Mavrulov Ravshan Nematjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kichik biznes faoliyatini baholash asosida samaradorligini oshirish (Namangan viloyati misolida)», 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti. Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt2681.
Ilmiy rahbar: Muxitdinov Shuxrat Ziyavitdinovich , iqtisodiyot fanlari doktori.,dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03.
Rasmiy opponentlar: Muftaydinov Qiyomiddin Xamdamovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mirdjalilova Dildora Shuxratovna  iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik biznes faoliyatini baholash asosida  samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Namangan viloyati tumanlari kesimida kichik biznes sub’ektlari sonining aholi soniga nisbatan zichlik darajasiga ko‘ra kichik biznes sub’ektlarining holatini baholash algoritmi orqali tadbirkorlik faoliyati samaradorligining “yuqori daraja” (40%<Syu), “o‘rtacha darajadan yuqori” (30%<So‘yu<40%), “o‘rtacha daraja” (20%<So‘<30%), “o‘rtacha darajadan past” (10%<So‘p<20%), “eng past daraja” (Sep<10%) darajasiga muvofiq shartlari asoslangan;
kichik biznes korxonalarining asosiy fondlari (Asf), aylanma mablag‘lari (Aym), kapital samaradorligi (Kas), mehnat resurslari (Mer) va moddiy resurslari (Mor) natijaviy omillarining ta’siri asosida viloyat bo‘yicha kichik biznes korxonalari faoliyatining o‘rtacha chegaraviy samaradorligi me’yorlari asoslangan;
Namangan viloyati kichik biznes sub’ektlarining bank kreditlari va davlat dasturlari mablag‘laridan foydalanishning oraliq chegaralarining “yuqori” (0,21≤Bk≤100; 21,0≤Dd≤100), “o‘rta” (0,11≤Bk≤0,20; 11,0≤Dd≤20,0), “past” (0,0≤Bk≤0,10; 1,0≤Dd≤10,0) darajalariga muvofiq ravishda faoliyat samaradorligini ta’minlash imkoniyatlari asoslangan;
Namangan viloyatida kichik biznes sub’ektlarining aylanma mablag‘larini o‘stirish hisobiga samaradorligini oshirishning 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kichik biznes faoliyatini baholash asosida samaradorligini oshirishga oid ishlab chiqilgan takliflar asosida:
Namangan viloyati tumanlari kesimida kichik biznes sub’ektlari sonining aholi soniga nisbatan zichlik darajasiga ko‘ra kichik biznes sub’ektlarining holatini baholash algoritmi orqali tadbirkorlik faoliyati samaradorligining “yuqori daraja” (40%<Syu), “o‘rtacha darajadan yuqori” (30%<So‘yu<40%), “o‘rtacha daraja” (20%<So‘<30%), “o‘rtacha darajadan past” (10%<So‘p<20%),  “eng past daraja” (Sep<10%) darajasiga muvofiq shartlaridan foydalanish taklifi O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tomonidan “Namangan viloyatida kichik biznes korxonalarini 2026 yilgacha bo‘lgan davrda rivojlantirishning hududiy dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2024 yil 11 iyundagi 9/04-25-9901-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy qilish natijasida Namangan viloyati tumanlarida kichik biznesni sub’ektlarini rivojlanish darajalari bo‘yicha toifalarga ajratish asosida tumanlarda biznes muhitini rivojlantirishga xizmat qiluvchi infratuzilma imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha yo‘l xaritalarini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
Kichik biznes korxonalarining asosiy fondlari (Asf), aylanma mablag‘lari (Aym), kapital samaradorligi (Kas), mehnat resurslari (Mer) va moddiy resurslari (Mor) natijaviy omillarining ta’siri asosida viloyat bo‘yicha kichik biznes korxonalari faoliyatining o‘rtacha chegaraviy samaradorligi me’yorlaridan foydalanish taklifi O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tomonidan “Namangan viloyatida kichik biznes korxonalarini 2026 yilgacha bo‘lgan davrda rivojlantirishning hududiy dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2024 yil 11 iyundagi 9/04-25-9901-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy qilish natijasida Namangan viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan tikuvchilikka ixtisoslashgan korxonalarning faoliyat samaradorligini aniqlash uslubiyoti asosida korxonalar faoliyatini samaradorligi oshirish bo‘yicha yo‘l xaritalarini ishlab chiqish mezoni yaratilgan;
Namangan viloyati kichik biznes sub’ektlarining bank kreditlari va davlat dasturlari mablag‘laridan foydalanishning oraliq chegaralarining “yuqori” (0,21≤Bk≤100; 21,0≤Dd≤100), “o‘rta” (0,11≤Bk≤0,20; 11,0≤Dd≤20,0), “past” (0,0≤Bk≤0,10; 1,0≤Dd≤10,0) darajalariga muvofiq ravishda faoliyat samaradorligini ta’minlash imkoniyatlaridan foydalanish taklifi O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tomonidan “Namangan viloyatida kichik biznes korxonalarini 2026 yilgacha bo‘lgan davrda rivojlantirishning hududiy dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2024 yil 11 iyundagi 9/04-25-9901-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifdan foydalanish natijasida Namangan viloyati tumanlarda faoliyat yuritayotgan kichik biznes sub’ektlari tomonidan tumanning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga qo‘shgan hissasini baholash imkoni yaratilgan;
Namangan viloyatida kichik biznes sub’ektlarining aylanma mablag‘larini o‘stirish hisobiga samaradorligini oshirishning 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tomonidan “Namangan viloyatida kichik biznes korxonalarini 2026 yilgacha bo‘lgan davrda rivojlantirishning hududiy dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2024 yil 11 iyundagi 9/04-25-9901-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish natijasida O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasining 2027 yilga qadar tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni asosiy ko‘rsatkichlarining aniqlik darajasi oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish