Reymbaev Rustem Sarsenbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘istonda kutubxonachilik ishi tarixi (1919-1991 yy.)”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2023.2.PhD/Tar99
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Shamambetov Berdambet – tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi, unvoni:
Nurjanov Sabit Uzakbaevich - tarix fanlari doktori (DSc), katta ilmiy xodim.
Qudiyarov Alisher Ramatullaevich- tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Etakshi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali.
II. Tadqiqotning maqsadi: 1919-1991-yillardagi Qoraqalpogʻiston kutubxona muassasalari tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. XX asr boshlarigacha masjid va madrasalar qoshidagi mavjud bo’lgan an’anaviy kutubxonalarning aksariyati sovet hokimiyatining dastlabki yillarida “eskilik sarqiti” sifatida tugatilishi bilan Petro-Aleksandrovskda 1907-yil rus ma’muriyati tarafidan ochilgan kutubxona dastlabki zamonaviy muassasa sifatida Qoraqalpog‘istonda ommaviy kutubxonachilik ishini rivojlantirish uchun asos qilib olinganligi dalillangan;
Qoraqalpog‘istonda 1920-1930-yillar kutubxonachilik ishining rivojlanishi aholi orasida savodsizlikni tugatish masalasi bilan chambarchas bog‘liq bo’lib, kitob jamg‘armasi tashviqot va targ‘ibot adabiyotlari hisobidan to’ldirilishi ular faoliyati ustidan davlat nazoratining kuchaytirilishi ushbu ma’naviy-ma’rifiy muassasalarini sovet hokimiyatining jamiyatga mafkuraviy tazyiq o’tkazishning eng muhim vositasi sifatida xizmat qilganligi aniqlangan;
1950-yillarning oxiriga kelib, Qoraqalpog‘istonda  kutubxonalar uchun ixtisoslashtirilgan binolar, moddiy-texnik jihozlar, maxsus kutubxona ma’lumotiga ega kadrlar etishmasligi sharoitida kutubxonalar faoliyatiga e’tiborning qaratilishi kutubxonalar soni ko’payishi, yangi binolar qurilishi, kadrlar salohiyati mustahkamlanishi, ishning yangi shakllarini (ko’chma kitob javonlari, ixtiyoriy asosda kutubxonalar tashkil etish, kitob tarqatuvchilarni jalb qilish va b.) joriy qilishga imkon berganligi ochib berilgan;
1980-yillarga kelib kitob fondi, kitobxonlar soni ortib borib, xodimlarni ko’paytirish ehtiyoji ortgan bo’lsa-da, kutubxona xizmati moddiy-texnika bazasi nochorligi, kapital ta’mirga muhtoj bo’lgan tor, nam binolarda joylashganligi, Qoraqalpoq tilidagi adabiyotlarning kamligi kitobxonlarga xizmat ko’rsatish va kutubxonalarning to’laqonli faoliyatida qiyinchiliklar kuzatilishiga hamda kutubxonalar tarmog‘iga aholining qamrovi past bo’lishiga olib kelganligi dalillangan.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati 1919-1991-yillarida kutubxonalar tarixini o’rganilishi asnosida kutubxonachilik sohasining holati va rivojlanish darajasini ko’rsatuvchi katta hajmdagi daliliy materiallar tizimlashtirilgan.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati ushbu zamonaviy talablarni hisobga olgan holda kutubxona tarmog‘ini takomillashtirish, yosh avlodning intellektual ehtiyojlarini qondirishga, madaniy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni saqlab qolishga yo’naltirilgan prinsipial yangi axborot-kutubxonachilik markazini tashkil etish, shuningdek, aholi orasida kitobxonlik madaniyatini joriy etish vazifalarining amalga oshirilishiga xizmat qilishi bilan belgilanadi.
Tadqiqotning amaliy natijalari Qoraqalpog‘iston kutubxonachiligi tarixi bo‘yicha nazariy, uslubiy va tarixnavislik tadqiqotlari muammolarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan;
Qoraqalpog‘istonda kutubxonachilik tarixini o‘rganish asosida aniqlangan tarixiy an’ana va tajribalardan Qoraqalpog‘iston madaniy-ma’rifiy muassasalari tarixi, bakalavriat va magistrlar uchun o‘quv dasturlari va ma’ruzalarni tayyorlashda ham foydalanish mumkin.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. 1919-1991-yillarda Qoraqalpog‘istonda kutubxonachilik tarixini o’rganish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar asosida:
XX asr boshlarigacha masjid va madrasalar qoshidagi mavjud bo’lgan an’anaviy kutubxonalarning aksariyati sovet hokimiyatining dastlabki yillarida “eskilik sarqiti” sifatida tugatilishi bilan Petro-Aleksandrovskda 1907-yil rus ma’muriyati tarafidan ochilgan kutubxona dastlabki zamonaviy muassasa sifatida Qoraqalpog‘istonda ommaviy kutubxonachilik ishini rivojlantirish uchun asos qilib olinganligiga oid natijalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining ilmiy-ommabop ko’rsatuvlari va eshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2023-yil 26-iyuldagi 05-22/361-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari yoshlarda kitob va kitobxonlik madaniyatini oshirish va targ‘ib qilish bo’yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari mazmunini oshirishga imkon bergan;
Qoraqalpog‘istonda 1920-1930-yillar kutubxonachilik ishining rivojlanishi aholi orasida savodsizlikni tugatish masalasi bilan chambarchas bog‘liq bo’lib, kitob jamg‘armasi tashviqot va targ‘ibot adabiyotlari hisobidan to’ldirilishi ular faoliyati ustidan davlat nazoratining kuchaytirilishi ushbu ma’naviy-ma’rifiy muassasalarini sovet hokimiyatining jamiyatga mafkuraviy tazyiq o’tkazishning eng muhim vositasi sifatida xizmat qilganligi bo’yicha natijalardan O’zR FA QQB QGFITIning «Transformatsiya sotsialnix ustanovok v karakalpakskom obshestve: istoriya i praktika» PZ-20170915198-sonli fundamental loyihasini amalga oshirishda qo’llanilgan (O’zR FA QQB Qoraqalpog‘iston Gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 3-iyuldagi 269/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar XX asrda Qoraqalpog‘iston hududida kutubxonalar tarmog‘ining shakllanishi va ularning sovet davrida targ‘ibot-tashviqot faoliyatidagi o’rnini ochib berishga xizmat qilgan;
1950-yillarning oxiriga kelib, Qoraqalpog‘istonda  kutubxonalar uchun ixtisoslashtirilgan binolar, moddiy-texnik jihozlar, maxsus kutubxona ma’lumotiga ega kadrlar etishmasligi sharoitida kutubxonalar faoliyatiga e’tiborning qaratilishi kutubxonalar soni ko’payishi, yangi binolar qurilishi, kadrlar salohiyati mustahkamlanishi, ishning yangi shakllarini (ko’chma kitob javonlari, ixtiyoriy asosda kutubxonalar tashkil etish, kitob tarqatuvchilarni jalb qilish va b.) joriy qilishga imkon berganligiga oid natijalardan Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialining “Kutubxona-axborot faoliyati (kutubxonachilik va bibliografiya)” yo’nalishi bo’yicha “Kutubxona-axborot xizmati: nazariyasi va amaliyoti”, “Kutubxona-axborot faoliyatini boshqarish”, “Bibliografiyashunoslik”, “Kutubxona fondlari va kataloglari”, “Kutubxona-axborot faoliyatining meyoriy-huquqiy asoslari” umum-kasbiy fanlari bo’yicha o’quv rejalari va ma’ruzalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasining madaniyat vazirligining 2023-yil 11-iyul 2-02/1016-sonli ma’lumotnomasi). Olingan natijalar umumkasbiy fanlar bo’yicha materillarini Qoraqalpog‘istonda kutubxonachilik ishiga oid yangi faktik manbalar asosida yoritishga xizmat qilgan.
1980-yillarga kelib kitob fondi, kitobxonlar soni ortib borib, xodimlarni ko’paytirish ehtiyoji ortgan bo’lsa-da, kutubxona xizmati moddiy-texnika bazasi nochorligi, kapital ta’mirga muhtoj bo’lgan tor, nam binolarda joylashganligi, Qoraqalpoq tilidagi adabiyotlarning kamligi kitobxonlarga xizmat ko’rsatish va kutubxonalarning to’laqonli faoliyatida qiyinchiliklar kuzatilishiga hamda kutubxonalar tarmog‘iga aholining qamrovi past bo’lishiga olib kelganligi bo‘yicha natijalardan muzey ekspozisiyalarini boyitishda foydalanilgan (O‘zR Madaniy meros agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniy meros boshqarmasining  2023-yil 27-noyabrdagi 369/2-sonli ma’lumotnomasi). Natijalarni qo‘llanilishi muzeyga tashrif buyuruvchilarning  sovet davridagi kutubxonalar faoliyatiga oid qarashlarini kengaytirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish