G’iyosov Azizbek A’zamovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xufiyona daromadlar ko‘lamini qisqartirishda soliq ma’murchiligining konseptual asoslarini takomillashtirish», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Iqt450.
Ilmiy maslahatchi: Toshmatov Shuxrat Amonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xaydarov Nizamiddin Xamraevich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Po‘latov Dilshod Haqberdievich; iqtisodiyot fanlari doktori, Xamidulin Mixail Borisovich.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotda xufiyona daromadlar ko‘lamini qisqartirishda soliq ma’murchiligini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ish haqi fondiga nisbatan soliqlar yukining hududlardagi nominal ish haqlariga nisbatan muvofiqlashtirish maqsadida ayrim hududlarda ish beruvchilarga xodimlar bilan mehnat shartnomasi tuzgan holda qonuniy faoliyat yuritishlari uchun ijtimoiy soliq va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soliqlari stavkalarini 12 foizdan 1 foizgacha pasaytirish taklifi asoslangan;
xodimlarni qonuniy rasmiylashtirish darajasini oshirish maqsadida norasmiy ishchilarni yollash xavfi yuqori bo‘lgan iqtisodiyotning ayrim sohalarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalarga mehnatga haq to‘lash fondiga nisbatan ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz miqdorida belgilash orqali qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish va to‘lanayotgan xufiyona ish haqlarini ochiqlash taklifi asoslangan;
haqiqatda ishlayotgan xodimlarni soliq hisobotlarida yashirgan subʼektlarning mas’uliyatini oshirish hamda mazkur qoidabuzarliklarni malakalashdagi muammolarni bartaraf etish maqsadida mavjud ma’muriy choralarni bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari, yil davomida takror sodir etilgan taqdirda 20 baravari miqdorida qatʼiylashtirish taklifi asoslangan;
majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi, import qiluvchi va sotuvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzib, xufiyona aylanmani amalga oshirgan subʼektlarga nisbatan oxirgi chorak sof tushumi miqdorida moliyaviy choralarni belgilash taklif etilgan;
majburiy raqamli markirovkalash tatbiq etiladigan tovarlar aylanmasini amalga oshiruvchilar tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar uchun mansabdor shaxslariga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida ma’muriy javobgarlik choralarini qo‘llash taklifi ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xufiyona daromadlar ko‘lamini qisqartirishda soliq ma’murchiligini takomillashtirishning konseptual asoslari bo‘yicha olingan ilmiy izlanishlar asosida:
ish haqi fondiga nisbatan soliqlar yukining hududlardagi nominal ish haqlariga nisbatan muvofiqlashtirish maqsadida ayrim hududlarda ish beruvchilarga xodimlar bilan mehnat shartnomasi tuzgan holda qonuniy faoliyat yuritishlari uchun ijtimoiy soliq va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soliqlari stavkalarini 12 foizdan 1 foizgacha pasaytirish taklifi Soliq kodeksining 4802-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022 yil 14 noyabrdagi 19/2-148415-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifni inobatga olinishi natijasida, respublikaning ayrim hududlarida, xususan Farg‘ona viloyatining chekka tumanlarida mehnat faoliyatini amalga oshirish chog‘ida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hamda yuridik shaxslar uchun (byudjet tashkilotlaridan tashqari) mehnatga haq to‘lash fondiga nisbatan to‘lanadigan ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdorida qo‘llanilishi ishlovchi xodimlar va ularning daromadlarini ochiqlashga erishilgan;
xodimlarni qonuniy rasmiylashtirish darajasini oshirish maqsadida norasmiy ishchilarni yollash xavfi yuqori bo‘lgan iqtisodiyotning ayrim sohalarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalarga mehnatga haq to‘lash fondiga nisbatan ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz miqdorida belgilash orqali qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish va to‘lanayotgan xufiyona ish haqlarini ochiqlash taklifi Soliq kodeksining 483-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022 yil 14 noyabrdagi 19/2-148415-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida, chakana savdo va umumiy ovqatlanish, mehmonxona, avtotransportda yo‘lovchi va yuk tashish, avtotransportlarga texnik, kompyuter hamda maishiy texnikani ta’mirlash xizmatlarini ko‘rsatuvchi sub’ektlar tomonidan ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz miqdorida to‘lash tartibi belgilanishi, 2022 yilga nisbatan 2023 yildagi ishchilar sonini 34,7 ming nafarga hamda ish haqi fondini 3,7 trln.so‘mga ortishi hisobidan yo‘qotilgan mablag‘ni jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bazasini 3,2 baravarga kengaytirish orqali qoplanishiga erishilgan;
haqiqatda ishlayotgan xodimlarni soliq hisobotlarida yashirgan subʼektlarning masʼuliyatini oshirish hamda mazkur qoidabuzarliklarni malakalashdagi muammolarni bartaraf etish maqsadida mavjud ma’muriy choralarini bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari, yil davomida takror sodir etilgan taqdirda 20 baravari miqdorida qatʼiylashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 11 martdagi “Soliq ma’muriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-758-son Qonuniga muvofiq kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1755-moddasida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022 yil 14 noyabrdagi 19/2-148415-sonli dalolatnomasi va Toshkent shahar soliq boshqarmasining 2023 yil 13 iyuldagi 27-133241-sonli ma’lumotnomasi) Mazkur taklifning inobatga olinishi natijasida, soliq to‘lovchilarga mehnatga haq to‘lash fondiga soliqlar bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlar bilan birga mazkur yo‘nalishda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yganlarga nisbatan choralarning ta’sirchanligi oshirilib, birgina Toshkent shahrida 2023-yilda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7 000 nafardan ortiq xodimlar bilan mehnat shartnomalari rasmiylashtirilgan;
majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi, import qiluvchi va sotuvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzib, xufiyona aylanmani amalga oshirgan subʼektlarga nisbatan oxirgi chorak sof tushumi miqdorida moliyaviy choralarni belgilash bo‘yicha taklifi Soliq kodeksining 2271-moddalarida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022 yil 14 noyabrdagi 19/2-148415-sonli dalolatnomasi va Toshkent shahar soliq boshqarmasining 2023 yil 13 iyuldagi 27-133241-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida, “Raqamli markirovka” tizimida ishtirokchilar tomonidan 2024 yil 1 yanvar holatiga 59,9 ming dona yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,8 baravarga ko‘p mahsulot turi “raqamli markirovka” katalogiga kiritilib, qariyb 4,1 mlrd.dona markirovkalangan tovarlar ishlab chiqarilgan;
majburiy raqamli markirovkalash tatbiq etiladigan tovarlar aylanmasini amalga oshiruvchilar tadbirkorlik subʼektlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar uchun mansabdor shaxslariga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida ma’muriy javobgarlik choralarini qo‘llash taklifi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 166-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022 yil 14 noyabrdagi 19/2-148415-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida, ushbu tizimda faoliyat ko‘rsatuvchi sub’ektlar mansabdorlarining mas’uliyatini tartibga solish barobarida “Raqamli markirovka” tizimida ishtirokchi sifatida ro‘yxatdan o‘tishni jadallashtirib, ularning sonini 2024 yil 1 yanvar holatiga 48,6 mingtaga yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 104 baravarga ortishi orqali xufiyona aylanma faoliyatdan olingan daromadlar ko‘lamini qisqartirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish