Mirzaev Kobil Nosirjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Innovatsiya asosida kichik biznes subektlarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish (Namangan viloyati misolida)”, 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt.3362.
Ilmiy rahbar: Rashidov Raxmatillo A’lojonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03.
Rasmiy opponentlar: Gafurov Ubaydullo Vaxabovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kazakov Olim Sabirovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona Davlat Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: innovatsiya asosida kichik biznes subektlarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
poyabzal ishlab chiqaruvchi kichik biznes subektlarida innovatsion texnologiyalar asosida ishlab chiqariladigan mahsulotlar ulushining muntazam ravishda o‘sib boruvchi me’yorlarini belgilash orqali viloyat hududlaridagi “o‘sish nuqtalari” va “drayver sohalari” tarkibiga kiritilgan charm-poyabzal sanoatini rivojlantirish taklifi asoslangan;
Namangan viloyati mahalliy hokimiyat organlari tomonidan kichik biznes va innovatsion infratuzilma subektlari hamkorligida kichik biznesda innovatsiyalarni joriy etish asosida tadbirkorlikni rivojlantirishning hududiy ishlab chiqarish-maslahat guruhlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish hisobiga ishlab chiqarish samaradorligini oshirish taklif etilgan;
poyabzal ishlab chiqaruvchi kichik biznes subektlarida innovatsion texnologiyalarni sotib olish va joriy etish xarajatlarini moliyalashtirishni “O‘zcharmsanoat” uyushmasining Charm-poyabzal sohasini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan amalga oshirish taklifi asoslangan;
“Kosonsoy Al-Aziz” mas’uliyati cheklangan jamiyatida mahsulot sotishdan tushgan tushum, mahsulot tannarxi va hisobot davridagi sof foyda hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlikning parabolik ekonometrik modeli asosida iqtisodiy samaradorlikning 2028-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Innovatsiya asosida kichik biznes subektlarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida:
poyabzal ishlab chiqaruvchi kichik biznes subektlarida innovatsion texnologiyalar asosida ishlab chiqariladigan mahsulotlar ulushining muntazam ravishda o‘sib boruvchi me’yorlarini belgilash orqali viloyat hududlaridagi “o‘sish nuqtalari” va “drayver sohalari” tarkibiga kiritilgan charm-poyabzal sanoatini rivojlantirish taklifi ishlab chiqilgan. Mazkur taklifdan foydalanish natijasida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-apreldagi “2022 — 2026 yillarda namangan viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 221-sonli Qarori loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zcharmsanoat” uyushmasining 2024-yil 3-iyundagi AS-7/1587-sonli ma’lumotnomasi);
Namangan viloyati mahalliy hokimiyat organlari tomonidan kichik biznes va innovatsion infratuzilma subektlari hamkorligida kichik biznesda innovatsiyalarni joriy etish asosida tadbirkorlikni rivojlantirishning hududiy ishlab chiqarish-maslahat guruhlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish hisobiga ishlab chiqarish samaradorligini oshirish taklifi “O‘zcharmsanoat” uyushmasining uzoq muddatli istiqboldagi iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zcharmsanoat” uyushmasining 2024-yil 3-iyundagi AS-7/1587-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan foydalangan holda “Kosonsoy Al-Aziz” mas’uliyati cheklangan jamiyatida innovatsion texnologiyani ishlab chiqarishga tatbiq etilishi natijasida bir juft poyabzalga sarflangan mehnat (kishi-soat) 54,4 foizga va bir kishi-soatga sof foyda 65,9 foiz o‘sishiga, “Elegant podoshva klass” ma’suliyati cheklangan jamiyatida esa bir juft poyabzalga sarflangan mehnat (kishi-soat) 46,7 foizga va bir kishi-soatga sof foyda 51,2 foizga o‘sishga erishilgan;
poyabzal ishlab chiqaruvchi kichik biznes subektlarida innovatsion texnologiyalarni sotib olish va joriy etish xarajatlarini moliyalashtirishni “O‘zcharmsanoat” uyushmasining Charm-poyabzal sohasini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan amalga oshirish taklifi “O‘zcharmsanoat” uyushmasining uzoq muddatli istiqboldagi iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zcharmsanoat” uyushmasining 2024-yil 3-iyundagi AS-7/1587-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur tizim natijasida Kosonsoy tumanidagi “Kosonsoy Al-Aziz” mas’uliyati cheklangan jamiyatida tejamkor innovatsion texnologiya sotib olish va amaliyotga joriy etilishi hisobiga import o‘rnini bosuvchi eksportbop innovatsion mahsulotning yillik ishlab chiqarish hajmi 22,4 foizga o‘sishiga erishilgan;
“Kosonsoy Al-Aziz” mas’uliyati cheklangan jamiyatida mahsulot sotishdan tushgan tushum, mahsulot tannarxi va hisobot davridagi sof foyda hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlikning parabolik ekonometrik modeli asosida iqtisodiy samaradorlikning 2028-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan “O‘zcharmsanoat” uyushmasining uzoq muddatli istiqboldagi iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zcharmsanoat” uyushmasining 2024-yil 3-iyundagi AS-7/1587-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, “Kosonsoy Al-Aziz” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlariga ko‘ra, mahsulot sotishdan sof tushum 2028-yilda 2023-yilga nisbatan 9702,6 mln. so‘mga va sof foyda ko‘rsatkichi 904,0 mln. so‘mga o‘sishiga erishilishi aniqlangan.