Mardonov Bahodir Baxronovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xizmat ko‘rsatish sohasining aholi bandligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.05. - Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Iqt270
Ilmiy maslahatchi: Muxammedov Murod Muxammedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Vahobov Abdurahim Vasiqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qodirov Abdurashid Madjidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xizmat ko‘rsatish sohasining aholi bandligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy tavsiyalar va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“xizmat” kategoriyasining ta’rifi iste’mol xarajatlarini tejash, aholining turmush farovonligini oshirish, uning sohadagi bir nafar oliy ma’lumotli xodimga to‘g‘ri keladigan aholi soni kabi muhim sifat ko‘rsatkichlarini aks ettirish asosida takomillashtirilgan;
Samarqand viloyat aholisini ish bilan taʼminlash tashkiliy mexanizmining amaldagi dasturi ishsizlarni ro‘yxatga olish tartibini joriy etish, ularni yaratilgan yangi ish o‘rinlariga jalb etish, taqchil kasblarni ro‘yxatini shakllantirish va ularga o‘rgatish amaliyotini joriy etish kabi yangi elementlarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
mahallalarda kambag‘al oilalar sonini kamaytirish imkonini beruvchi va ishsizlar bilan doimiy tarzda ishlaydigan “Ish markazi”ni tashkil etish taklifi ishlab chiqilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasining hudud ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ta’sirini va yangi ish o‘rinlarini yaratish imkoniyatlarini baholash tizimi aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar hajmi, o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi, xizmat ko‘rsatish sohasidagi bir nafar xodimga to‘g‘ri keladigan aholi soni kabi ko‘rsatkichlarni integrallash usulini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
mahallalarda ishsizlarni kunlik ish bilan ta’minlash tizimining samaradorligini oshirish maqsadida tadbirkorlarning kunlik ishlovchilarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash, kunlik ishlar ro‘yxatini tuzish va ish kunini hamda ishchilarning kunlik daromadlarini rasmiylashtirishni amalga oshirish mexanizmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xizmat ko‘rsatish sohasining aholi bandligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xizmat ko‘rsatish sohasining postindustrial jamiyat talablari asosida takomillashgan nazariy asoslari hamda “xizmat” kategoriyasiga xalq manfaatini o‘zida mujassamlashtirgan va ularning sifat ko‘rsatkichlarini aks ettiruvchi ta’rifi 60310100-“Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)”, 60411200-“Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” nomli darsligiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Guliston davlat universitet rektorining 2023-yil 28-noyabrdagi 186-sonli buyrug‘iga asosan 186-11-raqamli guvohnomasi). Mazkur natijaning amaliyotga joriy qilinishi xizmat ko‘rsatishni tashkil etish to‘g‘risidagi bilimlarning chuqurlashuviga xizmat qilgan;
hududlarda aholi bandligini ta’minlash dasturini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy tavsiyalar Samarqand viloyati Jomboy va Narpay tumanlarining 2020–2022-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda foydalanildi (Samarqand viloyati Bandlik bosh boshqarmasining 2022-yil 26-apreldagi №131-Q-sonli buyrug‘iga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 16 fevraldagi 01/00-03/10-1348-sonli dalolatnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish Jomboy tumanida yangi ish o‘rinlari sonining 2,7 martaga, Narpay tumanida esa 2,1 martaga ko‘payishiga, ishsizlik darajasining esa Jomboy tumanida 7,2 foizga Narpay tumanida 3,2 foizga qisqarishiga xizmat qilgan;
muallifning “Mahallalarda “Ish markazlari”ni tashkil etish” taklifi 2022-yil – “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” Davlat dasturining I-“Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish” yo‘nalishining 1-maqsadini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “Taraqqiyot strategiyasi markazi”ning 2023-yil 17-iyuldagi №1-raqamli dalolatnomasi). Mazkur taklifdan foydalanish hududlarda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish hamda mahallalarda ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash imkonini bergan;
hudud ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga xizmat ko‘rsatish sohasining ta’sirini va yangi ish o‘rinlarini yaratish imkoniyatlarini baholash bo‘yicha uslubiy tavsiya Samarqand viloyatida foydalanildl (O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 16 fevraldagi 01/00-03/10-1348-sonli dalolatnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish Samarqand viloyat hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga xizmat ko‘rsatish sohasining ta’sirini va yangi ish o‘rinlarini yaratish imkoniyatlari bo‘yicha “Juda yuqori”, “Yuqori”, “O‘rta”, “Past” va “Juda past” turlarga ajratish imkonini bergan;
mahallalarda “Ish markazi”ni tashkil etish va faoliyatini amalga oshirish taklifi Samarqand viloyati Oqdaryo tumanining “Miyonqol” va “Istiqlol” mahallalarida, Narpay tumanining “Oq oltin” va “Iymon” mahallalarida, Jomboy tumanining “Eski Jomboy” va “Ko‘k gumbaz” mahallalarida joriy etildi (Samarqand viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining 2023-yil 29-dekabrdagi №15-U-sonli buyrug‘iga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 16 fevraldagi 01/00-03/10-1348-sonli dalolatnomasi). Buning natijasida Oqdaryo tumanining “Miyonqol” va “Istiqlol” mahallalarida kambag‘al oilalar soni 2,5 foizga, Narpay tumanining “Oq oltin” va “Iymon” mahallalarida kambag‘al oilalar soni 2,6 foizga, Jomboy tumanining “Eski Jomboy” va “Ko‘k gumbaz” mahallalarida esa 3,1 foizga qisqargan.