Murodova Dilnoza Chorievnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklari faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Iqt586.
Ilmiy maslahatchi: -
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Jumaev Nodir Xosiyatovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich; iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Mo‘minova Ma’suda Baxtiyarovna.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklari faoliyatini tartibga solishni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tijorat banklarining milliy valyutadagi depozitlariga nisbatan majburiy zaxira stavkasini pasaytirish va o‘rtachalash koeffisienti darajasini oshirish orqali banklar ixtiyorida qolgan likvidlik yordamida to‘lovlarning uzlyuksizligini ta’minlash, kreditlarning resurs bazasini kengaytirish, bank tizimidagi qisqa va o‘rta muddatli foiz stavkalarini pasaytirish taklifi asoslangan;
ochiq bozordagi “REPO” operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalarini Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi ± 0,2 foiz oralig‘ida tebranishini ta’minlash orqali tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va likvidlikni boshqarish samaradorligini oshirish asoslangan;
Markaziy bank obligatsiyalarini daromadliligini oshirish, depozit auksionlarini banklarning talabi hamda Markaziy bankning asosiy stavkasida o‘tkazish asosida likvidlikni jalb etish operatsiyalariga talabning qisqarishi hisobiga overnayt, REPO va SVOP operatsiyalariga talabni oshirish asoslangan;
tijorat banklarida likvidli aktivlarning sof chiqimga nisbatan o‘sishining maqbul diapazoni (14,0%≤MD≤16,0%)ni ta’minlash asosida likvidlikni qoplash meʼyori koeffisienti darajasini oshirish asoslangan;
tijorat banklarining foizli daromadlari va foizli xarajatlari o‘rtasidagi barqaror nisbatni pasaytirish, qisqa muddatli majburiyatlarni yuqori likvidli aktivlarga joylashtirishni kengaytirish asosida aktivlar rentabelligi va foizli marja darajasini o‘stirish orqali tijorat banklari faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklari faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklarining milliy valyutadagi depozitlariga nisbatan majburiy zaxira stavkasini pasaytirish va o‘rtachalash koeffisienti darajasini oshirish orqali banklar ixtiyorida qolgan likvidlik yordamida to‘lovlarning uzlyuksizligini ta’minlash, kreditlarning resurs bazasini kengaytirish, bank tizimidagi qisqa va o‘rta muddatli foiz stavkalarini pasaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan pul-kredit siyosatining 2020 yil va 2021-2022 yillardagi davriga mo‘ljallangan asosiy yoʼnalishlarini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2023 yil 17 iyuldagi 27-11/866-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida majburiy zaxiralashning o‘rtachalash koeffisienti 2020 yil aprelda 25 foizdan 35 foizgacha va 2020 yil iyun` oyida 75 foizgacha oshirildi va milliy valyutadagi depozitlar bo‘yicha majburiy zaxira stavkasi 5 foizli punktga pasaytirilgan;
ochiq bozordagi “REPO” operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalarini Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi ± 0,2 foiz oralig‘ida tebranishini ta’minlash orqali tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va likvidlikni boshqarish samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan pul-kredit siyosatining 2020 yil va 2021-2022 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yoʼnalishlari ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2023 yil 17 iyuldagi 27-11/866-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida moliyaviy yil davomida asosiy stavka va pul bozori stavkalari o‘zgarishini va ular o‘rtasida yuqori farq chegarasini 0,2 foiz darajasida bo‘lishiga erishilgan;
Markaziy bank obligatsiyalarini daromadliligini oshirish, depozit auksionlarini banklarning talabi hamda Markaziy bankning asosiy stavkasida o‘tkazish asosida likvidlikni jalb etish operatsiyalariga talabning qisqarishi hisobiga overnayt, REPO va SVOP operatsiyalariga talabni oshirish taklifi Aksiyadorlik tijorat «Aloqabank» aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining 2022 yil 30 iyundagi 1-sonli qarori bilan «AT Aloqabankning 2022 yilga mo‘ljallangan Biznes-rejasi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (AT «Aloqabank»ning 2023 yil 26 iyuldagi 05-04/2532-son ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida AT «Aloqabankda» regulyativ kapital miqdori 2022 yilda 2021 yilga nisbatan 7,3 foizga oshgani holda, 1 yildan ortiq muddatdagi aktivlarning brutto aktivlar hajmidagi salmog‘i 1,8 foizli punktga pasayishiga erishilgan;
tijorat banklarida likvidli aktivlarning sof chiqimga nisbatan o‘sishining maqbul diapazoni (14,0%≤MD≤16,0%)ni ta’minlash asosida likvidlikni qoplash meʼyori koeffisienti darajasini oshirish taklifi Aksiyadorlik tijorat «Aloqabank» aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining 2022 yil 30 iyundagi 1-sonli qarori bilan «AT Aloqabankning 2022 yilga mo‘ljallangan Biznes-rejasi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (AT «Aloqabank»ning 2023 yil 26 iyuldagi 05-04/2532-son ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida AT «Aloqabankda» likvidlilikni qoplash meʼyori koeffisienti 2022 yilda 2021 yilga nisbatan 1,16 punktga oshgan;
tijorat banklarining foizli daromadlari va foizli xarajatlari o‘rtasidagi barqaror nisbatni pasaytirish, qisqa muddatli majburiyatlarni yuqori likvidli aktivlarga joylashtirishni kengaytirish asosida aktivlar rentabelligi va foizli marja darajasini o‘stirish orqali tijorat banklari faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish taklifi Aksiyadorlik tijorat «Aloqabank» aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining 2022 yil 30 iyundagi 1-sonli qarori bilan «AT Aloqabankning 2022 yilga mo‘ljallangan Biznes-rejasi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (AT«Aloqabank»ning 2023 yil 26 iyuldagi 05-04/2532-son ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida AT «Aloqabankda» 2022 yilda 2021 yilga nisbatan aktivlarning rentabelligi 0,7 foizli punktga o‘sgan holda, foizli marjaning miqdori 23,8 foizga oshgan.