Yuldashev Tashmurza Raxmanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tabiiy gazni nordon komponentlardan tozalashda selektivligi yuqori bo‘lgan absorbentlar kompozisiyalarini olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.08 – Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/T657.
Ilmiy maslahatchi: Maxmudov Muxtor Jamolovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Saydaxmedov Shamshitdin Muxtorovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Yunusov Miraxmad Po‘latovich, texnika fanlari doktori, professor; To‘raev Tolib Bozorovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy gazni nordon komponentlardan tozalash uchun amin va efirlar asosida yuqori selektivlikka ega bo‘lgan yangi absorbent kompozisiyalarini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gazlarni nordon komponentlardan tozalashda absorbentlarni fizik-kimyoviy xossalarini tahlillari asosida nordon komponentlarni tozalashdagi faolligi va selektivligi yuqori bo‘lgan amin va efirlar asosida kompozision absorbent olish imkoniyati asoslangan;
monoetanolamin, dietanolamin va efirlar (polietilenglikoldimetil efiri, polietilenglikolmonometil efiri) asosida gazlarni nordon komponentlardan tozalash uchun kompozision absorbentlarning tarkibi va ularning asosiy fizik-kimyoviy xossalari aniqlangan;
kompozision absorbent yordamida tabiiy gaz oltingugurt birikmalaridan 35 - 60oC haroratda va 3–5 MPa bosimda tozalanganda tabiiy gaz tarkibida oltingugurtning miqdorini 0,03 g/m3 gacha kamayganligi isbotlangan;
olingan kompozision absorbent (MDPP-5) 5 MPa bosim, 60/35oC va 55/30oC harorat oraliqlarida tabiiy gazni zaharli birikmalardan tozalashda, uning selektivligi oltingugurtga nisbatan 8,7% ga, uglerod dioksidiga nisbatan 9,4% ga oshganligi isbotlangan;
ko‘pirish balandligini va ko‘pikning turg‘unligini kamayganligi, gazni tozalash samaradorligini oshganligi hisobidan kompozision absorbentning ishlash muddatini 1,25% baravarigacha oshganligi asoslangan;
absorbentlarning absorbsiya jarayonida ularning tarkibidagi mexanik zarrachalar, absorbentlarning parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlar, korroziya ingibitorlari va boshqa tashqi omillar ta’sirida ko‘pik hosil qilishi va hosil bo‘lgan ko‘pikning turg‘unligi DEA ga nisbatan MDPP-5 kompozision absorbentda 8,5% ga kam ekanligi isbotlangan;
DPP-1, MDPP-1 va MDPP-5 kompozision absorbentlari yordamida tabiiy gazlarni nordon komponentlardan tozalashda sanoatdagi absorbentlarning sarfi 1000 m3 gazga 116 gramm bo‘lsa, taklif etilayotgan kompozision absorbentda bu ko‘rsatgich 101 gramm tashkil etganligi asoslangan;
DPP-1, MDPP-1 va MDPP-5 kompozision absorbentlari yordamida tabiiy gazlarni nordon komponentlardan tozalash texnologiyasi va qurilmaning asosiy ishchi parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tabiiy gazni nordon komponentlardan tozalashda ishlatiladigan kompozision absorbent va ularni tabiiy gazlarni tozalash jarayonida qo‘llanilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tabiiy gazlarni zararli birikmalardan tozalashda ishlatilgan aminlar asosida faollashtiruvchi qo‘shimchalar qo‘shish yo‘li bilan kompozision absorbent olish texnologiyasi «Sho‘rtan NGQChB»ning «2024-2025 yillar amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Sho‘rtan NGQChB»ning 2023 yil 18 fevraldagi 03-17-5/27-son ma’lumotnomasi). Natijada, regeneratsiyalangan etanolaminlarga tarkibida azot saqlovchi qo‘shimchalar qo‘shib kompozision absorbentda gazlarni agressiv komponentlardan tozalash imkonini beradi;
MEA+DEA+PEGDME+PEGMME asosida tabiiy gaz tarkibidan nordon komponentlarni tozalash uchun DPP-1, MDPP-1, MDPP-5 kompozisiyalari olish texnologiyasi «Natural Gaz–Stream» OOO QK amaliyotga joriy etilgan («Natural Gaz–Stream» OOO QKning 2023 yil 13 noyabrdagi 0Z/II-1120-son ma’lumotnomasi) Natijada, samarali, selektiv, faol kompozision absorbent olish imkonini bergan;
DPP-1, MDPP-1 va MDPP-5 kompozisiyalar yordamida tabiiy gaz tarkibidan nordon komponentlarni tozalashga qo‘llash texnologiyasi «Natural Gaz–Stream» OOO QK amaliyotga joriy etilgan («Natural Gaz–Stream» OOO QKning 2023 yil 13 noyabrdagi 0Z/II-1120-son ma’lumotnomasi) Natijada, korroziyalanish qiymati 0,04-0,06 mm/yilni tashkil qilgan va korroziyaga qarshi faolligi 8,5% ga oshish imkonini bergan.