birgalikda MgSO4 va limon kislotasidan foydalanish usulidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatlik xizmati Sirdaryo viloyati boshqarmasi “Toksikologiya” laboratoriyasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respuplikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatlik xizmati markazining 2023 yil 7 fevraldagi 20-05017-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Guliston shahar markaziy dehqon bozorida sotilayotgan donli ekinlar mahsulotlari tarkibidagi mikotoksinlarni tez va samarali tarzda aniqlash hamda baholash imkonini bergan;
yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasidan foydalangan holda mikotoksinlarni biomahsulotlar tarkibidan aniqlashning soddalashtirilgan usulidan Samarqand viloyati “Samarqand Golden Chichpeas” MChJda yong‘oq va achchiq bodom mevalari tarkibidagi aflatoksin B1 (AFB1), aflatoksin B2 (AFB2), aflatoksin G1 (AFG1), aflatoksin G2 (AFG2) mikotoksinlari hamda Toshkent viloyati “Berad agro” qo‘shma korxonasida olma, shaftoli mevalari va uzumdan tayyorlangan sharbatlar tarkibida zamburug‘lardan ajraladigan patulin mikotoksinini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligining 2023 yil 14 noyabrdagi 03/11-T-11-942-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘simlik mahsulotlari tarkibidagi mikotoksinlarni aniqlash va monitoring qilib borishni yo‘lga qo‘yish asosida eksportbop mahsulotlarini tayyorlashda samaradorlikka erishish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish