Ishanxodjaeva Dildora Aleksandrovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Turizm sohasida davlat-xususiy sherikchilik mexanizmlarini joriy etishda mehnat munosabatlari transformatsiyasi», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.I.PhD/Iqt3857.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni: Abduraxmanov Kalandar Xodjaevich, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademiki, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01
Rasmiy opponentlar: Umurzakov Baxodir Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Eshtaev Alisher Abduganievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turizm sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etishda mehnat munosabatlari transformatsiyasi bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mehnat munosabatlari transformatsiyasi jarayonida turizm sohasiga DXSh mexanizmlarini joriy etish va turistik oqim past bo‘lgan xorijiy mamlakatlardan turistik oqim darajasini ekologik, madaniy meros, gostra-nomik turizm xizmatlarni maxallarning keng ishtirokida rivojlantirish, kasbiy assotsiatsiya va uyushmalarni rivojlantirish, inkubatorlar va startap akseleratorlarni jadallashtirish kabilarga ko‘ra oshirish asoslanib, shunga ko‘ra turizm sub’ektlari faoliyatin rag‘batlantirish taklif etilgan;
inklyuziv turizmni nogironligi bo‘lgan shaxslarning sayohat qilishlari uchun qulay muhit va to‘siqsiz harakatlanishida zarur infratuzilma yaratish va yuqori turistik salohiyatli hududlarda har yili ming nafar nogironlarni bepul qabul qilish kabilarga ko‘ra rivojlantirish asoslangan;
yoshlarning turizm sohasida tadbirkorlik tashabbuslarini davlat tomoni-dan qo‘llab-quvvatlash asosida turizm sohasidagi mehnat faoliyati jozibadorligini oshirish, tizimni takomillashtirishda har bir yosh tashabbus-korga davlat byudjetidan 50 mln. so‘m miqdorida grant ajratish amaliyotini yo‘lga qo‘yishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
turizm sohasi va professional ta’limning samarali hamkorligida DXSh integratsion yondashuvi maqsadli investisiyalarni mehnat bozorining istiqbol talablariga ko‘ra ta’limiga kiritish, ta’limni rag‘batlantirish va ishga joylashtirishni qo‘llab-quvvatlash kabilarga ko‘ra takomllashtirilgan hamda soha hududiy tashkilotlari xodimlarini samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida qo‘shimcha rag‘batlantirish taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda turizm sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etishda mehnat munosabatlari transformatsiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turizm sohasiga DXSh mexanizmlarini joriy etish va mehnat munosa-batlari transformatsiyasi jarayonida turistik oqim past bo‘lgan xorijiy mamlakatlardan turistik oqim darajasini ekologik, madaniy meros, gostra-nomik turizm xizmatlarni maxallarning keng ishtirokida rivojlantirish, kasbiy assotsiatsiya va uyushmalarni rivojlantirish, inkubatorlar va startap akseleratorlarni jadallashtirish kabilarga ko‘ra oshirish, va shunga ko‘ra turizm sub’ektlari faoliyatin rag‘batlantirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 27 iyuldagi PQ–238-son “Turizm yo‘na-lishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 9 maydagi 03-12-17-2881-son ma’lumotnomasi). Taklif turoperatorlar tomonidan turistik oqim past bo‘lgan xorijiy mamlakatlardan keladigan turislar oqimini oshirishga hamda olib kelingan har bir turist uchun Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda 20-100 AQSh dollari miqdorida rag‘batlantiruvchi subsidiyalar ajratish amaliyotini joriy etishga muayyan darajada xizmat qilgan;
inklyuziv turizmni nogironligi bo‘lgan shaxslarning sayohat qilishlari uchun qulay muhit va to‘siqsiz harakatlanishida zarur infratuzilma yaratish va yuqori turistik salohiyatli hududlarda har yili ming nafar nogironlarni bepul qabul qilish kabilarga ko‘ra rivojlantirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 27 iyuldagi PQ–238-son “Turizm yo‘nalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 9 maydagi 03-12-17-2881-son ma’lumotnomasi). Taklif turizmning ijtimoiy yo‘naltirilganlik ahamiyatini yanada oshirish, inklyuziv turizmni mazmunan boyitish va turoperatorlik faoliyati samaradorligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
turizm sohasida yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini davlat tomoni-dan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishda har bir yosh tashabbus-korga davlat byudjetidan 50 mln. so‘m miqdorida grant ajratish amaliyotini yo‘lga qo‘yishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respub-likasi Prezidentining 2022 yil 15 yanvardagi PF–52-son “Turizm, madaniyat, madaniy meros va sport sohalarini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 2024 yil 9 maydagi 03-12-17-2881-son ma’lumot-nomasi). Taklif turizm va madaniy meros sohalarida yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yo‘lga qo‘yish asosida turizm xizmatlarini sifat jihatan rivojlantirish va xizmatlar samaradorligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
turizm sohasi va professional ta’limning samarali hamkorligida DXSh integratsion yondashuvi maqsadli investisiyalarni mehnat bozori istiqbol talablariga ko‘ra ta’limga kiritish, ta’limni rag‘batlantirish va ishga joylashtirishni qo‘llab-quvvatlash kabilarga ko‘ra takomllashtirish hamda soha hududiy tashkilotlari xodimlarini samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida qo‘shimcha rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 15 yanvardagi PF–52-son “Turizm, madaniyat, madaniy meros va sport sohalarini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 9 maydagi 03-12-17-2881-son ma’lumotnomasi). Taklif turizm sohasi va professional ta’lim tizimlarinining DXSh doirasida samarali hamkorligini ta’minlashda xususiy sektor ishtrokini sezilarli darajada oshirish va hududiy bo‘linmalar xodimlari faoliyati natijadorligini ko‘tarishga muayyan darajada xizmat qilgan.