Isoeva Laylo Baxtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Makkajo‘xori navlarini tomchilatib sug‘orish tartiblarini ishlab chiqish (Buxoro viloyati misolida)”, 06.01.02 – Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Qx1091.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Fazliddin O‘rinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Isaev Sobirjon Xusanbaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Komilov Baxtiyor Sultanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Buxoro viloyatining o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida  makkajo‘xorining O‘zbekiston-601 ECB va NS-6010 F1 duragaylarini etishtirishda tomchilatib sug‘orish tartiblari ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Buxoro viloyatining o‘tloqi allyuviall tuproqlari sharoitida makkajo‘xorining “O‘zbekiston-601 ECB” va “NS-6010 F1” duragaylarini mavsum davomida suvga bo‘lgan talabi, tomchilatib sug‘orish tartiblari, sug‘orishlar soni, mavsumiy sug‘orish me’yorlari, suv iste’moli ishlab chiqilgan;
makkajo‘xori duragaylarini tomchilatib sug‘orish oldi tuproq namligi cheklangan dala nam sig‘imi (ChDNS) ga nisbatan 70-80-75% bo‘yicha O‘zbekiston-601 ECB duragayi 3-6-2 tizimda 11 marta sug‘orilib, ro‘vak chiqarishgacha 284,5-298,3 m3/ga, ro‘vak chiqarishdan sut-mum pishishgacha 197,3-215,7 m3/ga, pishish fazasida 201,9-211,1 m3/ga va umumiy miqdori 2524 m3/ga va NS-6010 F1 duragayini sug‘orish tartibi va tizimiga mos ravishda ro‘vak chiqarishgacha 284,5-302,9 m3/ga, ro‘vak chiqarishdan sut-mum pishishgacha 197,3-211,1 m3/ga, pishish fazasida 192,8-201,9 m3/ga teng bo‘lgan va mavsumiy sug‘orishlarning me’yori 2484 m3/ga teng bo‘lgan sug‘orish davomiyligi 6-9 soatni, sug‘orish oralig‘i 7-10 kunni bo‘lganligi aniqlangan;
egatlab sug‘orish 70-80-75% sug‘orish oldi tuproq namligi bo‘yicha O‘zbekiston-601 ECB duragayida bitta so‘tadagi don og‘irligi 169 g, NS-6010 F1 duragayida 251 grammga, sug‘orish oldi tuproq namligiga mos lekin, tomchilatib sug‘orishlar o‘tkazilganda duragaylar bo‘yicha 171-259 grammga, tomchilatib sug‘orishlarda egatlabga nisbatan duragaylar bo‘yicha 3-8 gramga oshgan, makkajo‘xorining O‘zbekiston-601 ECB duragayini sug‘orish oldi tuproq namligi 70-80-75% bo‘yicha egatlab sug‘orilganda 65,4 s/ga, NS-6010 F1 duragayida 90,3 s/ga don hosili olingan, tomchilatib sug‘orish o‘tkazilganda esa yuqoridagi ko‘rsatkichlarga mos ravishda 71,9-108,7 s/ga hosil etishtirishga erishilgan. Nazoratga nisbatan O‘zbekiston-601 ECB duragayida 6,5 s/ga, NS-6010 F1 duragayidan esa 18,4 s/ga qo‘shimcha don hosili etishtirish aniqlangan;
sug‘orish oldi tuproq namligi 70-80-75% tartibda tomchilatib sug‘orilganda, “O‘zbekiston-601 ECB” duragayida 52,6%, “NS-6010” F1 duragayida 123,4% rentabellikka erishilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buxoro viloyati o‘tloqi allyuvial tuproqlar sharoitida parvarishlangan makkajo‘xori duragaylarining tomchilatib sug‘orish tartiblari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
fermer xo‘jaliklari va agroklaster xodimlari uchun “Asosiy ekin sifatida makkajo‘xori duragaylarini tomchilatib sug‘orish tartiblarini hosildorlikka ta’sirini baholash” bo‘yicha tavsiyanoma tasdiqlangan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 2-noyabrdagi 03/37-3591-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma makkajo‘xori etishtiruvchi fermer xo‘jaliklarida, agroklaster xodimlariga foydalanish uchun xizmat qilmoqda;
makkajo‘xori duragaylarini sug‘orish oldi tuproq namligi, cheklangan dala nam sig‘imi (ChDNS) ga nisbatan 70-80-75% tuproqning 0-50 sm hisobiy qatlamini namlantirish Buxoro tumanidagi “Aziz Axmad” fermer xo‘jaligida 15,0 gektar, “Erkin Akmal Baraka” fermer xo‘jaligida 18,6 gektar, “Zarif ota” fermer xo‘jaligida 22,0 gektar, jami 55,6 gektar maydonga joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 2-noyabrdagi 03/37-3591-son ma’lumotnomasi). Natijada gektaridan 6,9-18,4 sentner qo‘shimcha don hosili olingan;
makkajo‘xorining “NS-6010 F1” duragayini 2500 m3/ga sug‘orish suvlari sarflangan bo‘lib, jami 11 marta tomchilatib sug‘orish agrotadbiri o‘tkazilgan, Buxoro tumanidagi  “Zarif ota” fermer xo‘jaligida 22,0 gektar maydonga joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 2-noyabrdagi 03/37-3591-son ma’lumotnomasi). Sug‘orish oldi tuproq namligi 70-80-75% bo‘yicha sug‘orilganda 24-28 foizgacha sug‘orish suvlari iqtisod qilingan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish