Matkarimova Ma’rifat Ro‘zimboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xorazm vohasi tuproq- iqlim sharoitida kunjut navlarini hosildorligiga ekish me’yori va muddatini ta’sirini o‘rganish”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Qx1209.
Ilmiy rahbar: Yormatova Dilorom Yormatovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universeti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Don va dukkakli ekinlar ilmiy−tadqiqot instituti, PhD.05/31.03.2023.Qx.159.01.
Rasmiy opponentlar: Xudayqulov Jonibek Bozarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Mo‘minov Abduvali Akbaralievich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm viloyatining o‘rtacha sho‘rlangan o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida kunjutning “Tashkentskiy -122” va “Qora shaxzoda” navlarini o‘sishi, rivojlanishi, urug‘ hosili va sifat ko‘rsatkichlariga ekish muddatlari va me’yorlarining ta’sirini ilmiy va amaliy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Xorazm viloyatining o‘rtacha sho‘rlangan o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida kunjutning “Tashkentskiy 122” va “Qora shaxzoda” navlaridan yuqori va sifatli urug‘ hosili etishtirishda urug‘larni maqbul ekish muddati va me’yori aniqlangan;
kunjut navlari urug‘larini 5-iyun muddatida ekish, urug‘larni 20-may muddatida ekishga nisbatan dala unuvchanligi 0,8-1,1 foizgacha, unib chiqqan ko‘chatlar soni 11,0-20,7 dona/pm gacha, amal davri oxirida ko‘chatlar soni 17,6-38,2 dona/pm gacha, 20-iyun muddatida ekishga nisbatan dala unuvchanligi 2,6-3,1 foizgacha, unib chiqqan ko‘chatlar soni 31,0-59,8 dona/pm gacha, amal davri oxirida ko‘chatlar soni 39,8-84,2 dona/pm gacha yuqori bo‘lishi aniqlangan;
kunjut navlari urug‘larini 20-may muddatida ekish, urug‘larni 5-iyun muddatida ekishga nisbatan poya balandligi 3,2-7,7 sm gacha, yon shoxlar soni 0,3 dona/tup gacha, ko‘saklar soni 6,5-9,7 dona/tup gacha, urug‘lar 20-iyun muddatida ekilganga nisbatan poya balandligi 15,9-21,3 sm gacha, yon shoxlar soni 0,7-0,8 dona/tup gacha, ko‘saklar sonini 13,8-20,5 dona/tup gacha yuqori bo‘lishi qayd etilgan;
kunjut navlari urug‘lari 5-iyun muddatida ekilganida, urug‘lar 20-may muddatida ekilganga nisbatan bir tup o‘simlikda urug‘ vazni 0,6-1,0 g gacha, 1000 dona urug‘ og‘irligi 0,1 g gacha, urug‘ hosili 14,2-19,7 s/ga gacha, urug‘lar 20-iyun muddatida ekilganga nisbatan bir tup o‘simlikda urug‘ vazni 3,7-8,9 g gacha, 1000 dona urug‘ og‘irligi 0,1-0,2 g gacha, urug‘ hosili 12,8-14,4 s/ga gacha yuqori bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm viloyati sharoitida kunjut navlaridan yuqori va sifatli urug‘ hosili etishtirishda urug‘larni maqbul ekish muddatlari va me’yorlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ilmiy natijalari asosida:
Dehqon va fermer xo‘jaliklari uchun “Kunjut etishtirish bo‘yicha tavsiyalar” nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 30.11.2023 yildagi №07/21-05/6130-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma dehqon va fermer xo‘jaliklarida kunjut navlarini etishtirishda muhim ko‘rsatma sifatida xizmat qilmoqda;
Kunjutning “Tashkentskiy-122” hamda “Qora shaxzoda” navlari Bog‘ot tumani “Cho‘lquvar” fermer xo‘jaligida 3,0 gektar, “Bog‘ot Agro klaster” MChJda 4,0 gektar, Urganch tumani “KHIVA GROUP” MChJ da 4,0 gektar, Xozarasp tumani “O‘rta qayir” fermer xo‘jaligida 3,0 gektar, jami 14,0 gektar maydonga joriy qilingan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 30.11.2023 yildagi №07/21-05/6130-son ma’lumotnomasi). Natijada urug‘larni ekishning eng maqbul muddati “Tashkenskiy-122” va “Qora shaxzoda” navlari uchun 5-iyun muddatida gektariga 5,0 kg miqdorida urug‘ sarflab ekilganida yuqori samaradorlikka erishilgan;
Kunjutning “Tashkentskiy-122” va “Qora shaxzoda” navlari urug‘larini 5-iyun muddatida gektariga 5,0 kg miqdorida ekilib etishtirish texnologiyasi Bog‘ot va Urganch va Xazarasp tumanlarida joriy etilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 30.11.2023 yildagi №07/21-05/6130-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu texnologiyani qo‘llash orqali “Tashkentskiy-122” navidan 21,5 s/ga, “Qora shaxzoda” navidan 21,0 s/ga urug‘ hosili olishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish