Berdikulova Iroda Raimkulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turizm bozorini diversifikatsiya qilishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.17 –Turizm va mehmonxona faoliyati.
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2018.3.PhD\Iqt 679.
Ilmiy rahbar: Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Tuxliev Iskandar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Alieva Maxbuba Toʻychievna iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Innovatsion iqtisodiyot sharoitida turizm bozorini diversifikatsiya qilishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha ilmiy-nazariy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq hududlarida ekologik turizm tarkibida yaylov turizmiga gastronomik va hunarmandchilik turizmni qo‘shib diversifikatsiya qilish natijasida turistik infratuzilmani takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;
turistik xizmatlar ko‘rsatuvchi turistik firmalarning samaradorligi bilan o‘zaro funksional bog‘liq bo‘lgan beshta omillar ta’sirini hisoblash va tahlil qilish natijasida boshqaruv qarorlarini qabul qilish mexanizmlari takomillashtirilgan;
Samarqand viloyati hududida reklama targ‘ibot xizmatlarini takomillashtirish va obektlarni diversifikatsiya qilishga qaratilgan “3T-FI modeli” ishlab chiqilgan;
turizm bozorini diversifikatsiya qilish natijasida turistik xizmatlarni rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari va ularning 2024-2028 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. turizm bozorini diversifikatsiya qilishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar amaliyotda qo‘llanilgan, jumladan:
qishloq hududlarida ekologik turizm tarkibida yaylov turizmiga gastronomik va hunarmandchilik turizmni qo‘shib diversifikatsiya qilish natijasida turistik infratuzilmani takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 30 iyunida tasdiqlangan 450-son qarori asosida ishlab chiqilgan
“2017-2019 yillarda Samarqand shahri va Samarqand viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari dasturida foydalanilgan (Samarqand viloyati hokimligining 2018 yil
2 oktyabrdagi 06-06/1780-sonli ma’lumotnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi turizm Qo‘mitasi tomonidan taqdim qilingan 2024 yil 2 fevraldagi №03-9/118 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi qishloq hududlariga turizm bozorini diversifikatsiya qilishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirishning yo‘nalishlaridan biri sifatida ichki va kiruvchi turistlar uchun ekologik turizmning yaylov turizmini joriy qilib, unda tegishli infratuzilmalarni yaratish va bevosita shu joyning o‘zida dalada pishiriladigan milliy taomlarni tayyorlash texnologiyasini ko‘rsatgan holda, milliy gastronomik turizmni ham namoyish qilish yo‘llari va hunarmandchilik turizmini namoyish qilish imkoniyatlaridan foydalangan holda turistlarga milliy hunarmandchilikning qo‘lda gilam, gazlama to‘qish, bo‘yoqli naqshlar tayyorlash, milliy liboslar tayyorlash, yog‘och o‘ymakorligi, kashatachilik, zardo‘zlik, qimmatli metallardan zargarlik buyumlarini yasash kabi turlaridan foydalanish imkonini beradi;
turistik xizmatlar ko‘rsatuvchi turistik firmalarning samaradorligi bilan o‘zaro funksional bog‘liq bo‘lgan 5 ta omillar ta’sirini hisoblash va tahlil qilish natijasida boshqaruv qarorlarini qabul qilish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 30 iyunida tasdiqlangan 450-son qarori asosida ishlab chiqilgan “2017-2019 yillarda Samarqand shahri va Samarqand viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari dasturida foydalanilgan (Samarqand viloyati hokimligining 2018 yil
2 oktyabrdagi 06-06/1780-sonli ma’lumotnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi turizm Qo‘mitasi tomonidan taqdim qilingan 2024 yil 2 fevraldagi №03-9/118 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyaning amaliyotda qo‘llanilishi turizm bozorini diversifikatsiya qilishning ichki imkoniyatlarini aniqlash va ulardan samarali foydalanish chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkoniyatini yaratadi;
Samarqand viloyati hududida reklama targ‘ibot xizmatlarini takomillashtirish va obektlarni diversifikatsiya qilishga qaratilgan “3T-FI modeli”dan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 30 iyunida tasdiqlangan
450-son qarori asosida ishlab chiqilgan “2017-2019 yillarda Samarqand shahri va Samarqand viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari dasturida foydalanilgan (Samarqand viloyati hokimligining 2018 yil 2 oktyabrdagi 06-06/1780-sonli ma’lumotnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi turizm Qo‘mitasi tomonidan taqdim qilingan 2024 yil 2 fevraldagi №03-9/118 sonli ma’lumotnomasi). Aynan Samarqand viloyatining har bir tumanlari bo‘yicha alohida tarzda ulardagi mavjud barcha ichki turistik salohiyatlarni shuningdek, turistlar diqqatini jalb qilishi mumkin bo‘lgan hududdagi barcha ichki salohiyatlarini o‘zida aks ettiruvchi videoroliklarning ishlab chiqish yo‘lga qo‘yilgan;
turizm bozorini diversifikatsiya qilish natijasida turistik xizmatlarni rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari va ularning 2024-2028 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi turizm Qo‘mitasi tomonidan amaliyotga tadbig‘i belgilab berilgan. (2024 yil 2 fevraldagi №03-9/118 sonli ma’lumotnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish