Mardonova Gulsanam O‘ktam qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Qizilmiya (Glycyrrhiza glabra Linn) o‘simligidan ajratilgan endofit mikroorganizmlarining biologik faolligi”, 03.00.04 – Mikrobiologiya va virusologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/V968.
Ilmiy rahbar: Egamberdieva Dilfuza Rustamovna, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti qoshidagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti, PhD.03/14.07.2022.B/QX.10.06.
Rasmiy opponentlar: Fayziev Vohid Bahromovich, biologiya fanlari doktori, professor; Abdullaeva Yulduz Davronovna, biologiya fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qizilmiya (Glycyrrhiza glabra Linn) o‘simligi ildizidan ajratib olingan endofit bakteriyalarning bioxilma-xilligi va o‘simlikka foydali xususiyatlarini o‘rganish va o‘simlik o‘sishi va rivojlanishiga ta’sirini tadqiq qilish, hamda ildizda yashab ketish xususiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda o‘sadigan qizilmiya (Glycyrrhiza glabra Linn) ildizida Paenibacillus polymyxa, Achromobacter piechaudii, Enterobacter hormaechei, Pantoea ananatis, Paenibacillus amylolyticus, Achromobacter xylosoxidans, Pseudomonas azotoformans, Enterobacter ludwigii, Bacillus velezensis, Escherichia coli, Enterobacter cloacae, Kosakonia cowanii, Citrobacter freundii, Bacillus cereus, Enterobacter hormaechei, Pantoea gaviniae va Klebsiella pneumoniae turlarga mansub endofit bakteriyalar aniqlandi;
ajratib olingan endofitlar qizilmiya urug‘lari unuvchanligi va unish quvvatini sho‘rlangan sharoitida oshirishi va sho‘rlangan tuproqda o‘simlik o‘sishini yaxshilashi aniqlandi;
endofitlar qizilmiya o‘simligini o‘sishini (sho‘rlangan tuproqda) jadallashtirishi aniqlandi;
o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishiga bakteriyalarning ta’sir mexanizmi ularning raqobatbardosh koloniyalanish xususiyatiga bog‘liq ekanligi yoritib berildi;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda o‘sadigan qizilmiya (Glycyrrhiza glabra Linn) o‘simligidan endofit mikroorganizmlar ajratib olindi, turigacha aniqlangan bakteriyalar NCBI (AQSh Milliy Biotexnologiya Axborot Markazi)ma’lumotlar bazasida OQ874308, OQ874309, OQ874310, OQ874311, OQ874312, OQ874313, OQ874314, OQ874315, OQ874316, OQ874317, OQ874318, OQ874319, OQ874320, OQ874321, OQ874322, OQ874323, OQ874308, OQ874309, OQ874310, OQ874324, OQ874325 ID raqami bilan ro‘yhatdan o‘tkazildi;
Hindiston Universiteti olimlari ilmiy faoliyatlarida ildizda faol koloniyalanish xususiyatiga ega endofit rizobakteriyani tanlab olish texnologiyasini qo‘llagan va bu texnologiya nafaqat qizilmiya o‘simligini o‘sishini yaxshilovchi o‘git olish, balki boshqa qishloq xo‘jalik o‘simliklariga ham tadbiq qilish mumkinligini bildirgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish