Muxametshina Elmira Talgatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pnevmoquvur chig‘anoq qismidagi materialini, geometrik shakli va parametrlarini asoslash” 05.02.03 – Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T1842.
Ilmiy rahbar: Muradov Rustam Muradovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Safarov Nazirjon Muhammadjonovich, texnika fanlari doktori, professor; Umarov Akmal Akparalievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Paxtani dastlabki ishlash texnologik jarayonida pnevmoquvurning chig‘anoq qismidagi materialini, geometrik shakli va parametrlarini asoslash orqali chigit hamda tola shikastlanishini oldini oluvchi va paxta tolasini tabiiy sifat ko‘rsatkichini ta’minlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pnevmotransport quvurlarining burilish qismlarida paxta bo‘lakchalarining harakatlanish traektoriyasini aniqlash differensial tenglamalar olishda vaqtga, quvurning diametriga va egri qismlarning radiusiga bog‘liqligini ifodalovchi modematik modellar ishlab chiqilgan;
shikastlanganligini aniqlash maqsadida chigitning urilish joyidagi zarba kuchini aniqlovchi tenzodatchiklar o‘rnatilgan, ma’lum bir oraliq masofaga fotodatchiklar o‘rnatilgan, harakat tezligini aniqlash imkonini bergan takomillashtirilgan laboratoriya qurilmasi ishlab chiqilgan;
paxtani tashuvchi qurilmaning chig‘anoq qismi polimer va erukamid qorishmasidan tayyorlangan materiallardan yasalib, unda chigit shikastlanishi amaliy tajribalarda aniqlangan;
to‘liq omilli tajribalar asosida paxtani quvurda tashish jarayonida shikastlanishni kamaytiruvchi omillarning parametrlarini aniqlash imkonini beruvchi regression matematik model olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Paxta havo yordamida tashish jarayonidagi pnevmoquvur konstruksiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
takomillashtirilgan konstruksiya asosida yaratilgan yangi pnevmoquvur chig‘anog‘i «Namangan to‘qimachi» MChJ ga qarashli «To‘raqo‘rg‘on paxta tozalash» korxonasida ishlab chiqarish jarayoniga joriy etilgan. («O‘zbekiston paxta–to‘qimachilik klasterlari» uyushmasining 2024 yil 13 martdagi 04/22-121-son ma’lumotnomasi Natijada paxta chigitining shikastlanishi 3,2 % dan 2,1% ga kamayishi hamda tolaning tabiiy sifat ko‘rsatkichlari yaxshilanishiga, chigit shikastlanishini kamaytirish orqali toladagi nuqson va iflos aralashmalar miqdori 0,2% ga kamayishiga erishilgan.