Rajabov Furkat Turakulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Zamonaviy yondashuvlar vositasida bo‘lajak geografiya o‘qituvchilari kasbiy kompetentligini rivojlantirishning nazariy-metodik asoslari”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (geografiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Ped852.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Muxamedov Gafurdjan Israilovich, kimyo fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Gr.01.06.
Rasmiy opponentlar: Amonov Xolmuhammad Normurotovich, pedagogika fanlari doktori; Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Boymirzaev Karimjon Mirzaxmedovich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi shaxsga yo‘naltirilgan, kompetensiyaviy, akmeologik va evristik yondashuvlar asosida bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning nazariy-metodik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik zarurati shaxsga yo‘naltirilgan, kompetensiyaviy, akmeologik va evristik yondashuvlarni geografiya ta’limining rivojlanayotgan tabiatiga raqamli davrga mos pedagogik moslashuvchanlikni faol ta’lim strategiyalari yordamida singdirish orqali asoslangan;
bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari kasbiy kompetensiyani rivojlantirishning asosiy shartlarini geografiya ta’limiga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar va pedagogik metodlarni amalga oshirish strategiyalariga refleksiv amaliyot, texnologiya integratsiyasi va qo‘llab-quvvatlovchi innovatsion muhit orqali tizimli moslashtirish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi geografiya ta’limida pedagogik yondashuvlarni qiyosiy taqqoslash hamda interfaol grafik organayzer metodlarini formativ baholash ko‘rsatkichlari vositasida tabaqalashtirilgan ta’lim strategiyalariga ta’lim faoliyatini loyihalash orqali shaxsga yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish modeli geografiya ta’limiga ilmiy modellashtirishning blum taksonomiyasi, 5E ta’lim modeli, proksimal rivojlanish zonasi kabi modellashtirish namunalarini zamonaviy pedagogik yondashuvlarga kognitiv rivojlanish nuqta nazaridan integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
zamonaviy o‘quv-amaliy laboratoriyalarni tashkil qilish didaktik imkoniyatlari loyihaga asoslangan ta’lim jarayonida geografiya mashg‘ulotlari va tadqiqotlarni real amaliy sharoitga ko‘chirish natijasida talabalarning rivojlanish vektorini ta’lim resurslarini tashkil etishning integral tizimlari vositasida rivojlantirish orqali asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy pedagogik yondashuvlar vositasida bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning nazariy-metodik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
shaxsga yo‘naltirilgan, kompetensiyaviy, akmeologik va evristik yondashuvlarni geografiya ta’limining rivojlanayotgan tabiatiga raqamli davrga mos pedagogik moslashuvchanlikni faol ta’lim strategiyalari yordamida singdirish orqali asoslangan bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik zarurati, zamonaviy pedagogik yondashuvlar vositasida aniqlashtirilgan bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning mezon va ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklif va tavsiyalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170929789 raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2023 yil 5 dekabrdagi 04/11-8846-son ma’lumotnomasi). Natijada, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni geografiya ta’limiga tatbiq etishning pedagogik asoslarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
kasbiy kompetensiyani rivojlantirishning asosiy shartlarini geografiya ta’limiga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar va pedagogik metodlarni amalga oshirish strategiyalariga refleksiv amaliyot, texnologiya integrsiyasi va qo‘llab-quvvatlovchi innovatsion muhit orqali tizimli moslashtirish asosida aniqlashtirilgan bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari, geografiya ta’limida pedagogik yondashuvlarni qiyosiy taqqoslash orqali integratsiyalash algoritmi bosqichlarini formativ baholash ko‘rsatkichlari vositasida tabaqalashtirilgan ta’lim strategiyalarini ta’lim faoliyatini loyihalash orqali shaxsga yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi borasidagi ilmiy xulosa va tavsiyalar “Sanoat, qishloq xo‘jaligi va transport geografiyasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti kengashining 2023-yil 30-maydagi 10/3.4-sonli qaroriga bilan berilgan 2023/164U-12-sonli nashr guvohnomasi). Natijada, geografiya ta’limining zamonaviy pedagogik yondashuvlarga asoslangan metodik va didaktik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
geografiya ta’limiga ilmiy modellashtirishning blum taksonomiyasi, 5E ta’lim modeli, proksimal rivojlanish zonasi kabi modellashtirish namunalarini zamonaviy pedagogik yondashuvlarga kognitiv rivojlanish nuqta nazaridan integratsiyalash asosida takomillashtirilgan bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish modeli, bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning amaliy-texnologik tizimiga oid takliflar “Agrogeografiya” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-sonli buyrug‘i bilan berilgan 438194-son nashr guvohnomasi). Natijada, geografiya ta’limining asosiy didaktik vositalari ilmiy modellashtirish usuli asosida boyitilgan;
ta’lim jarayonida geografiya mashg‘ulotlari va tadqiqotlarni real amaliy sharoitga ko‘chirish natijasida talabalarning rivojlanish vektorini ta’lim resurslarini tashkil etishning integral tizimlari vositasida rivojlantirish orqali asoslangan zamonaviy o‘quv-amaliy laboratoriyalarni tashkil qilish texnologiyasi, zamonaviy o‘quv-amaliy laboratoriyalarda mashg‘ulotlarni tashkil qilishning samaradorlik mezonlari borasidagi taklif va tavsiyalardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog'iston filialida bajarilgan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umumiy insoniy, milliy va tarixiy qadriyotlar uyg'unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog'iston filialining 2023 yil 5 oktyabrdagi 491/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablari geografiya fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini oshirishga xizmat qilgan.