Israilova Shaxnaza Tolkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ijtimoiy munosabatlarni axloqiy-huquqiy tartibga solishda adolatning ahamiyati», 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (etika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fal937.
Ilmiy rahbar: Agzamxodjaeva Saida Sabitxanovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Xolbekov Abdug‘ani Jumanazarovich, falsafa fanlari doktori, professor; Nurmatova Mukarram Axmedovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ijtimoiy munosabatlarda adolatni axloqiy-huquqiy me’yoriy o‘lchovga ega hodisa sifatida o‘rganib, uning mohiyatini falsafiy-axloqiy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
adolatning ijtimoiy munosabatlarda qadriyat va ijtimoiy me’yor sifatida namoyon bo‘lishi, uning axloqiy-huquqiy mazmuni hamda adolat tuyg‘usining ijtimoiy-axloqiy xususiyatlari dinamikasi ochib berilgan;
ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda adolatning ijtimoiy-kommunikativ xarakterga ega ekani, ya’ni odil sudlovni amalga oshirish shaxslar, institutlar va butun jamiyat o‘rtasidagi uzlyuksiz o‘zaro ta’sirni o‘z ichiga olishi, bu esa ijtimoiy normalarning shakllanishiga ta’sir qilishiga doir nazariyani yaratishda muammoli vaziyatlar, paradoksal yoki qarama-qarshi ssenariylarni modellashtirishning utopik va tafakkur eksperimenti yondashuvining modellari aniqlanib, ularning adolat nazariyalari uchun transformatsion ahamiyati asoslab berilgan;
odil sudlovning aksiologik jihati hamda uning huquqiy va ma’naviy qadriyatlar bilan bog‘liqligini o‘rganish orqali jamiyatda adolat qaror topganligi darajasini baholash strukturasi ochib berilib, uni ijtimoiy-ma’naviy ob’ektivizm kontekstida zamonaviy jamiyatda axloqiy va huquqiy normalarning o‘zaro ta’sirini tushunish imkoniyatlari chuqur tahlil qilingan;
adolatning aksiologik jihati tahlili asosida uning huquqiy va axloqiy qadriyatlar bilan bog‘liqligi, adolatni baholash tuzilmasi va sotsial-axloqiy ob’ektivizm doirasida adolatni tushunish imkoniyatlari ochib berilgan;
adolatning qadriyat va me’yoriy jihatlari o‘rtasidagi bog‘liqlik, adolat me’yorlari namoyon bo‘lishining makro va mikro darajalari va global polietnik jamiyatda ijtimoiy-madaniy sharoitda adolat muammosining namoyon bo‘lish xususiyatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dicceptasiyada ilgapi cupilgan ilmiy yangiliklapdan:
adolatning ijtimoiy munosabatlarda qadriyat va ijtimoiy me’yor sifatida namoyon bo‘lishi, uning axloqiy-huquqiy mazmuni hamda adolat tuyg‘usining ijtimoiy-axloqiy namoyon bo‘lish xususiyatlari dinamikasiga oid ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2023-yil 15-maydagi 01/1-1-153-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar xalqimizning, jumladan, yoshlarning huquqiy ong va madaniyatini oshirish, ularni ona Vatanga, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida, adolatli inson qilib tarbiyalash, saylovoldi dasturidagi “Adolat - har bir inson uchun!” shiorini keng targ‘ib qilish muammolarini ilmiy tahlil va monitoring qilishga qaratilgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda adolatning ijtimoiy-kommunikativ xarakterga ega ekaniga doir nazariyani yaratishda utopik va tafakkur eksperimenti yondashuvining modellari aniqlanib, ularning adolat nazariyalari uchun transformatsion ahamiyatiga doir ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2022-yilga mo‘ljallangan ish rejasi asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2023-yil 11-maydagi 02/02-26-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar partiyaning 2020-2024-yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturida o‘z oldiga elektorati va aholining huquqiy madaniyatini oshirishga, milliy tarixni xolis o‘rganish orqali adolatli tarixiy tafakkurni kengaytirishga qaratilgan vazifalari ijrosida fuqarolarda ijtimoiy faollik, vatanparvarlik, erkin fikrlash, o‘zligini anglash, milliy manfaatdorlik kabi xususiyatlarni targ‘ib qilish hamda monitoringini olib borishga xizmat qilgan;
adolatning aksiologik jihati tahlili asosida uning huquqiy va axloqiy qadriyatlar bilan bog‘liqligi, adolatni baholash tuzilmasi va sotsial-axloqiy ob’ektivizm doirasida adolatni tushunish imkoniyatlariga doir ilmiy yangiliklardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatida, jumladan O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi VI- “Xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash, keng axoli qatlamlari, ayniqsa, yoshlarimiz o‘rtasida dinlararo bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash” yo‘nalishiga oid vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 10-maydagi 02-22/418-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar Markazning yangilanayotgan jamiyatimizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hayotimizni adolatli va qonun ustuvorligi asosida shakllantirish va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish bilan bog‘liq ma’naviyat sohasidagi chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish hamda ularni samarali amalga oshirishga xizmat qilgan;
adolatning qadriyat va me’yoriy jihatlari o‘rtasidagi bog‘liqlik, adolat me’yorlari namoyon bo‘lishining makro va mikro darajalari va global polietnik jamiyatda ijtimoiy-madaniy sharoitda adolat muammosining namoyon bo‘lish xususiyatlari ko‘rsatib berilganiga doir ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2023-yil 10-maydagi 4-13-21-1238-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar Agentlikning asosiy vazifalaridan biri bo‘lgan yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ilm-fanga keng jalb etish, ularni “Adolat - qonun ustuvorligida” g‘oyasi atrofida birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash, yoshlarga oid davlat siyosati targ‘ibotini tashkil etish va amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni samarali amalga oshirishga xizmat qilgan.