Xalimov Firdavs Abduhafizovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XIX asr oxiri – XX asr boshlarda Turkiston o‘lkasida vaqf mulklarini boshqarish shakli va uslublari”, 24.00.01 – Islom tarixi va manbashunosligi (islomshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Isl91.
Ilmiy rahbar: Bekmirzaev Ilhomjon Isroiljonovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Mo‘minov Ashurbek Kurbanovich, tarix fanlari doktori, professor; Namozov Bobur Baxrievich, tarix fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasida vaqf mulklarini boshqarish shakli va uslublarining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Turkistonda vaqf hisobiga kambag‘al va muhtoj insonlarni qo‘llab-quvvatlashdan tashqari keng ko‘lamda ilm ahlini qo‘llab-quvvatlash, talabalarga yotoqxonalar barpo etish, masjid-madrasalar, ko‘priklar qurilishi, hammomlar, ariqlar tozalanishi, quduqlar qazilishi singari ishlarning amalga oshirilishi orqali Vaqf (الوقف)ning faqatgina xayriya tashkiloti emas, balki jamiyatni rivojlantiruvchi institut sifatida shakllangani dalillangan;
yurtimiz musulmonlarining Makkai mukarrama va Madinai munavvaraga bo‘lgan muhabbat va e’tiborlari sababli bu erlarga vaqflar berish jarayonlarining jadallashuvi natijasida “Buxorocha vaqf” (Makka va Madinadaga maxsus vaqflarning ajratilishi) shakllanishi hamda ularni boshqarish bilan shug‘ullanadigan maxsus davlat organi – “Haramayn vaqf” (وقف الحرامين)i tashkil etilgani 1896-1919 yillarda Buxoroda yozilgan hujjatlar asosida ochib berilgan;
1867-1924 yillarga taalluqli Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklari tarixiga oid 1420 ga yaqin vaqfnomalar o‘rganilishi natijasida vaqflar nafaqat erlar, karvonsaroy, do‘kon, hammom, tegirmon, juvozxona va boshqa ko‘chmas mulklar ekanligi, balki pul va kitoblar ham vaqf mulki sanalgani dalillangan;
qadim Movarounnahrda aholi tomonidan Makka va Madinadagi islomning muqaddas maskanlariga pul ko‘rinishidan tashqari buyum va anjomlar, yozuv ashyolari va kitob singari vositalarni vaqf qilish an’anasi hozirda ikki muqaddas masjidga asosan Qur’oni karimni (القرآن الكريم) taqdim etish shaklida saqlanib qolingani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Turkistonda vaqf hisobiga kambag‘al va muhtoj insonlarni qo‘llab-quvvatlashdan tashqari keng ko‘lamda ilm ahlini qo‘llab-quvvatlash, talabalarga yotoqxonalar barpo etish, masjid-madrasalar, ko‘priklar qurilishi, hammomlar, ariqlar tozalanishi, quduqlar qazilishi singari ishlarning amalga oshirilishi orqali Vaqf (الوقف)ning faqatgina xayriya tashkiloti emas, balki jamiyatni rivojlantiruvchi institut sifatida shakllanganiga doir ilmiy ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasidagi qadimiy yozma manbalar davlat reestrining birinchi, ettinchi jildlarida va 2018-yil 16-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tashkil etilgan musulmonlar idorasi tassarufidagi "Vaqf" fondining vaqf mulkidan topilgan foydani tasarruf etish va boshqarishni kengaytirishning nazariy masalalarini ishlab chiqishda keng foydalanilgan (Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 16.05.2024 dagi 02-02/1625 sonli ma’lumotnomasi). Natijada vaqf institutining nodavlat-notijorat tashkilotlar tizimida tutgan o‘rni, farqli va bog‘liq jihatlari ajratilishiga xizmat qilgan;
Yurtimiz musulmonlarining Makkai mukarrama va Madinai munavvaraga bo‘lgan muhabbat va e’tiborlari sababli bu erlarga vaqflar berish jarayonlarining jadallashuvi natijasida “Buxorocha vaqf” (Makka va Madinadaga maxsus vaqflarning ajratilishi) shakllanishi hamda ularni boshqarish bilan shug‘ullanadigan maxsus davlat organi – “Haramayn vaqf” (وقف الحرامين)i tashkil tilgani 1896-919 yillarda Buxoroda yozilgan hujjatlar asosida ochib berilganiga doir ilmiy ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasidagi qadimiy yozma manbalar davlat reestrining sakkizinchi jildida foydalanilgan (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazining 13.05.2024 dagi 02/201sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar o‘quvchilar uchun uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishga hizmat qilgan;
1867-1924 yillarga taalluqli Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklari tarixiga oid 1420 ga yaqin vaqfnomalar o‘rganilishi natijasida vaqflar nafaqat erlar, karvonsaroy, do‘kon, hammom, tegirmon, juvozxona va boshqa ko‘chmas mulklar ekanligi, balki pul va kitoblar ham vaqf mulki sanalganiga doir ilmiy xulosalar faqihlar rukni ostida nashr qilinayotgan “Vaqf tarixi va uning takomillashuv bosqichlari” kabi kitoblar mazmuniga singdirilgan (Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 20.05.2024 dagi 01/54 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashrga tayorlangan “Moturidiylik ta’limoti ensiklopediyasi” maqolalarini ilmiy hamda mazmun jihatidan boyitishda foydalanilgan;
qadim Movarounnahrda aholi tomonidan Makka va Madinadagi islomning muqaddas maskanlariga pul ko‘rinishidan tashqari buyum va anjomlar, yozuv ashyolari va kitob singari vositalarni vaqf qilish an’anasi hozirda ikki muqaddas masjidga asosan Qur’oni karimni (القرآن الكريم) taqdim etish shaklida saqlanib qolinganiga doir ilmiy ma’lumotlar “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-5186-son qaroriga 1-ilova “Jahon ilm-fani taraqqiyoti va sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan ajdodlar ilmiy merosini tadqiq qilish hamda yangi yuksalish davridagi yutuqlarni targ‘ib qilish bo‘yicha “YO‘l xaritasi”ga kiritilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 13.05.2024 dagi 02-03/1214 sonli ma’lumotnomasi). Natijada “Yo‘l xaritasi”ning yo‘nalishiga kiritilgan ilmiy xulosalar “Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari”ga oid qismning 18-bandi “Ajdodlar merosi — ibrat va tarbiya manbai” mavzusida amalga oshirilgan targ‘ibot ishlarida hamda ziyorat turizmining ilmiy asoslari bo‘yicha etarli nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega gid-tarjimonlarni tayyorlash hamda ularning malakasini tizimli oshirib borishga xizmat qilgan.