Almosova Shahnoza Sobirovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Jahon Savdo Tashkiloti doirasida intellektual mulk huquqlarining xalqaro-huquqiy tartibga solinishi”, 12.00.10 – Xalqaro huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Yu1259.
Ilmiy rahbar: Umarxanova Dildora Sharipxanovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/03.06.2023.Yu.22.04.
Rasmiy opponentlar: Umaraxunov Irkin Mirzaxidovich, yuridik fanlar doktori, professor; Toshev Boboqul Norqobilovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi JST doirasida savdoga oid intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini TRIPS bitimi normalari bilan muvofiqlashtirish hamda intellektual mulk huquqlari muhofazasining xalqaro va milliy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida geografik ko‘rsatkich tushunchasi ta’rifini shakllantirishda JSTning TRIPS bitimi matnidagi “reputation” so‘zining ma’nosini beruvchi “tanilganligi” yoki “nom qozonganligi” so‘zi qo‘llanilishi kerakligi asoslantirilgan;
JSTning TRIPS bitimida belgilangan sanoat mulki obektidan patent egasining roziligisiz unga mutanosib miqdorda tovon to‘lagan holda foydalanilishiga ruxsat berish bilan bog‘liq majburiy nomutlaq lisenziyalar berish tartib-taomillarini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilash zarurati asoslantirilgan;
O‘zbekiston Respublikasida patentlar bilan muhofaza qilinadigan sanoat mulki obektlaridan tarkib topgan vositalarni tabiiy ofatlar, halokatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda holatlarda patent egasini xabardor qilgan va mutanosib miqdorda unga tovon to‘lagan holda qo‘llashga ruxsat berish zarurligi asoslantirilgan;
JST TRIPS bitimining “agar patentlangan usul bilan olingan mahsulot yangi bo‘lsa, sud tomonidan javobgarga bunday mahsulotni olish usuli patentlangan usuldan farq qilishini isbotlash majburiyatini yuklash” bo‘yicha normasi O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligida aks etishi zarurligi asoslantirilgan;
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida JST TRIPS bitimida keltirilgan dori mahsulotlariga marketing ruxsatini olish talab etilganda tarkibida yangi kimyoviy moddalar mavjud bo‘lgan dori vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat organlariga taqdim etilgan hujjatlardagi oshkor etilmagan ma’lumot ariza beruvchining roziligisiz oshkor etilmasligi va undan tijorat maqsadlarida foydalanishni ta’qiqlash bilan bog‘liq normani mustahkamlash zarurligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
TRIPS bitimi 22-moddasidagi “geografik ko‘rsatkich” tushunchasi ta’rifi hamda O‘zbekiston Respublikasining “Geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida”gi Qonunidagi “geografik ko‘rsatkich” tushunchasiga berilgan ta’rifni o‘zaro muvofiqlashtirish maqsadida bitim mazmunidagi “reputation” atamasining ma’nosini beruvchi “tanilganligi” yoki “nom qozonganligi” so‘zini kiritish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi “Geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022-yil 15-apreldagi 10-son dalolatnomasi). Bu taklif O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligida “tovar kelib chiqqan joy nomi” hamda “geografik ko‘rsatkich” atamalarini o‘zaro farqlashda aniqlik kiritishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi Qonunining 111-moddasi matnini ishlab chiqishda “Intellektual mulk huquqlarining savdoga oid jihatlari bo‘yicha bitimning 31(bis)-moddasi va bitim ilovasida keltirilgan majburiy lisenziyalash tizimini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga joriy etish maqsadida sanoat mulki obektidan patent egasining roziligisiz mutanosib miqdorda unga tovon to‘lagan holda foydalanilishiga ruxsat berish hamda majburiy oddiy (nomutlaq) lisenziyalar berish tartib-taomillarini belgilash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining 1-moddasi 2-qismini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining 2024-yil 6-martdagi 02/4-61-son dalolatnomasi). Bu O‘zbekiston Respublikasida sanoat mulki obektidan patent egasining roziligisiz foydalanish bilan bog‘liq qonunchilik bazasi hamda amaliyotini JST TRIPS bitimi normalari bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasi 2-qismi 2-bandida keltirilgan patentlar bilan muhofaza qilinadigan sanoat mulki obektlaridan tarkib topgan vositalarni tabiiy ofatlar, halokatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda holatlarda patent egasini xabardor qilgan va unga mutanosib miqdorda tovon to‘lagan holda qo‘llashga ruxsat berish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining 1-moddasi 3-qismini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining 2024-yil 6-martdagi 02/4-61-son dalolatnomasi). Bu hukumatga favqulodda holatlarda patent huquqlaridan istisno qilishga ruxsat berish barobarida patent egalarining ham patentdan kelib chiquvchi iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi Qonuni 30-moddasi ikkinchi qismini “agar patentlangan usul bilan olingan mahsulot yangi bo‘lsa, aksini isbotlovchi dalillar mavjud bo‘lmagan taqdirda, aynan o‘xshash mahsulot patentlangan usuldan foydalanish orqali olingan hisoblanadi, shu holatda sud tomonidan javobgarga bunday mahsulotni olish usuli patentlangan usuldan farq qilishini isbotlash majburiyati yuklanishi mumkin” so‘zlari bilan to‘ldirish orqali milliy qonunchilikni Intellektual mulk huquqlarining savdo aspektlari bo‘yicha bitim 34-moddasi birinchi qismi “a” kichik bandiga uyg‘unlashtirish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining 1-moddasi 4-qismini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining 2024-yil 6-martdagi 02/4-61-son dalolatnomasi). Bu O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligidagi intellektual mulk huquqlarining usulga oid huquqbuzilish holatlarida isbotlash bilan bog‘liq normalarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasini “Intellektual mulk huquqlarining savdoga oid jihatlari bo‘yicha” bitimning 39-moddasi 3-qismi bilan muvofiqlashtirish maqsadida dori mahsulotlariga marketing ruxsatini olish talab etilganda tarkibida yangi kimyoviy moddalar mavjud bo‘lgan dori vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat organlariga taqdim etilgan hujjatlardagi oshkor etilmagan ma’lumot ariza beruvchining roziligisiz oshkor etilmasligi va undan tijorat maqsadlarida foydalanishni ta’qiqlash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining 2024-yil 6-martdagi 02/4-61-son dalolatnomasi). Bu milliy qonunchiligimizda oshkor etilmagan ma’lumotning huquqiy himoyasini oshirishga xizmat qilgan.