Yusupov Rustam Atxamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qobiq quvurli issiqlik almashinish qurilmalarida uglevodorod bug‘larining kondensatsiyalanish jarayonini takomillashtirish», 02.00.08 – Neft` va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3566.
Ilmiy rahbar: Ismailov Oybek Yuliboevich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019. K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Adizov Bobir Zamirovich, texnika fanlari doktori, professor; Mengliev Sherzod Shoimovich, texnik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qobiq quvurli issiqlik almashinish qurilmalarini takomillashtirish orqali uglevodorod bug‘larini kondensatsiyalash jarayonini jadallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gaz kondensati bug‘lari haroratining kondensator uzunligi bo‘yicha taqsimlanish qonuniyatlari aniqlangan;
gazkondensatini bug‘larini kondensatsiyalash jarayoniga suv bug‘ini kondensatsiyalashga qaraganda 1,5 barobar vaqt va energiya kam sarflanishini isbotlangan;
qobiq quvurli issiqlik almashinish qurilmasiga konstruktiv o‘zgartirish kiritish orqali qurilmaga kirayotgan bug‘ tezligi 3,14 marotabagacha ortishi aniqlangan;
kondensator qobiq qismida gaz kondensati bug‘ini aylanma tarzida berish orqali issiqlik berish koeffisienti 6,5 % ga issiqlik uzatish koeffisienti esa 7 % ga ortishi aniqlangan;
qobiq quvurli issiqli almashinish qurilmasining qobiq qismida bug‘ taqsimlanish samaradorligini oshirish orqali kondensatsiyalash jarayoni 1,2 martaga tezlashgan va uzatilayotgan issiqlik miqdori 1,33 marotaba ortishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Uglevodorod bug‘larini kondensatsiyalanish jarayoni samaradorligin oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
issiqlik almashgichlarda qurilmaning qobiq qismidagi “gaz-suyuq” holatdagi barqaror gaz kondensati harakatini aylanma tarzda amalga oshirish usuli «Sho‘rtan neft` va gaz qazib chiqarish boshqarmasi»ning 2025-2026 yillardagi amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yhatiga kiritilgan (Sho‘rtan neft` va gaz qazib chiqarish boshqarmasi 2023 yilning 3 apreldagi 03-son ma’lumotnomasi). Natijada, qurilmaning issiqlik koeffisienti K 7,4% ga ortishi imkonini beradi;
kondensatsiyalanish jarayonining jadallashishi usuli «Sho‘rtan neft` va gaz qazib chiqarish boshqarmasi»ning 2025-2026 yillardagi amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yhatiga kiritilgan (Sho‘rtan neft` va gaz qazib chiqarish boshqarmasi 2023 yilning 3 apreldagi 03-son ma’lumotnomasi). Natijada, issiqlik qurilmadagi energetik harajatlarni 8,4% ga kamaytirish imkonini beradi.