Abatov Doston Ro‘zimurod o‘g‘lining
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qashqadaryo xalq dostonlari onomastikasi (Qora baxshi Umirov, Umir shoir Safarov, Qodir baxshi Rahimov dostonlari misolida)”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2363.
Ilmiy rahbar: Eshpo‘lat Jabborov, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Abuzalova Mehriniso Kadirovna, filologiya fanlari doktori, professor; Huseyin Baydemir, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.  
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo xalq dostonlarida qo‘llangan onomastik birliklarning semantik, struktur va lingvopoetik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Oyparcha”, “Nurali va Semurg‘”, “Kelinoy yoki Norguloy”, “Oychinor” va “Jorxun maston” singari dostonlar matnidagi onomastik birliklar lug‘aviy qatlamlarining sof turkiy (o‘zbek) (Ergash, Gali, To‘qson), arab (Muhammad, Mansur, Rajab), fors-tojikcha (Donish, Chori, Shodmon), aralash: arabcha+o‘zbekcha (Omongeldi, Hazratqul), arabcha+forscha (Soqibulbul, Olovxo‘ja), fors-tojikcha+arabcha (Norali, Sherali, Xo‘jamahmud), o‘zbekcha+forscha (Bekmirzo, Oyparcha, Oypari) modellardan tashkil topganligi aniqlangan;
“Oyparcha”, “Nurali va Semurg‘”, “Kelinoy yoki Norguloy”, “Oychinor” va “Jorxun maston” dostonlaridagi onomastik birliklarning yasalishida kompozisiya, usulining faolligi hamda affiksatsiya usulining nofaolligi Xol+dor (inson nomi), Gul+zor (ko‘cha nomi), Charm+gar (mahalla nomi), Gurj+iston (mamlakat nomi) Tuya+chi (qishloq nomi) (affiksatsiya usuli), Kalla+tosh, Oy+chinor, Oq+bet, Ko‘k+buloq (kompozisiya usuli) singari onomastik birliklar asosida isbotlangan;
Qashqadaryo xalq dostonlaridagi, onomastik birliklar tarkibiy tuzilishiga ko‘ra ot+ot (Konsoy, Zarchashma, Oyto‘ti), fe’l+ot (Keldiyor, Berdiyor), ot+fe’l (Xudoyberdi), sifat+ot (Oqbosh, Ko‘kbuloq), son+ot (Oltiyor) modelli qoliplardan iboratligi asoslangan;
Qashqadaryo xalq dostonlarida qo‘llanilgan onomastik birliklar, shundan 177 ta antroponim, 94 ta toponim, 4 ta etnonim, 18 ta zoonim, 6 ta astronim va boshqa tur birliklar aniqlanib, ularning turkiy (o‘zbek), arab, fors-tojik tillardagi lug‘aviy ma’nolari, nomlanish tamoyillari hamda ularning matndagi tasvirni tiniqlashtirish, onomastik metaforani shakllantirish singari lingvopoetik xususiyatlari ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qashqadaryo dostonlarida qo‘llangan onomastik birliklarni tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Oyparcha”, “Nurali va Semurg‘”, “Kelinoy yoki Norguloy”, “Oychinor” va “Jorxun maston” dostonlaridagi onomastik birliklarning lug‘aviy-ma’noviy guruhlari, yasalish usullari, grammatik tuzilishi va struktural modellari, etimologik xususiyatlari to‘g‘risidagi xulosalardan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” hamda FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot obekti sifatida” mavzularidagi fundamental va amaliy-ilmiy loyihalarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 2-iyundagi 17.01/75-son ma’lumotnomasi). Natijada onomastik birliklarning yasalish usullari, model tiplari, oddiy so‘z yasalishi hamda atab qo‘yilgan nomlarning yasalishidagi farqli jihatlarni takomillashtirish imkonini bergan;
    Qashqadaryo xalq dostonlaridagi, onomastik birliklar tarkibiy tuzilishiga ko‘ra ot+ot (Konsoy, Zarchashma, Oyto‘ti), fe’l+ot (Keldiyor, Berdiyor), ot+fe’l (Xudoyberdi), sifat+ot (Oqbosh, Ko‘kbuloq), son+ot (Oltiyor) modelli qoliplardan iboratligi asoslanganiga oid ilmiy xulosalaridan Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining “O‘zligimiz timsoli”, “Najot bilimda”, “Mening qahramonim”, “Bir osmon ostida” kabi mavzulardagi radioeshittirishlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 16-maydagi 17-05/89-son ma’lumotnomasi). Natijada keltirilgan ma’lumotlar radioeshittirishlarning mazmunli bo‘lishiga, taqdim etilgan ma’lumotlarning ilmiy manbalar bilan boyitilishiga va uni keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib etish imkonini bergan;
Qashqadaryo xalq dostonlarida qo‘llangan  onomastik birliklar,  antroponim,  toponim,  etnonim, zoonim,  astronim va boshqa tur birliklari aniqlanib, ularning turkiy (o‘zbek), arab, fors-tojik tillardagi lug‘aviy ma’nolari, tarixiy-etimologik qatlamlari, semantik xususiyatlari, nomlanish tamoyillari bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan “Qashqadaryo xalq dostonlari onomastik birliklarining qisqacha izohli lug‘ati” (ISBN 978-9910-9727-5-1)ni tayyorlashda foydalanilgan. Natijada o‘zbek tilidagi xalq dostonlari onomastik birliklarining qo‘llanilishiga aniqlik kiritilgan va lug‘atning izohli variantini yaratish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish