Sayt test rejimida ishlamoqda

Shayqulov Baxtiyor Qudratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy va ikkilamchi xomashyolar asosida akril sopolimerlarni olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T3442.
Ilmiy rahbar: Nurqulov Fayzulla Nurmuminovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.K/T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Beknazarov Xasan Soyibnazarovich,  texnika fanlari doktori, professor; Tillaev Abdihafiz Toshevich, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Etakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy va ikkilamchi xomashyolar asosida akril-uretan sopolimer qoplamasini olishning samarador texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
akril, kraton monomerlari va uretan oligomeri asosida akril-uretan, akril-kraton-uretan sopolimerlarini olishning optimal sharoitlari aniqlangan;
olingan sopolimerlar qoplama xususiyati, yuqori haroratga va korroziyaga bardoshlilik ko‘rsatkichlarining tarkibdagi akril kislotasi miqdoriga bog‘liqligi aniqlangan;
olingan akril-uretan sopolimerining kislorod indeksi ko‘rsatkichi 32 foiz hamda adgezion mustahkamlik kuchi 0,77 MPa ekanligi ilmiy isbotlangan;
akril-uretan sopolimeri tarkibida 60% gacha uchuvchan bo‘lmagan qoldiq mavjudligi hamda mazkur qoplamaning differensial termogravimetrik ko‘rsatkichlarida 400oS haroratdagi destruksiyasi 50% ga yaxshilanganligi isbotlangan;
akril-uretan sopolimerini olish texnologiyasi va texnik reglamenti ishlab chiqilgan shuningdek, keng qo‘llanilayotgan analogiga nisbatan iqtisodiy samaradorlik 16,3% ga yuqori ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy xomashyolardan metall konstruksiyalarni yuqori harorat va korroziyadan himoyalovchi akril-uretan sopolimer qoplamasini olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalarga asosida:
akril-kroton-uretan sopolimer qoplamasi “Seven systems” va “Staterm” ma’suliyati cheklangan jamiyatlarida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2023 yil 20 iyundagi 6/4/38-1731-son ma’lumotnomasi). Natijada, metall konstruksiyalarni yoqori harorat va korroziyadan himoyalovchi akril-uretan sopolimer qoplamasi olish texnologiyasini ishlab chiqish imkonini bergan;
akril monomeri va uretan oligomeri asosida olingan sopolimer qoplamalar “Staterm” ma’suliyati cheklangan jamiyatida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2023 yil 20 iyundagi 6/4/38-1731-son ma’lumotnomasi). Natijada, sopolimer qoplamani olish texnologiyasi va tashkilot standarti ishlab chiqilgan hamda iqtisodiy samaradorlikni o‘rtacha 16,3% ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish