Mansurov Olim Pardaboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «“Phragmites australis”dan avtomobil benzinlarining ekologik va ekspluatatsion xossalarini yaxshilovchi qo‘ndirma olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.08 – Neft` va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4081.
Ilmiy rahbar: Adizov Bobirjon Zamirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019. K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Oybek Yulibaevich, texnika fanlari doktori; Muxtorov Nuriddin Shamshidinovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qayta tiklanuvchi biomassani qayta ishlash orqali avtomobil benzilarining ekologik va ekspluatatsion xususiyatlarini yaxshilovchi qo‘ndirma olishning chiqindisiz texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Rhragmites australis”dan bioetanol olishning usuli va uni siklik qayta ishlashning strukturaviy-metodologik asoslari ishlab chiqilgan;
AI-80 avtomobil benzinining oktan soni bioetanolning 1% miqdorda qo‘shilganda 1,7 punktga oshgan bo‘lsa, 8% gacha qo‘shilganda ushbu ko‘rsatkich 6,4 puntkga o‘zgarishi aniqlangan;
AI-80 avtomobil benzining oktanlar soni oshirib, E8 (AI-92) avtomobil benzinlari olish maqsadida bioetanol-8%, AI-95-20%, AI-80-72% li maqbul nisbatlarda kompaundlash kerakligi isbotlangan;
qo‘ndirma olish jarayonidagi chiqindilar (LSC)ni bitumning adgezion xususiyatlarini yaxshilash uchun barqarorlashtiruvchi qo‘shimcha sifatida qo‘shilganda bog‘lovchilik xususiyati 0,09 gacha ko‘payganligi, yo‘lning botish chuqurligi esa 2,8 mm gacha kamayganligi isbotlangan;
qo‘ndirma olish va uni AI-80 hamda AI-95 avtomobil benzinlariga kompaundlab, E8 (AI-92) avtomobil benzinini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
“Rhragmites australis” assosida bioetanol, avtomobil benzinlari uchun kislorod saqlagan qo‘ndirmalar va bitumning adgezion xususiyatlarini yaxshilash uchun barqarorlashtiruvchi qo‘shimchalarni ishlab chiqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bioetanolni avtomobil benziniga qo‘ndirma sifatida qo‘llash texnologiyasi “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJning “2025-2027 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJning 2024 yil 16 apreldagi 02-03-01/112-son ma’lumotnomasi). Natijada, AI-80 avtomobil benziniga 8% bioetanol qo‘shish orqali oktan soni 6,4 punkitga oshirish imkonini beradi;
“Rhragmites australis”ni qayta ishlab bioetanol olish va sheben-mastikali asfal`tbetonga barqarorlashtiruvchi qo‘shimcha material ishlab chiqarish texnologiyasi “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJning “2025-2027 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJning 2024 yil 16 apreldagi 02-03-01/112-son ma’lumotnomasi). Natijada, sheben yuzasidan bitumning bog‘lovchilik xususiyati 4,0 dan 4,9 gacha oshish imkonini beradi.