Opaev Baymurat Abdreshitovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi elon
I.Umumiy malumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘istonda qozilar sudi tarixi (1811-1928 yillar)”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tar627
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Djumashev Asqar Mambetovich tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpoq bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
lmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi, unvoni:Sulaymanov Salamat Arepbaevich- tarix fanlari doktori (DSc), dotsent; Bekimbetov Baxadir Mirzabaevich tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Etakshi tashkilot: Urganch davlat universiteti tarix kafedrasi.
II. Tadqiqotning maqsadi 1811-1928-yillarda Qoraqalpogʻistonda qozilar sudi tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Qoraqalpoqlarda qozilar maktabi Xiva xonligi ta’sirida yuzaga kelib, qoraqalpoqlar Buxoro, Xiva va boshqa katta shaharlarda shariat, fiqh bilimdonlari sifatida nom chiqarib, garchi qozilik nasldan – naslga o’tishi mumkin bo’lmasa-da, adolatliligi va bilimi bilan xalq orasida obro’ga erishgan qozilar shajarasiga ega bo’lgan oila vakillari tayinlanib kelganligi aniqlangan;
Qozilar faoliyat olib borgan hududlarda erga egalik shakli, iqtisodiyot turi va aholining turmush tarzi, soliq va mehnat majburiyatlarini tizimi ko’rsatilib, Qoraqalpog‘istondagi qoziliklar o’rtasida hududiy xususiyatlar mavjudligi dalillangan;
Rossiya imperiyasi bosib olganidan keyingi davrda esa qozilar oldingidek yuqoridan tayinlanmay saylovlar orqali qo’yilsa ham qozilikka nomzodlarning Amudaryo bo’limining boshqaruvchisi tomonidan ko’rib chiqilishi va tasdiqlanishi shariatni yaxshi biladigan qozilikka munosib bo’lgan insonlarning emas podsho ma’muriyatiga ma’qul kelgan insonlarning saylanishiga olib kelganligi isbotlangan;
Amudaryo bo’limida qozilarning saylov orqali qo’yilishi, saylovdagi adolatsizliklar, shaxsiy manfaatlar asosida shariatni to’liq o’zlashtirmagan amaldorlarning qozilikka tayinlanishi natijasida qozilik sudlarida poraxo’rlik, adolatsizlik ko’payib, qozilarga bo’lgan ishonchsizlikni kuchayishiga sabab bo’lganligi asoslangan.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati Xiva xonligi hamda Turkiston general-gubernatorligining Amudaryo bo’limidagi boshqaruv tizimiga tegishli rasmiy-huquqiy xarakterga ega bo’lgan tarixiy hujjatlar va qo’lyozma manbalardagi mavzuga oid ma’lumotlarning muomalaga kiritilishi asosida XIX asr va XX asr boshlaridagi ijtimoiy hayotiga oid yangicha qarashlar bilan boyitishi mumkinligi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati shundaki, undagi ma’lumotlardan shariat sudi, xususan, Xiva xonligi va Amudaryo bo’limi an’anaviy sud sohasini tashkil etuvchi qozilar va biylar faoliyati, mazkur sud tizimining mahalliy aholining siyosiy-huquqiy hayotida tutgan o’rnini o’rganishga doir darslik, monografiya, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va ma’ruzalar tayyorlashda foydalanish mumkin.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
Qoraqalpog‘istondagi qozilar sudi, qozixonalar va ulardagi mansablar (mufti, katib h.t.b) faoliyati mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ta’sirga ega ekanligi yoritilgan, o’quvchida tarixiy ongning shakllanishiga, huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qiladigan jihatlar aniqlangan;
Qoraqalpog‘iston hududida topilgan arab-fors, eski o’zbek va qoraqalpoq tilida yozilgan qozilik hujjatlar, muhrlar o’rganilishi, hujjatlarini ilmiy muomalaga kiritilishi asosida yuridik lug‘at yaratishda foydalanish uchun mumkin bo’lgan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston qozilar sudi tarixini tizimli o’rganish asosida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar, natijalar va amaliy tavsiyalar quyidagi tarzda joriy etildi:
Qoraqalpoqlarda qozilar maktabi Xiva xonligi ta’sirida yuzaga kelib, qoraqalpoqlar Buxoro, Xiva va boshqa katta shaharlarda shariat, fiqh bilimdonlari sifatida nom chiqarib, garchi qozilik nasldan – naslga o’tishi mumkin bo’lmasa-da, adolatliligi va bilimi bilan xalq orasida obro’ga erishgan qozilar shajarasiga ega bo’lgan oila vakillari tayinlanib kelganligi bo’yicha natijalaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat teleradiokompaniyasi ijodiy jamaosi tomonidan tayyorlangan «Tariyximizdi uyrenemiz», «Qaraqalpaqstan hawazi» radio eshittirishlarini tayyorlashda foydalanildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 3-iyuldagi 05.22./327-son ma’lumotnoma). Radio eshittirishlar natijasida aholi XIX asr oxiri XX asr boshlarida qoraqalpoq jamiyatidagi sud sohasiga tegishli bo’lgan iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy jarayonlar to’g‘risidagi tasavvurlarini kengayishiga xizmat qilgan.
Qozilar faoliyat olib borgan hududlarda erga egalik shakli, iqtisodiyot turi va aholining turmush tarzi, soliq va mehnat majburiyatlarini tizimi ko’rsatilib, Qoraqalpog‘istondagi qoziliklar o’rtasida hududiy xususiyatlar mavjudligiga oid natijalaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati muzeyi fondlarida saqlanayotgan nodir nashrlar va qo’lyozmalar ekspozisiyasini tashkil etishda foydalanildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati muzeyining 2023-yil 26-iyundagi 229-son ma’lumotnoma). Dissertasiya natijalarining muzeyga joriy qilinishi mazkur muzeyga tashrif buyuruvchilarga XIX asr va XX asr boshlaridagi Markaziy Osiyo, Qoraqalpog‘iston aholisining iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotida sud tizimining tutgan o’rni haqida batafsil ma’lumot olish imkonini berdi.
Rossiya imperiyasi bosib olganidan keyingi davrda esa qozilar oldingidek yuqoridan tayinlanmay saylovlar orqali qo’yilsa ham qozilikka nomzodlarning Amudaryo bo’limining boshqaruvchisi tomonidan ko’rib chiqilishi va tasdiqlanishi shariatni yaxshi biladigan qozilikka munosib bo’lgan insonlarning emas podsho ma’muriyatiga ma’qul kelgan insonlarning saylanishiga olib kelganligi bo’yicha natijalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan P3-20170915198 – «Qoraqalpoq jamiyatida ijtimoiy ko’rsatmalarning transformasiyasi: tarix va amaliyot» (2018-2020-yillar) mavzusidagi amaliy loyihasining XX asrning birinchi yarmidagi qoraqalpoq xalqining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va huquqiy tarixiga tegishli bo’limini bajarishda foydalanilgan (O’zbekiston Respublikasi fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo’limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 17-iyuldagi 289/1 son ma’lumotnomasi).
Amudaryo bo’limida qozilarning saylov orqali qo’yilishi, saylovdagi adolatsizliklar, shaxsiy manfaatlar asosida shariatni to’liq o’zlashtirmagan amaldorlarning qozilikka tayinlanishi natijasida qozilik sudlarida poraxo’rlik va adolatsizlik ko’payib, qozilarga bo’lgan ishonchsizlikning kuchayishiga sabab bo’lganligiga oid Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2021-202Z yillarda bajarilgan “Qoraqalpog‘istonda siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy, madaniy jarayonlarning tarixiy retrospektivasi (1946-1991 yillar)” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasining Qoraqalpog‘istonning sud tarixiga tegishli bo’lgan masalalarini o’rganishda muhim nazariy manba sifatida foydalanildi.