Najmiddinova Gulnoza Umarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mediada vizual narrativ: shakllanishi, tendensiya va istiqbollari”, 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil1476.
Ilmiy rahbar: [Muminova Patima Izzatullaevna], filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.14.01.
Rasmiy opponentlar: Mamatova Yakuta Muxamedjanovna, filologiya fanlari doktori, professor; Doniyorov Salim Musurmonovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi vizual narrativ va vizual storitelling hodisalarini, jurnalistika va publisistikada ularning imkoniyatlarini qo‘llash istiqbollarini aniqlash, vizual narrativlarning  kommunikativ xususiyatlari, tarixiy ildizlarini, o‘zbek media segmentida e’tibor qaratilmayotgan jihatlari, ta’sir xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
vizual, matn va audiovizual narrativlar tasvir va ta’sirchanlik jihatidan ifoda vositalari va texnikasi bilan o‘zaro farqlanishi sababli vizual narrativlar audiovizual kontentdan ajratilgan holda tasniflanishi isbotlangan;
mediada vizual narrativ hodisasi o‘zining polikod va polifonik xususiyati sababli semantik struktura, hikoya olami sifatida qabul qilinishi lozimligi asoslangan;
vizual narrativ asarlarga adabiyot va publisistika darajasida emas, bolalarga mo‘ljallangan va hajviy kontent sifatida qarashning ustunligi, mediamuhitda tekstosentrik hamda videosentrik  yondashuvning kuchliligi sababli milliy mediamakonda vizual narrativlar rivoji sur’atlari sustlashayotganligi isbotlangan;
vizual narrativlar tadqiqida tasviriy va so‘z san’atlari kesishuvidagi nazariy-metodologik asos yaratish zarurati aniqlanib,  “vizual adabiyot”, “vizual publisistika” tushunchalarini fanga kiritish dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi. Mediada vizual narrativning shakllanishi, tendensiya va istiqbollarini o‘rganish orqali shakllantirilgan xulosa va amaliy takliflar asosida:
vizual, matn va audiovizual narrativlarning tasvir va ta’sirchanlik jihatidan ifoda vositalari va texnikasi bilan o‘zaro farqlanishini asoslovchi va shu sababdan vizual narrativlar audiovizual kontentdan ajratilgan holda tasniflanishi va o‘rganilishi borasidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining ma’rifiy-targ‘ibot faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 3-maydagi 0205/17-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularni zararli axborotdan himoya qilish, ilm-fan va innovatsiyalarga keng jalb etishga yo‘naltirilgan ma’rifiy va foydali milliy kontentlar yaratilgan;
vizual narrativlar tadqiqida tasviriy va so‘z san’atlari kesishuvidagi nazariy-metodologik asos yaratish zarurati haqidagi xulosalar, mediada vizual narrativ hodisasi o‘zining polikod va polifonik xususiyati sababli semantik struktura, hikoya olami sifatida qabul qilinishi lozimligi borasidagi fikrlardan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining o‘quv-uslubiy faoliyatini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2023-yil 7-martdagi 02/01-01-30-son ma’lumotnomasi). Natijada 60320100 – Jurnalistika (Internet jurnalistika)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasiga “Onlayn mediada narrativ” hamda “Transmediaviy storitelling asoslari” nomli yangi fanlar kiritilib, ularning o‘quv dasturlari yaratilgan;
vizual, matn va audiovizual narrativlar tasvir va ta’sirchanlik jihatidan ifoda vositalari va texnikasi bilan o‘zaro farqlanishi sababli vizual narrativlar audiovizual kontentdan ajratilgan holda tasniflanishini isbotlovchi xulosalar Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot faoliyatida samaradorlikni oshirishda qo‘llanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 1-martdagi 02-15/167-son ma’lumotnomasi). Natijada Markazning “Oyina.uz” portaliga interaktiv multimediaviy (longrid) va vizual kontent (infografika) tayyorlangan, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati tomonidan ishlab chiqilgan “Ma’rifat ziyo” platformasi boyitilgan va optimallashtirilgan;
vizual, matn va audiovizual narrativlar tasvir va ta’sirchanlik jihatidan ifoda vositalari va texnikasi bilan o‘zaro farqlanishi sababli vizual narrativlar audiovizual kontentdan ajratilgan holda tasniflanishini isbotlovchi xulosalar “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining ijtimoiy-ma’rifiy faoliyatiga tatbiq etilgan, partiya ustuvor vazifalarini bajarish mexanizmlarini tashkil etishda, xususan, yoshlarni milliy mustaqillik, milliy an’analar va urf-odatlarni asrab-avaylash ruhida tarbiyalashda ommabop, zamonaviy formatlarni topishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2023-yil 8-fevraldagi 15/F-son ma’lumotnomasi). Natijada partiya targ‘ibot materiallarida vizual kontent (infografika, fotoreportaj va hkz.) samaradorligi va soni ortgan;
vizual narrativ asarlarga adabiyot va publisistika darajasida emas, bolalarga mo‘ljallangan va hajviy kontent sifatida qarashning ustunligi, mediamuhitda tekstosentrik hamda videosentrik  yondashuvning kuchliligi sababli milliy mediamakonda vizual narrativlar rivoji sur’atlari sustlashayotganligi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yangi O‘zbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari va gazetalar veb-sayti (www.yuz.uz), O‘zbekiston Respublikasi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining nashri – “Milliy tiklanish” gazetasi va gazetaning elektron nusxalari faoliyatini takomillashtirishda foydalanilgan (“Yangi O‘zbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari birlashgan tahririyatining 2023-yil 8-fevraldagi 25-son ma’lumotnomasi; “Milliy tiklanish” gazetasining  2023-yil 7-fevraldagi 02/01-son ma’lumotnomasi). Natijada gazetalar va ularning “Telegram” messendjeridagi kanallarida e’lon qilinadigan infografika va boshqa vizual kontent sifatini oshirilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish