Sayt test rejimida ishlamoqda

Abdikunduzov Xikmatillo Nuritdin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy uzum navlarining kimyoviy tarkibini tadqiq etish hamda ulardan tayyorlangan mahsulotlarni sertifikatlash va sinflash», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/K671.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Alidjan Aminovich kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Abduganiev Baxtiyor Ermaxamatovich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Isaqov Mahammadjon Yunusovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent..
Etakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: uzum o‘simligining turli mahalliy navlarining bargi va urug‘ini kimyoviy tarkibi, biologik faolligini aniqlash hamda uzum urug‘i moyi asosida biologik faol qo‘shimchalarni yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor uzum o‘simligi urug‘i moyining lipid tarkibi, to‘yingan va to‘yinmagan yog‘ kislota tarkibi gaz xromatografiyasi usuli yordamida aniqlangan, uzum urug‘i moyining teri jarohatlari va yaralarga qarshi faolligi solishtirma preparat levomekolga nisbatan yuqori ekanligi isbotlangan;
uzum o‘simligining turli navlari urug‘ining oqsil miqdori, aminokislota tarkibi, bargi va urug‘lari tarkibidagi uglevodlar, flavanoidlar miqdori aniqlangan hamda o‘simlik bargi polisaxaridlar hamda urug‘i barcha oqsil tuzuvchi aminokislotalarning manbai ekanligi isbotlangan;
induktiv bog‘langan plazmali mass-spektrometriya usuli yordamida uzum o‘simligi turli navlarining bargi va urug‘i tarkibida 44 ta element miqdori hamda uzum o‘simligi mevasi urug‘i moyining o‘tkir zaharlilik ko‘rsatgichi V toifaga tegishliligi aniqlangan;
uzum urug‘i yog‘i biologik faol qo‘shimcha uchun kimyoviy tarkibi asosida TIF TN bo‘yicha yangi tovar kod raqami ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Uzum o‘simligining kimyoviy komponentlari, biologik faolligini aniqlash va biologik faol qo‘shimcha ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
uzum urug‘i moyi asosida olingan “VITIS VINIFERA LINNAEUS” tabiiy biologik faol qo‘shimchasini olishga texnikaviy shartlar va texnologik yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tasdiqlangan (S 02152851-01:2022; TI 02152851-01:2023). Mazkur texnikaviy shartlar va texnologik yo‘riqnoma mahsulotning sifati va texnologik jarayoini nazaorat qilish imkonini bergan;
uzum urug‘i moyi asosida yaratilgan biologik faol qo‘shimchasi uchun tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha 2106 90 980 6 kod raqami ishlab chiqilgan hamda davlat bojxona amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2023 yil 25 iyuldagi 17/05-23-0523-son ma’lumotnomasi). Natijada, eksport va import jarayonlarida biologik faol qo‘simchalarini tasniflashni soddalashtirish, hamda boj to‘lovlarini to‘g‘ri belgilash imkonini bergan;
uzum urug‘idan olingan moy “FERGHANA-FRANCE” MChJ O‘zbekiston-Fransiya qo‘shma korxonasida teri faoliyatini yaxhsilash xususiyatiga ega mahsulotlar ishlab chiqarishda qo‘llanilgan (“FERGHANA-FRANCE” MChJ O‘zbekiston-Fransiya qo‘shma korxonasining 2024 yil 30 yanvardagi 01/24-son maʼlumotnomasi). Natijada, linol va olein kislotalariga boy bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini bergan;
uzum navlari kimyoviy tarkibini aniqlash tajribalari natijlaridan kimyo yo‘nalishi talabalari uchun “Tabiiy birikmalarning kimyoviy analizi” nomli o‘quv qo‘llanma tayyorlashda foydalanilgan (Nashr ruxsatnomasi, 19.07.2022 y., №233-0132). Natijada, oliy o‘quv yurtlarida tabiiy birikmalar kimyosi bo‘yicha mitaxassislarning bilimlarini mustahkamlash   imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish