Sayt test rejimida ishlamoqda

To‘xtasinov Ro‘zimuxammad Nurmaxamad o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «X-XIII asrlar Movarounnahr klassik fiqh manbalarida qimmatbaho toshlardan foydalanish hukmlari» (islomshunoslik fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Isl45.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Ilmiy rahbar: tarix fanlari doktori, professor Bekmirzaev Ilhomjon Isroiljonovich.
Rasmiy opponentlar: tarix fanlar doktori, professor Muminov Ashirbek Kurbanovich va tarix fanlari nomzodi, dotsent Nasrullaev Nematilla Hikmatillaevich.
Etakchi tashkilot: Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot g‘ markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi X-XIII asrlar Movarounnahr fiqh manbalarida qimmatbaho toshlardan foydalanishga doir hukmlarni ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishdagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
X-XIII asrlarda Movarounnahr tangalaridagi kumush nisbati shar’iy dirham (الدرهم الشرعي)dan kamayib ketgani bois zakot nisobini tangalarning soni emas, balki, ular tarkibidagi kumushning og‘irligiga muvofiq belgilash amaliyoti joriy etilishi natijasida mintaqada yuzaga kelgan zakot bilan bog‘liq muammolarning echimi bo‘lib xizmat qilgani asoslangan;  
Burhoniddin Mahmud Buxoriyning “Muhit” asarida dinor (الدينار) va dirham (الدرهم)larni muomalaga kiritish bilan bog‘liq: ularning tovar va xizmatlar uchun o‘lchov bo‘lishi, hammaga ma’lum hokimiyat tomonidan ishlab chiqarilishi,  ommaga mashhur bo‘lishi kabi shartlarning belgilanishi zamonaviy qog‘oz va elektron pullar muomalasining shar’iy echimiga asos bo‘lib xizmat qilgani dalillangan;
Burhoniddin Mahmud Buxoriyning “Muhit” va Faxriddin Qozixonning “Fatavo” asarlarida Movarounnahr diyorlarida “g‘atrifiy”, “buxoriy”, “sattuqo”, “nabahraja”, “idoliy”, “farg‘oniy”, “fulus” nomli tanga turlari mavjud bo‘lib, Qur’on va hadisda zikr qilinmagani bois ularning zakoti vazniga emas, balki qiymatining tilla yoki kumush nisobiga qarab hisoblanishi lozimligi to‘g‘risidagi qoida ishlab chiqilgani ilmiy asoslangan;  
Movarounnahr faqihlari mazhab etakchilaridan biri - Imom Muhammadning tilla-kumush va boshqa qimmatbaho toshlarning vaqfi joizligi haqidagi fatvolarini amaliyotga joriy etgani Faxriddin Qozixon “Fatovo” asarining وقف المنقول [vaqful manqul] – “ko‘char mulkning vaqfi” mavzusi bilan dalillanib, uning  bugungi kundagi dunyo bo‘ylab vaqf fondlari faoliyati uchun shar’iy asos bo‘lib xizmat qilayotgani ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. «X-XIII asrlar Movarounnahr klassik fiqh manbalarida qimmatbaho toshlardan foydalanish hukmlari» mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
X-XIII asrlarda Movarounnahr tangalaridagi kumush nisbati shar’iy dirham (الدرهم الشرعي)dan kamayib ketgani bois zakot nisobini tangalarning soni emas, balki, ular tarkibidagi kumushning og‘irligiga muvofiq belgilash amaliyoti joriy etilishi natijasida mintaqada yuzaga kelgan zakot bilan bog‘liq muammolarning echimi bo‘lib xizmat qilgani asoslangani haqidagi ilmiy xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining buyurtmasi asosida chop etilgan “Hayratul fuqaho” (Faqihlarni hayratga solgan fatvolar) kitobining ilmiy izohli tarjimasi mazmuniga singdirildi (O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2024-yil 19-martdagi 02-02.864-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Movarounnahr faqihlari tarixda mintaqaviy muammolarga nisbatan qanday shar’iy echim bergani haqidagi ma’lumotlar ilmiy jamoatchilikka etib borishiga xizmat qilgan;
Burhoniddin Mahmud Buxoriyning “Muhit” asarida dinor (الدينار) va dirham (الدرهم)larni muomalaga kiritish bilan bog‘liq: ularning tovar va xizmatlar uchun o‘lchov bo‘lishi, hammaga ma’lum hokimiyat tomonidan ishlab chiqarilishi,  ommaga mashhur bo‘lishi kabi shartlarning belgilanishi zamonaviy qog‘oz va elektron pullar muomalasining shar’iy echimiga asos bo‘lib xizmat qilgani dalillangani xususidagi xulosalardan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan tayyorlangan “Sunani Termiziy sharhi” kitobining mazmuniga singdirildi (O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2023-yil 20-dekabrdagi 01-07/251-sonli ma’lumotnomasi). Natijada X-XIII asr Movarounnahr faqihlari tomonidan chiqarilgan fatvolarning o‘rganilishi bugungi kundagi zamonaviy masalalarga echim berishda o‘ziga xos xizmat qilgan;
Burhoniddin Mahmud Buxoriyning “Muhit” va Faxriddin Qozixonning “Fatavo” asarlarida Movarounnahr diyorlarida “g‘atrifiy”, “buxoriy”, “sattuqo”, “nabahraja”, “idoliy”, “farg‘oniy”, “fulus” nomli tanga turlari mavjud bo‘lib, Qur’on va hadisda zikr qilinmagani bois ularning zakoti vazniga emas, balki qiymatining tilla yoki kumush nisobiga qarab hisoblanishi lozimligi to‘g‘risidagi qoida ishlab chiqilgani ilmiy asoslangani haqidagi ilmiy xulosalar O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Mir Arab oliy madrasasida nashr etilgan “Usulul fiqh” o‘quv qo‘llanmasiga singdirilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2023-yil 20-noyabrdagi 4920-sonli ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy ta’lim muassasalari talabalarining ma’danlar zakotiga doir masalalar orqali mazhab imomlarining usul va fiqh qoidalarini o‘zlashtirishiga xizmat qilgan;
Movarounnahr faqihlari mazhab etakchilaridan biri - Imom Muhammadning tilla-kumush va boshqa qimmatbaho toshlarning vaqfi joizligi haqidagi fatvolarini amaliyotga joriy etgani Faxriddin Qozixon “Fatovo” asarining وقف المنقول [vaqful manqul] – “ko‘char mulkning vaqfi” mavzusi bilan dalillanib, uning  bugungi kundagi dunyo bo‘ylab vaqf fondlari faoliyati uchun shar’iy asos bo‘lib xizmat qilayotgani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar “Hidoya” asarining izohli akademik tarjimasiga singdirildi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi 2024-yil 12-martdagi 08-17/115-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bugungi kundagi islom ulamolari Movarounnahr faqihlarining fatvo uslubini amaliyotda qo‘llayotgani haqidagi qarashlarni keng jamoatchilikka etkazishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish