Mirzaraimov Sardor Taxirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Sudga qadar ish yurituvida shaxs huquqlarini cheklash mexanizmini takomillashtirish”, 12.00.09-“Jinoyat-protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi” ixtisosligi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Yu1252.
Ilmiy rahbar: Mirazov Davron Miragzamovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc. 32/30.12.2020.Yu.74.01.
Rasmiy opponentlar: Inagamdjanova Zumratxon Fatxullaevna, yuridik fanlar doktori, professor; Botaev Murod Djumanshikovich, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bezorilik jinoyatlarni tergov qilish metodikasini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bezorilik jinoyatlarini kvalifikatsiya qilishda nafaqat guruh ishtirokchilarining harakatlari, balki jinoyatchilarning har birini qilmishi natijasida yuzaga kelgan ijtimoiy xavfli oqibat alohida baholanishi shartligi asoslantirilgan;
bezorilik harakatlari ojiz ahvoldagi shaxsga nisbatan sodir etilgan deb baholanishida jabrlanuvchining o‘ziga nisbatan sodir etilgan harakatlarning xususiyatlari va mohiyatini tushunishi yoki o‘z harakatlarini boshqara olishi imkoniyatiga egaligiga e’tibor qaratish shartligi isbotlangan;
bezorilikka oid tergovga qadar tekshiruv o‘tkazishda holatga to‘g‘ri huquqiy baho berish uchun jinoyatning motivi va maqsadiga e’tibor qaratilishi shartligi asoslantirilgan;
bezorilik jinoyatlarini hisobdan yashirilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ushbu turdagi jinoyatlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruvni faqatgina oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan amalga oshirilishi lozimligi asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bezorilik jinoyatlarini kvalifikatsiya qilishda nafaqat guruh ishtirokchilarining harakatlari, balki ularning har biri natijasida yuzaga kelgan ijtimoiy xavfli oqibat alohida baholanishi shartligi to‘g‘risidagi taklifdan 2018-yil 19-maydagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining jinoyat ishlari bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 16-son Qarori 2-bandi 6-xatboshisida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2024-yil 6-maydagi 08/397-24-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi guruh tarkibida sodir etilgan bezorilik jinoyatlarini tergov qilishda kvalifikatsion adashishlarni bartaraf etish va tergov samaradorligini oshishiga huquqiy asos yaratgan;
bezorilik harakatlari ojiz ahvoldagi shaxsga nisbatan sodir etilgan deb baholanishida jabrlanuvchining o‘ziga nisbatan sodir etilgan harakatlarning xususiyatlari va mohiyatini tushunishi yoki o‘z harakatlarini boshqara olishi imkoniyatiga egaligiga e’tibor qaratish shartligi borasidagi taklifdan 2018-yil 19-maydagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining jinoyat ishlari bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 16-son Qarori 2-bandi 2-xatboshisida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2024-yil 6-maydagi 08/397-24-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi guruh tarkibida sodir etilgan bezorilik jinoyatlarini tergov qilishda kvalifikatsion adashishlarni bartaraf etish va tergov samaradorligini oshishiga huquqiy asos yaratgan;
bezorilikka oid tergovga qadar tekshiruv o‘tkazishda jinoyatning motivi va maqsadiga e’tibor qaratilishi shartligi O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2017-yil 12-iyundagi 100-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida surishtiruv va dastlabki tergovni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma»ning 8-bob, 54-bandi “b” kichik bandi 4-xatboshisini shakllantirilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2024-yil 16-maydagi 18/1121-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi bezorilikka oid jinoyatlarni tergov qilishda dalillarni yo‘qolib ketishini oldini olish, jinoyat-protsessual qonunchilikni vazifalarini o‘z vaqtida hal etish hamda tergov sifatini oshishiga xizmat qilgan;
bezorilik jinoyatlarini hisobdan yashirilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tergovga qadar tekshiruvni faqatgina oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan amalga oshirilishi lozimligi borasidagi takliflari O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2017-yil 12-iyundagi 100-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida surishtiruv va dastlabki tergovni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma»ning 8-bob, 54-bandi “a” kichik bandi 3-xatboshisini shakllantirilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2024-yil 16-maydagi 18/1121-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi bezorilikka oid ariza va xabarlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazishda muhim bo‘lgan dalillarni aynan huquqshunos surishtiruvchi va tergovchilar tomonidan sifatli olinishi va rasmiylashtirilishi, shuningdek bezorilik jinoyatining tergov qilish sifatini oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish