Mirzakarimov Mirsharoffiddin Mirzaabduraximovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Arra tishlaridan havo yordamida tola ajratib oluvchi forsunkalarni tadqiq qilish va joriy etish orqali samaradorlikni oshirish. 05.02.03 – Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1602.
Ilmiy rahbar: Azizov Shuxrat Mamatovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Rosulov Ruzimurad Xasanovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Ergashev Jamoliddin Samatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Arra tishlaridan havo yordamida tola ajratib oluvchi forsunkalarni tadqiq qilish va joriy etish orqali tolani shkastlanishini oldini olish va unumdorlikni oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jinlash mashinasida arra tishlaridan tolani to‘liq echib olish uchun pudash konstruksiyasiga kirayotgan havo hajmiga qarab tirqishdan chiqayotgan havo tezligini 127 m/s ga oshirishning motematik modeli ishlab chiqilgan.
arra tishlaridan tolani echib olishda havo pudash tirqishining berkitish va ochilish masofasini rostlovchi chiziqli aktuatorning harakat tenglamalari asosida avtomatik boshqarish tizimi ishlab chiqilgan;
tolani arra tishlaridan to‘liq echib olishni ta’minlovchi tirqishdan chiqayotgan havo tezligi hamda hosil bo‘layotgan bosim oshiruvchi VS 12 ventilyatori qo‘llanilgan yangi pudash qurilmasi konstruksiyasi yaratilgan;
arra tishlaridan paxta tolasini to‘liq echib olinishi va tolaning dastlabki sifat ko‘rsatkichlarini maksimal darajada saqlanishini ta’minlovchi havo kirish quvuri va chiqish tirqishining kengligi, havo chiqish tirqishidan arragacha bo‘lgan masofaning ratsional parametrlari amaliy tajribalar asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Arra tishlaridan havo yordamida tola ajratib oluvchi forsunkalarni tadqiq qilish va joriy etish orqali tolani shkastlanishini oldini olish va unumdorlikni oshiruvchi samarali texnologiyani yaratishga doir ilmiy natijalar asosida:
Chigitdan tolani ajratib olishda jin mashinasiga joriy etilgan yangi konstruksiyadagi havo pudash va tola so‘rib olish uskunasi “Art Soft Tex Claster FX” tasarufidagi “Pop paxta tozalash” korxonasiga joriy qilingan. (O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasining 2023 yil 23 oktyabrdagi №03/22-807 son ma’lumotnomasi). Natijada yangi konstruksiyadagi havo pudash va tola so‘rib olish uskunasini jin mashinasida joriy qilish orqali tola bo‘yicha ish unumdorligini 12-13 kg gacha oshirishga, kalta tola chiqishida olingan tola massasini 1,0% gacha kamayishiga erishilgan..